XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 340 -
yetkazib berish uchun sekinlashdi (2,8% va 3,8% ga).
Har oyda sanoat ishlab
chiqarish indeksi 7,1 foizga o'sib, dekabr oyida tushumga nisbatan 9,7 foizga
kamaydi. Belgiyada sanoatda ishlab chiqarish 2001 yildan 2018 yilgacha bo'lgan
davr oralig‘ida o'rtacha 2,65 foizni tashkil etdi. 2001 yil yanvar oyida esa bu
ko‘rsatkich 21,90 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2009 yil aprel oyida esa 19,90 foizni
tashkil etgan.
3.4.6. Xizmatlar sohasi
Belgiya jahon hamjamiyati diqqat markazida xalqaro xizmatlar ko‘rsatadigan hudud
sifatida turadi. BMTning bir nechta tashkilotlarining bosh
qarorgohlari joylashgan
hamda Yevropa Ittifoqi Parlamentining joylashuvi Brysselning yil bo‘yi
mamlakatga tashrif buyuradigan prezidentlar, diplomatlar, elchilar, konsullik
vakillari, tashkilot a‘zolari hamda ommaviy axborot vositalriyu va boshqa ko‘plab
soha vakillari bilan doim gavjum bo‘ladi. Belgiya
ulgurji va chakana savdo,
transport va saqlash, mehmonxona, bank va moliya, sug‘urta, televideniya va,
restoran, xordiq chiqarish, xavfsizlik xizmatlarini yuqori standartda taklif qiladi.
Moliya
19-asrning boshlarida Bryusselda Yevropadagi
muhim fond birjasi tashkil
etilgan. 2000 yilda Amsterdam va Parij birjalari bilan birlashtirilib, Euronext –
Transmilliy birinchi to'liq valuyata bozoriga aylandi. Belgiya uzoq vaqtdan buyon
muhim xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va capital qo‘yilmalarini joylashtirishni
maqsad qilib olgan. 21-asrda Belgiya energetika, moliya va biznesni qo'llab-
quvvatlash, vavfsizlik,
transport, logistika, turizm sohalariga xorijiy investitsiyalarni
jalb qilishga alohida ahamiyat qaratmoqda.
Moliyaviy sektorning iqtisodiy ahamiyati 1960 yildan buyon sezilarli
darajada oshdi. Mamlakatda, xususan, Bryusselda ko'plab Belgiya va xorijiy banklar
faoliyat ko'rsatmoqda. Belgiya Milliy banki moliyaviy
siyosatni amalga oshiradi,
valyuta emmisisya qilib uning munosabatlarini tartibga soladi, federal hukumatga
yillik hisobot beradi, moliyaviy sektordagi barcha aholiga bank xizmatlarini