- 182 - Shotlandiyada) kamroq ulushga ega bo'lib, lekin an'anaviy bug' elektr stantsiyalari
elektr energiyasining katta qismini ta'minlaydi. Hozirda Buyuk Btiyaniyaning elktr
energiyaga bo‘lgan talabining aksariyat qismini Fransiya yetkazib beradi (EDF).
2.5.5. Sanoat Umuman olganda Britaniya sanoat ishlab chiqarish jahon iqtisodiyoti alohida
tahsing sazovor. Chunki bu davlat ilm-fan cho‘qqilarini zabt etgan holda, juda
yuqori texnologiyalar asosida eng zamonaviy rejalashtirilgan modellarni istalgan
kapital miqdori zahirasi bilan intellektual xodimlar yordamida ishonchli marketing
tizimida butun dunyo mamlakatlari orasida faqat bir o‘zi ishlab chiqaradigan
mahsulotlarni sotadi (RI, Rolls-Royce, Ultra project, IELTS, CIPS, Radio texnika
jihozlari). Mamlakatning muhandislik va arxitektura sanati dunyo bo‘ylab tahsinga
loyiqdir.
Hozirda sanoat sektori YaIMning beshdan bir qismini tashkil etmoqda. Ishlab
chiqarishdagi pasayish 1980-yillarning boshida ishsizlikning tez o'sishi hisobiga yuz
berdi. Yalpi ichki mahsulotga nisbatan ularning nisbiy ahamiyati jihatidan eng
muhim ishlab chiqarish sanoati muhandislik hisoblanadi; oziq-ovqat, ichimliklar
(alkogol ichimliklar) va tamaki; kimyoviy moddalar; qog'oz, bosma va
nashriyotchilik; metallar va minerallar; to'qimachilik, kiyim-kechak, poyabzal va
teri mahsulotlari kiradi. Eng tez rivojlangan tarmoqlar kimyo va elektrotexnika
sohalari hisoblanadi. Kimyo sanoati, farmatsevtika va maxsus mahsulotlar orasida
eng katta o'sish kuzatildi. Mashinasozlik va metall buyumlar, elektrotexnika va
asbob-uskuna muhandislik va transport muhandislik, jumladan, avtoulovlar va
aerokosmik jihozlar tezlikda o'sib bordi. Elektron mahsulotlar esa tez orada boshqa
mamlakatlar sanoatinig eng asosiy xom ashyosiga aylandi. (Rossiya, Kanada,
Hindiston). Boshqa tomondan, avtomashinalarni ishlab chiqarish o'sishi xorijiy,
xususan, yapon kompaniyalari orasida Angliyaga sarmoya kiritgan kompaniyalar
orasida keskin kuzatilgan.
Buyuk Britaniya sanoatining yetakchi tarmog‘i qurilish bo‘lib, unda yo‘l,
ko‘prik, ofislar, aholi yashash uylari, qimmatbaho villalar, sport komplekslari, teatr