O‗zbekistonlik iqtisodchi, professor Sh.Z.Abdullaeva pul to‗rtta funksiyani
bajarishini, ular qiymat o‗lchovi, muomala vositasi, to‗lov vositasi va jamg‗arma
vositasi funksiyalari ekanligini ta‘kidlaydi
28
.
Professor O.Yu.Rashidov tahriri ostida chop etilgan Pul, kredit va banklar
darsligida pul beshta, ya‘ni qiymat o‗lchovi, muomala vositasi, to‗lov vositasi,
jamg‗arma vositasi va jahon puli vazifalarini bajarishini ta‘kidlanadi
29
.
Ko‗rinib turibdiki, pulning funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi
olimlarning fikrlari turlicha bo‗lib, birinchi guruh olimlar pulni beshta funksiyasi
mavjudligini ta‘kidlashsa, ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar uning to‗rtta
funksiyani bajarishini e‘tirof etadi. Uchinchi guruh iqtisodchi olimlar, asosan anglo
– amerikaliklar uni uchta funksiyani bajarishini bayon etadi. Hatto ayrim iqtisodiy
adabiyotlarda pulni oltita funksiyani bajarishi qayd etilib, oltinchi funksiya sifatida
baho masshtabi ekanligini isobtlashga urinishadi
30
.
Iqtisodchi olimlar pulning funksiyalari haqida
turlicha talqin etishiga
quyidagilar sabab bo‗ladi. Bir guruh iqtisodchi olimlar, pulning funksiyasini
zamonaviy sharoitda uning xossalaridan kelib chiqib bayon etadi,
boshqa guruh
olimlar esa turli mamlakat olimlarining pulni funksiyalari xususidagi fikrlariga
tayangan holda unga talqin beradi. Yana boshqa guruh iqtisodchi olimlar esa
pulning funksiyalarini ta‘riflashda uning tarixan vujudga kelishi bilan bog‗liq
voqelik va nazariyalarga tayanadi.
Pulning funksiyalari xususida fikr yuritganda uning asl (haqiqiy pul)
qiymatiga ega bo‗lgan va asl qiymatiga ega bo‗lmaganligi (o‗rinbosar pullar) ga
e‘tibor qaratish lozim. Chunki muomalada asl qiymatga ega bo‗lgan pullar to‗lov
vositasini bajarganda ularda pulning barcha funksiyalari namoyon bo‗ladi va
aksincha. Asl qiymatga ega bo‗lgan pullar sifatida qimmatbaho metallar oltin va
kumushni, kredit pullarni va 100 foiz oltin bilan ta‘minlangan pullarni qayd etish
mumkin. Asl qiymatga ega bo‗lmagan pullarga qog‗oz pullar,
oltin asosiga ega
bo‗lmagan kredit pullar kiradi.
Haqiqatda ham qimmatbaho metallar to‗lov vositasini bajargan paytda ular
pulning barcha funksiyalarini bajargan. Qimmatbaho metallar o‗rnini qog‗oz pullar
egallagandan so‗ng, qog‗oz pullarning inflyasiyaga uchrashi natijasida ular pulning
barcha funksiyalarini bajarmay qo‗ydi. Shuning uchun bo‗lsa kerak, yuqorida
ko‗rib chiqilganidek, vaqt o‗tishi bilan pulning funksiyalari haqida turli qarashlar
vujudga kela boshladi.
Pulning funksiyalari
xususidagi fikrlarga tayanib, pul to‗rtta, ya‘ni
Dostları ilə paylaş: