― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   266
pul va banklar (2)

qimmatli qog‟ozlar
— hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni 
chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki 
qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad 


to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa 
shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. 
Obligatsiya
esa— emissiyaviy 
qimmatli qog‘oz bo‘lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal 
qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan 
obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal 
qiymatidan qat‘iy belgilangan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa 
mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi. 
Veksel bu
— veksel beruvchining yoxud vekselda 
ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda 
veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir qat‘iy majburiyatini tasdiqlovchi 
noemissiyaviy qimmatli qog‘oz; Qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlar bozorini 
tashkil etishning asosiy dastaklari hisoblanadi. O‘zbekistonda 
Qimmatli qog‟ozlar 
bozori
— yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, 
joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlari tizimi sifatida 
shakllanadi. Qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, qimmatli qog‘ozlarning egalari, 
investorlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek 
birjalar va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi 
qimmatli qog‟ozlar 
bozorining ishtirokchilari
hisoblanadilar. Mamlakatimiz iqtisodiy amaliyotida 
ham foiz stavkalar talab va taklif asosida shakllanadi va u kredit yoki qimmatli 
qog‘ozlarning turi, muddati, qimmatli qog‘oz emitentining moliyaviy ahvoli, 
bozordagi mavqei va boshqa omillarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. 
Mazkur kursda iqtisodiyotdagi aktsiya, obligatsiyalar bozorining o‘rni, foiz 
stavkasining mazmuni, qanday qilib foiz stavkalarning shakllanishi, ular 
xarakatining sodir bo‘lishi va nima sababdan turli xil qarz majburiyatlari bo‘yicha 
foiz stavkalar o‘zgarishi o‘rganiladi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin