O‗rta Osiyo eramizning V asrida tarixan qisqa muddat davomida sosoniylar
tasarrufida bo‗lgan. Bu davrda hozirgi O‗zbekiston xududida turli davrlarda zarb
etilgan tangalar muomalada bo‗lgan. Jumladan, sosoniylar
tangalari asosan oltin,
kumush va bronzadan zarb qilingan bo‗lib, ularda sosoniy shohlariing suratlari
bilan birga, turli hayvonlar va qushlar aksi ham tushirilgan.
Hozirgi O‗zbekistonning asosiy qismi V asrning ikkinchi yarmida
Sirdaryoning sharqiy sohilidan kirib kelgan deb taxmin qilinayotgan va tarixda
eftaliylar nomi bilan qolgan qabilalar tomonidan bosib olinadi.
Eftaliylar davrida O‗rta Osiyo asta sekin rivojlana boshlagan. Xalqaro savdo
ham rivojlangan. Tashqi savdo asosan Xitoy, Xindiston, Eron va Vizantiya (Rum)
bilan amalga oshirilgan.
Eftaliylar dastlabki paytlarda sasoniy hukmdorlari Bahrom va Perozning
kumush tangalaridan keng foydalanishgan. Buning asosiy sababi sifatida
sosoniylar tomonidan eftaliylarga o‗lpon sifatida to‗langan juda ko‗p miqdordagi
kumush tangalar xazinada to‗planganligiga bog‗liq deb taxmin qilinadi.
Eftaliylar hukmronligi davrida juda ko‗p
miqdorda, ba‘zi ma‘lumotlarga
qaraganda 200 dan ko‗proq marta metall tangalar zarb qilingan. Har bir viloyat,
har bir yarim qaram xudud o‗zi tanga zarb qilish huquqiga ega bo‗lgan.
Umuman, V – VI asrlarda hozirgi O‗zbekiston hududiga shimol va sharq
tomonlardan turli ko‗chmanchi xalqlar tinimsiz bosqinchilik qilib kirib kela
boshlaydi. VIII asrning o‗rtalarida O‗rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinib,
o‗lkada islom dini joriy etiladi va qadimiy yurt Movarounnahr deb atala boshlaydi.
Shu davrdan boshlab muomalada bo‗lgan metall tangalar ko‗rinishida o‗zgarishlar
yuz bera boshlaydi. Asta – sekin tangalardan shoh va hokimlarning suratlari o‗rnini
islom oyatlari egallaydi. Natijada «kufi» nomi bilan tarixda ma‘lum bo‗lgan
tangalar davri boshlanadi.
Islom imperiyasida markazlashtirilgan boshqaruv tizimi tashkil etilgandan
keyin xalifa Abdumalik 696 yilda imperiyaning butun hududida yagona pul
tizimini joriy etdi.
Shu davrdan boshlab, yirik savdo bitimlarini amalga oshirish
uchun vazni 4,3 gramm bo‗lgan oltin dinor zarb etilgan. Maosh va soliqlar to‗lovi
uchun vazni 2,8 gramm bo‗lgan kumush drahmalar chiqariladi. Kundalik savdo –
sotiq esa mis tangalar – fuluslar yordamida (yunoncha «follis» hamyon ma‘nosini
anglatadi) amalga oshirila boshladi. Bu pul birliklari Movarounnahrda ham o‗sha
davrda muomalada bo‗lgan.
IX asrga kelib, Movarounnahrda somoniylar davlati vujudga keladi.
Somoniylar xalifa hukmronligini rasman tan olishgan bo‗lsada, ular amalda
mustaqil edilar. Somoniylar davlatining poytaxti Buxoro shahri bo‗lgan.
Somoniylar davlati o‗z tasarrufiga hozirgi O‗zbekistonning asosiy qismi,
Turkmaniston va Tojikiston hamda Eronning Xuroson viloyatini qamrab olgan,
markazlashgan davlat edi. Bu davlat taxminan 120 yildan ko‗proq muddat
davomida mavjud bo‗ldi.
XII asrning o‗rtalarida,
xorazmshoh Otsiz davriga kelib, Xorazm davlati
kuchayib ketadi. XII asr 80 – 90 yillariga kelib Xorazm o‗ziga Movarrounnahr,
Eron, Forsiy Iroqni bo‗ysundiradi. Xorazm davlati xorazmshoh Tekash (1172 –
1200 yillar) va uning o‗g‗li Muhammad (1200 – 1220 yillar) hukmronligi
davrlarida ayniqsa gullab – yashnagan.
Xorazmshohlar davlatida ham an‘anaviy musulmon pul birliklari – oltin
dinorlar, kumush dirhamlar va mis fuluslari muomalada bo‗lgan. Bu tangalarda
ham an‘ana tarzida xalifa nomi qayd qilinib, undan so‗ng
xorazmshoh nomi
bitilgan.
Mo‗g‗ullar istilosi davrida (1220 yil yozidan) Xorazmda va uning tobeligidagi
xududlarda vazni 1,8 – 1,9 gramm bo‗lgan kumush dirhamlar muomalada bo‗lgan.
Mayda savdo – sotiq uchun mis pullar chiqarilgan.
Mo‗g‗ullar zulmiga qarshi xalq bosh ko‗taradi. Bu harakat tarixda
―Sarbadorlar‖ qo‗zg‗oloni deb nom olgan.Bu qo‗zg‗olon natijasida Samarqanddan
mo‗g‗ullar haydab chiqariladi. 1370 yilda Samarqand taxtiga Amir Temur o‗tiradi
va―Buyuk Temur‖ saltanatini barpo etadi. Ushbu imperiya tarkibiga hozirgi
O‗zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston. Qirg‗iziston, Afg‗oniston, Armaniston,
Eronning barcha hududi, Iroq,
Hindiston, Ozarboyjon, Gruziya, Qozog‗istonning
bir qismi kirgan. Katta miqdorda vazni 2 grammni tashkil etgan oltin dinorlar,
shuningdek, vazni 1,8 gramm bo‗lgan kumush tangalar – miralar ham zarb etila
boshlagan.
Amir Temurning 40 dan ortiq tanga zarbxonalari bo‗lganligi va bu erlarda
zarb etilgan oltin va kumush tangalar Evropada ham mashhur bo‗lganligi haqida
ko‗p ma‘lumotlar mavjud. Birgina G‗arbiy Eron va Ozarboyjonda Amir
Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va
kumush tangalar muomalaga
kiritilgan
15
.
Rossiyada XIX asrda va XX asrning boshlarida naqd pul shaklida oltin
tangalar keng qo‗llanilgan, xususan 1895 – 1897 yillardagi pul islohotlaridan keyin
ham birinchi jahon urushiga qadar muomalada o‗n va besh so‗mlik oltin tangalar
mavjud bo‗lgan. O‗zbekiston territoriyasida ham oktyabr inqilobiga qadar Chor
Rossiyasining tangalari bilan bir qatorda Buxoro va Xiva xonligining oltin
tangalaridan foydalanilgan.
Jahon
sivilizatsiyasining
taboro
rivojlanib
borishi
va
iqtisodiy
munosabatlarning takomillashuvi muomalada qog‗oz pullarning vujudga kelishiga
zamin yaratdi. Natijada, qimmatbaho metallar o‗rnini qog‗oz pullar egalladi.
Dostları ilə paylaş: