― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   266
pul va banklar (2)

muomala vositasi 
bozor ishtirokchilari o‗rtasida tovarlarni oldi – 
sotdisi va xizmatlarni ko‗rsatish jarayonida namoyon bo‗ladi. Ushbu jarayonda pul 
vositachi rolini bajaradi.
Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti mavjudki, u 
ham bo‗lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko‗rsatish uchun to‗lov bir vaqtda 
amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini bajarishda bevosita naqd pullar 
ishtirok etishi talab etiladi. 
Ayirboshlash jarayonida tovarlar bir marta qatnashib muomala maydonini 
tark etsa, pul muomala vositasi funksiyasi yordamida ushbu jarayonga qayta – 
qayta kelaveradi. Iqtisodiyotda pulning banklar orqali aylanish tezligi qancha 
yuqori bo‗lsa, tovarlarni sotib olish uchun muomalaga zarur bo‗lgan pul massasiga 
talab shuncha pasayadi.
Pulning muomala vositasi funksiyasi o‗zaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok 
etayotgan tomonlarning faoliyati ustidan nazorat vositasi sifatida maydonga 


chiqadi. Markazdan rejalashtirish davrida pulning muomala vositasi bir muncha 
chegaralangan edi. Natijada, odamlarning qo‗lida naqd pullar bo‗lishiga 
qaramasdan o‗zlari istagan tovarlarni sotib ololmasdi yoki sotib olishga imkoniyat 
bo‗lmagan. 
Bozor munosabatalarining takomillashuvi va rivojlangan mamlakatlarda fan – 
texnika taraqqiyotining taboro jadallashib borishi pulning muomala vositasi 
funksiyasining ahamiyatini bir qadar pasayishiga sabab bo‗lmoqda. Chunki, 
mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pul bilan amalga oshirilayotgan hisob – 
kitoblarning ulushi kamayib bormoqda. Naqd pullar asosan aholi tomonidan 
foydalanishi, keyingi yillarda plastik kartochkalarning ko‗plab turlari joriy etilishi, 
hisob – kitoblarda naqd pulsiz to‗lovlar hajmining ortib borishi kabi holatlar 
pulning muomala vositasi funksiyasining ahamiyatini pasayishiga olib kelmoqda. 
Masalan, 1994 – 1997 yillarda Angliya va Fransiyada 10%, Kanada va 
Germaniyada 7%, AQShda 2% ishchi xodimlargina ish haqlarini naqd pulda 
olishgan. 
Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‗rsatilganda, ular uchun to‗lov kechiktirib 
amalga oshirilgan barcha holatlarda pul 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin