XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 212 - Kyushu markazida joylashgan. Ushbu tarqatish shakli Yaponiyaning gidroelektr
stantsiyalarining
muhim
industrial
zonalarga
nisbatan
yaxshi joylashishini
ta'minlaydi.
Yaponiya tog' Yalpi Ichki Mahsulotda kon sanoatining ulushi 2016 yilda
213,80 mlrd. JPYni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda esa, bu ko‘rsatkich 233,30 mlrd.
JPYni tashkil etdi. Bu sektordan Yalpi daromad esa, 1994 yildan 2016 yil vaqt
oralig‘ida gacha bo'lgan davrda o'rtacha 358,70 mlrd. JPYni tashkil etdi. 2001 yilda
bu ko'rsatkich 515,20 mlrd. JPYni tashkil etgan bo‘lsa, 2009 yilda rekord darajada
past bo'lgan ko‘rsatkich 179,70 mlrd. JPYni tashkil etdi.
2.6.5. Sanoat Ikkinchi jahon urushidan beri Yaponiya iqtisodiy rivojlanishining eng muhim
xususiyati sanoat ishlab chiqarishning jadal rivojlantirish bo‘ldi. Ya'ni miqdoriy
o'sish, sifat, diversifikatsiya, modernizatsiya, innovatsiya, avtomatizatsiya va
robotlashtirish natijasida ochiq havoda, gibrid holatda, vakumda hatto raqamli
texnologiyani ichida ishlab chiqarish samaradorligining yuqoriligi bo‘yicha taraqqiy
etgan. To'qimachilik va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni o'z ichiga olgan
yengil sanoatning rivojlanish darajalari muhim ahamiyatga ega.
Yaponiya dunyodagi kemasozlik sanoati rivojlangan va yetakchi avtomobil
ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lib, po'lat, sintetik kauchuk, alyuminiy, sulfat
kislota, plastmassa, sement, qog'oz, turli xil kimyoviy moddalar, neft kimyosi kabi
asosiy
mahsulotlarni
ishlab
chiqaruvchi
hisoblanadi.
20-asrning
oxirida
avtomobillar, temir va po'latdan, mashinalardan (shu jumladan robotlardan) va aniq
jihozlardan (ayniqsa, kameralardan) ishlab chiqarishda eng katta o'sishga erishildi.
Keyinchalik mamlakat rivojlangan elektron mahsulotlar, jumladan, kompyuterlar va
mikroelektronika, telekommunikatsiya uskunalari hamda iste'mol tovarlari bo'yicha
sifat va barqarorlik qayd etdi.
Yaponiya sanoat ishlab chiqarishi juda muvaffaqiyatli bo'lib, turli xil ilg'or
texnoligiyalar bilan ajralib turadi. Sanoat mamlakat YaIMning 30 foizini tashkil
qiladi. Sanoat Tokio shahri atrofidagi Kantō mintaqasi (Keihin sanoat hududi) va