XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 140 - Hukumat "Air France", "France Telecom", "Renault" va "Thales" kabi yirik
kompaniyalarni qisman yoki to'liq xususiylashtirdi. Biroq, hukumat ba'zi
tarmoqlarda xususan, energetika, jamoat transporti va mudofaa sanoati sohasida
juda faol ishtirok etmoqda. Frantsiya rahbarlari iqtisodiy tengsizlikka barham
beradigan qonunlar, soliq siyosati va ijtimoiy xarajatlar vositasida ijtimoiy tenglikka
qaratilgan kapitalizmga sodiq qolishdi. Xususiy sektorning hukmronligiga qaramay,
Frantsiya aralash iqtisodiyotni rag‘batlantirdi. Hukumat turli xil tadbirkorlik
faoliyatni himoya qilish yoki liberallashtirish maqasadida milliy iqtisodiyotga
aralashib turdi. Sobiq Ittifoq va Yugoslaviyaning tarqalishi hamda Xitoy, Hindiston,
janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari shuningdek, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan
xalqaro savdo aloqalari mamlakatni yuksak taraqqiy etishiga sababchi bo‘ldi.
Fransiyaning Yevro Ittifoqqa a‘zo bo‘lishi juda katta majburiyatlat hamda yangicha
loyihalarda iqtisodiy o‘sishni ta‘minlab bermoqda.
2.4.3. Qishloq xo’jaligi, o'rmon xo’jaligi va baliqchilik Frantsiya juda katta yer maydonlariga ega bo‘lib, ularning yarmi yaylovlar
yoki pastekis yerlar, qolgan chorak qismi esa o'rmonli qishloq xo'jaligiga
ixtisoslashgan bo‘lsa, qolgan qismi suvlik hamda tog‘liklardan iborat.
Mamlakatning xilma-xilligi, tuproq va kontrastli iqlim zonalari ushbu salohiyatni
yanada oshiradi. Fransiyada yomg‘irning juda ko'p yog‘ishi suv ta'minotida odatda,
muammo yaratmaydi. Atlantika okeanida va O'rta yer dengizi havzasida mo'l-ko'l
baliqchilik qo'shimcha manbani tashkil etadi. Qishloq xo'jaligi nisbatan kam odamni
ish bilan ta'minlaydi - umumiy ya'ni ish kuchining 3 foizini tashkil etib YaIMga
kichik miqdorda hissa qo'shadi - 2 foizga yaqin. Shunga qaramay, Frantsiya
Yevropa Ittifoqining yetakchi qishloq xo'jaligi mahsuloti eksport qiladigan
mamlakatidir. Bu mahsulotning umumiy qiymatining beshdan bir qismini tashkil
etadi va Yevropa Ittifoqining o‘simlik yog‘i, go'sht va sharob ishlab chiqarish
hajmining uchdan bir qismidan ko'prog‘iga mas'uldir. Frantsiya, shuningdek,
qishloq xo'jaligi mahsulotlarining xalqaro standartlarda mos asosiy eksportchisi
hisoblanadi va mamlakatning ko'zga ko'rinadigan eksportining umumiy qiymatining