XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 292 - chiqaradigan kompaniyalar bilan boyitdi. Shveytsariya odatda, ishsizlik darajasini
past darajada va inflyatsiyani nazorat ostida ushlab turadi.
3.2.2. Iqtisodiy rivojlanish tarixi Shveytsariya federal davlat sifatida 1848 yilda tashkil etilgan. O'sha vaqtga
qadar, Syurix va Bazel shahar-kantonlari sanoat va savdo asosida iqtisodiy rivojlana
boshladi. Zamonaviy davrda dastgoh tizimi mavjud bo'lgan bo'lsada, mashinalar
ishlab chiqarilishi 1801 yilda Sankt-Gallenda boshlandi. Buyuk Britaniyadan import
qilingan uchinchi avlod mashinalari esa mamlakatda yangi texnologiyalar ustida
ishlashga undadi. Biroq, mamlakat topografiyasidan kelib chiqib, ko'mir zaxiralari
mavjud emasligi, bug' dvigatellari o'rniga gidravlik kuch tizimida ishlaydigan
texnikalar keng ommalashdi
163
.
Mamlakatda minerallar va boshqa xom ashyoning ozligi hamda uning
cheklangan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi tufayli Shveytsariya oziq-ovqat, yem-
xashak mahsulotlarini eksporti bilan moliyalashtiradigan sanoat xom ashyosiga
bog'liq bo‘lgan. Qishloq xo'jaligi juda muhim ammo, yetishmasligi daraja va
unumdor yerlar bilan chegaralanib qolsada, ishlab chiqarish fermer xo'jaligi kabi
ko'plab ishchilarni ko'proq jalb qiladi. Shveytsariya ishlab chiqaruvchilari mahsulot
ishlab chiqarish hajmiga qaraganda uning sifati bo'yicha yuqori natijalarga
erishdilar. Iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlari qatoriga xalqaro bank, sug'urta,
turizm va transport kiradi. 1980-yillarning boshlarida butun dunyo miqyosidagi
iqtisodiy inqirozi tufayli Shveytsariya aksariyat boshqa davlatlarga qaraganda
kamroq zarar ko‘rdi
164
.
Shveytsariya iqtisodiy sektorlarga nisbatan odatiy Birinchi Jahon modeliga
mos keladi. Ishchilarning faqat kichik qismi boshlang'ich yoki qishloq xo'jaligiga
(1,3% aholi, 2016 yilda) jalb qilingan bo'lsa, ikkinchi darajali yoki ishlab chiqarish
sohasiga (2016 yilda 27,7%) jalb qilingan. Ishlaydigan aholining aksariyati
iqtisodiyotning uchinchi yoki xizmat ko'rsatish sohasiga (2016 yilda 71,0%) jalb
qilingan. Shveytsariya iqtisodiy amaliyotlarining aksariyati asosan, Yevropa Ittifoqi
163
https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/sz.html 164 http://www.nationsencyclopedia.com/Europe/Switzerland-ECONOMY.html