XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 293 - siyosatiga muvofiq keltirilgan bo'lsada, savdo-iqtisodiy munosabatlarini himoya
qilishning ayrim turlari milliy tizim asosida ishlaydi.
3.2.3. Qishloq xo'jaligi, o'rmonxo’jaligi va baliqchilik Shveytsariya yerlarning taxminan uchdan bir qismi qishloq xo'jaligi
mahsulotlarini g'alla, yem-xashak, sabzavot, meva va tokzorlar va yaylovga
bag'ishlangan. Ayrim yaylovlar Monte Rosa hududi, jumladan, tog' yaylovlari uchun
ishlatiladi. Shveytsariyaning kichik hududlarida geologik sharoit va rely‘ef tufayli
fermer xo'jaliklari hosil yetishtirishda qiyinchilik yaratadi. Buning o'rniga,
ekinlarning juda ko'p zarur turlari cheklangan maydonlarda o'stiriladi. Barcha
fermer xo'jaliklarining qariyb uchdan ikki qismi o't va g'alla yetishtirishni afzal
ko‘radi.
Mittelland g'arbiy qismida va Yura tog'larining shimoliy qismida katta
miqdordagi don ekinlari yetishtiruvchi hududlar paydo bo'ldi. Bu esa, namli sharqiy
mintaqa hisoblanadigan Thurgau va Sankt-Gallen kantonlarida ozuqa ekilishi bilan
birga mevalar ham yetishtirila boshlandi. So'nggi paytgacha Alpin qishloq
xo'jaligida pasayish qurboni bo'lgan 6,900 metr balandlikdagi Alp tog'lari
hisoblandi. Tog‘li hududlar xavf ostida qolgan bo'lsada, Janubi-sharqiy kantonida
joylashgan Ticinoda aralash O'rta yer dengizi mamlakatlari taraqqiyotiga erishildi.
Bog'dorchilik asosan, Jeneva, Neuchatel va Biel sohillarida ko'plab ko'llar bo'ylab
joylashgan.Mamlakat Monte Rosa hududidagi tog'lik yaylovlar qoramolchilik uchun
juda mos hudud hisoblanadi
165
.
O'rmonlar mamlakat umumiy maydonining taxminan uchdan bir qismini
tashkil qilib ekologik muhitni saqlab qolish maqsadida o'rmonchilik qonuniga
muvofiq daraxtzorlarni kamaytirish taqiqlanadi. Bu o'rmonlar suv havzalari uchun
juda muhim bo‘lib kichik bir hududdagi yovvoyi hayvonot olamini saqlab qolish,
qo'ziqorinlar saylini yanada uzaytirish, ko'chkilardan himoya qilish va Syurix
tog'lari kabi shaharlarga yaqin dam olish maskanlarini kengaytirish vazifasini
165
165 https://www.britannica.com/place/switzerland/Agriculture-forestry-and-fishing