― pul va banklar


Nima sababdan banklar va moliya institutlari o‟rganiladi?



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   266
pul va banklar (2)

 Nima sababdan banklar va moliya institutlari o‟rganiladi? 
 ―Pul va banklar‖ fanining muhim yo‘nalishi moliya tashkilotlari va bank 
ishini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. Aynan banklar va boshqa moliyaviy 
tashkilotlar moliya bozorlarining faoliyatini ta‘minlab, bo‘sh pul mablag‘lari 
mavjud bo‘lganlardan, ulardan samarali foydalanadiganlarga o‘tkazib beradilar. 
Natijada, moliyaviy tashkilotlar mamlakat iqtisodiyotining uzluksiz rivojlanishiga 
salmoqli ta‘sir ko‘rsatadilar.
Moliyaviy tizimning tarkibi 
 Xorijiy davlatlarda moliyaviy tizim murakkab tarkibga ega. U turli xildagi 
nodavlat moliyaviy muassasalarni birlashtirib, o‘z ichiga banklar, sug‘urta 
kompaniyalari, o‘zaro fondlar, moliyaviy kompaniyalar, investitsion banklarni 
oladi. Ushbu muassasalarning faoliyati davlat tomonidan qattiq tartibga solib 
boriladi. Agar biror shaxs, masalan, Jeneral Motors ga qarz bermoqchi bo‘lsa, u 
kompaniya prezidentiga borib o‘z pul mablag‘larini tavsiya qilmaydi. Bundan 
ko‘ra u kompaniyaga to‘g‘ridan - to‘g‘ri emas, balki moliyaviy vositachilarga - bir 
iqtisodiy subektlarning bo‘sh mablag‘larini o‘zida jamlab, boshqalarga kreditga 
beruvchi muassasalarga qarz beradi.
Nima sababdan moliyaviy bozorlarning muvaffaqiyatli faoliyatini moliyaviy 
dallollarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi? Nima sababdan ular ba‘zi shaxslarni 
kreditlaydilar, boshqalariga esa rad javobini beradilar? Nima sababdan kreditni 
olish murakkab yuridik xujjatlarni rasmiylashtirishni talab etadi? Nima sababdan 
moliyaviy muassasalar faoliyati davlat tomonidan qattiq tartibga solib boriladi?


 Ushbu fanda bayon qilinadigan qator mavzular yuqoridagi savollarga AQSh 
va boshqa davlatlar moliyaviy tashkilotlari tarkibini tizimli tahlil qilish asosida 
javob topishga yordam beradi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin