― pul va banklar


qiymat  o„lchovi, muomala vositasi, to„lov vositasi va jamg„arma vositasi funksiyalari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   266
pul va banklar (2)

qiymat 
o„lchovi, muomala vositasi, to„lov vositasi va jamg„arma vositasi funksiyalari
ni 
bajaradi degan fikrga keldik. 
Pulning
qiymat o„lchovi
funksiyasi asosan tovarlar qiymatini baho shaklida 
aks ettirish orqali namoyon bo‗ladi. Pulning qiymat o‗lchovi barcha tovarlar uchun 
umumekvivalent vositasi sifatida ularning qiymatini o‗lchaydi. Barcha tovarlarning 
28
Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. –Т.: ―Иқтисод – молия‖, 2007, 13 – б. 
29
Рашидов О.Ю. ва бош. Пул, кредит ва банклар. Дарслик. –Т.: ТДИУ, 2008. 22 – б.
30
Деньги, кредит, банки: Учеб. – 2 – е изд., перераб. и доп./под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК 
Велби, изд – во Проспект, 2008. –С. 25. 


qiymati pul o‗lchovi vositasi, ya‘ni baho masshtabi, dastlabki bosqichda hukumat 
tomonidan o‗rnatiladi. Masalan, metr o‗lchovi bilan uzunlikni, kilogramm
o‗lchovi bilan og‗irlikni o‗lchagan kabi, pulning qiymat o‗lchovi funksiyasi bilan 
barcha tovarlarning qiymati o‗lchanadi.
O‗zbekistonda qiymat o‗lchovi bevosita milliy valyuta «so‗m», AQShda 
dollar, Evropa ittifoqiga a‘zo mamlakatlarda evro, Buyuk Britaniyada funt sterling, 
Yaponiyada iena qiymat o‗lchovi vositasi hisoblanadi. 
Pulning inflyasiya darajasi yuqori bo‗lgan paytda uning qiymat o‗lchovi 
funksiyasining amal qilishi bir qadar chegaralanadi. Masalan, 1939 yildan 1949 
yilgacha Yaponiya ienasining inflyasiya darajasi yuqori bo‗lganligi uchun 
ko‗pchilik yapon savdogarlari tovarlarning bahosini belgilashda, ayrim hollarda 
savdo sotiqni ham AQSh dollarida amalga oshirganlar. Chunki AQSh dollarining 
qiymat o‗lchovi ienaga nisbatan bir necha barobar mustahkam va barqaror 
bo‗lgan. Shuning uchun, Yaponiyada 1939 – 1949 yillarda barcha tovarlar bahosi 
ikkita narxda, dollar va ienada yuritilar edi. Ayni paytda, ienada belgilangan 
tovarlar bahosi oshib borish tendensiyasiga ega edi, dollarda esa baholar dastlabki 
holatidan o‗zgarmasdan qolgan. 
Hukumat mamlakatda pul islohotini amalga oshirish orqali pulning qiymat 
o‗lchovini o‗zgartirishi mumkin.Pul islohoti – muomaladagi pul massasini 
kamaytirish orqali, uning joriy qiymat o‗lchovidan boshqasiga o‗tishdir. 1944 – 
1952 yillarda Evropa mamlakatlarida 24 martadan ortiq pul islohotlari amalga 
oshirilgan.
Sobiq ittifoq davrida rubl kuchli inflyasiyaga uchramagan va iqtisodiyot 
nisbatan barqaror darajaga ega bo‗lgan bo‗lsada, 1961 yilda mamlakatda pul 
islohati amalga oshirilgan. Hukumat muomalada mavjud bo‗lgan rubllarni yangi 
chiqarilgan rubllarga 1/10 nisbatda pul islohatini amalga oshirgan. O‗sha davrda 
o‗tkazilgan pul islohotining asosiy maqsadi mamlakatdagi xufyona iqtisodiyotning 
ulushini kamaytirish va baho masshtabini pasaytirishga qaratilgan bo‗lib, xufyona 
iqtisodiyot ishtirokchilari eski rubllarni to‗lig‗icha yangi banknotalarga almashtira 
olmaganligi natijasida iqtisodiy jihatdan zarar ko‗rgan va baho masshtabi 10 
martaga kamaygan. 
Pulning 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin