XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 138 - iqtisodiyotining 6 orinida turadigan mamlakat
56
. Ushbu reyting kompaniya
tomonidan mamlakatning 2023 yilga borib YaIM hajmi 3,586 trln. AQSh dollari
bashorat qilinmoqda
57
. Fransiya 1995 yil 1 yanvarda Butunjahon Savdo
Tashkilotiga a‘zo bo‘lgan
58
.
Fransiya Yevro hududda Germaniyadan keyingi ikkinchi yirik iqtisodiyot
hiosblanadi. Kimyo sanoati Fransiyaning eng asosiy sektori bo'lib, boshqa ishlab
chiqarish faoliyatlarini rivojlantirishga va iqtisodiy o'sishga juda katta yordam
beradi.
Du Pont kompaniyasi nafaqat mamlakatni balki, AQSh milliy
iqtisodiyotidan haqiqatan yuksak salohiyatli va mamlakat taqdirini jal qiluvchi ilmiy
yangiliklarni tadbiq etgan fransuz kompaniyasi hisoblanadi. Shu jihatdan ham
Fransiya dunyodagi ajoyib aromat va atirlab ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yago
hokimlik mamlakat hisoblanadi. Frantsiya sayyohlik sanoati iqtisodiyotning muhim
tarkibiy qismi bo'lib, dunyodagi eng ko'p sayyoh tashrif buyuradigan mamlakatdir
(UNWTO, 2017, 86 mln. sayyoh). Fransiyaning oziga xosligi uning Yevropa Ittifoqi
mamlakatlari ichida eng katta hududga ega ekanligi, g‘arbdan Atlantika okeani bilan
chegaradoshligi, hamda go‘zal tog‘lari bialn ahamiyatlidir.
Shuningdek, mamlakat ikkinchi Jahon urushi davrida ittifoqchilari bo‘lmish
AQSh, Buyuk Britaniya hamda sobiq Sovet mamlakatlari ichidagi hech qanday
zarar ko‘rmagan; mavjud infrastrukturasi saqlanib qolgan, sanoati tinimsiz ishlagan,
ilm-fan doimiy rivojlanishda bo‘lgan, tarixiy obidalari borligicha saqlangan yagona
davlat hisoblanadi. Bu bilan Fransiya o‘zining azaliy raqiblari bo‘lmish Buyik
Britaniya, Ispaniya, Germaniya va Italiyadan ancha iqtisodiy jihatdan ilgarilab ketdi.
Hozirgi kunda Fransiya butun Yevro Ittifoqi mamlakatlarining iste‘moldagi elektr
energiyasining 75 foizini ishlab chiqarib butun mintaqa bo‘ylab uzatadi. Bu yirik
kompaniya EDF deb nomlanib hatto, Buyuk Britaniya aholisini ham energetika
resurslari bilan muntazam ravishda ta‘minlaydi. Sophia Antipolis Fransiya
iqtisodiyotining asosiy ilmiy-texnologik markazidir. Parij dunyodagi eng go‘zal
shahar bo'lib, moda industriyasining aglomeratsiyasini namoyon etadi.
56 http://www.imf.org/external/datamapper/ngdpdpc@weo/oemdc/advec/weoworld/fra 57 http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp.php 58 https://www.wto.org/english/thewto_e/whatis_e/tif_e/org6_e.htm#collapse