― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   266
pul va banklar (2)

to„lov vositasi
funksiyasinibajaradi. 
Demak, sotilgan tovar va ko‗rsatilgan xizmatlar to‗lov jarayonida uzilish bo‗lmasa, 
pul muomala vositasini bajaradi, agar ushbu jarayon ma‘lum davrga uzilishi, ya‘ni 
to‗lov kechikkan holatlarning barchasida, pul avtomatik tarzda, o‗zining to‗lov 
vositasi funksiyasini bajaradi.
Pulning to‗lov vositasi funksiyasi asosan quyidagi holatlarda namoyon 
bo‗ladi; 
– jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda; 
– davlat byudjeti xarajatlarini shakllantirish va qayta taqsimlashda; 
– xo‗jalik sub‘ektlari o‗rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob – 
kitoblarni amalga oshirishda; 
– kredit muassasalari ssuda va investitsiya operatsiyalarini bajarganda hamda 
pul o‗tkazmalarini amalga oshirganda; 
– korxona va tashkilotlar o‗z xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan 
mablag‗larni to‗lashda; 
– va boshqa holatlarda. 
Pulning to‗lov vositasi funksiyasi yuridik shaxslar o‗rtasida amalga 
oshirilayotgan naqd pulsiz hisob – kitoblarda juda keng foydalaniladi. Bunda naqd 
pullarning ishtirokiga zaruriyat bo‗lmaydi, barcha operatsiyalar bank 
hisobraqamlarida biridan ikkinchisiga o‗tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda chop 
etilgan adabiyotlarda, pulning to‗lov vositasi funksiyasi, uning alohida funksiyasi 
sifatida e‘tirof etilmaydi. Pulning ushbu funksiyasi uning muomala vositasi 
funksiyasi bilan hamoxong tarzda o‗rganiladi.Pulning ikkita funksiyasi bir – biriga 
qo‗shib o‗rganilganda «…pul tovarlar va xizmatlarning to‗lovi va qarzlarning 
to‗lov vositasi»
31
tarzida ta‘kidlanadi. 
31
Долан Э., Кэмпбелл., Кэмпбелл Р. Деньги банковское дело и денежно – кредитная политика. –
М.: Профико, 1991. –С. Шунингдек, Харриса Л. Денежная теория. –М.: Прогресс, 1990. –С.82.


Nazarimizda, rivojlangan mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan pulning 
to‗lov vositasi va muomala vositasi funksiyalarini bir – biriga qo‗shib yuborilishi 
natijasida, uning to‗lov vositasi funksiyasini e‘tirof etilmasliklari maqsadga 
muvofiq emas. 
Pul o‗zining muomala va to‗lov vositasi funksiyalarini bajarmagan vaqtda 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin