XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 342 -
rag'batlantirmoqda. Flandriya, Bryussel va Valloniya mintaqaviy rivojlanishda
hozirda salohiyatli xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilib, ko'plab imtiyozlar taklif
qilmoqda. Belgiyadagi xorijiy kompaniyalar jami ish kuchining taxminan 11% ni,
AQSh esa taxminan 5% ni tashkil qiladi. Yevropa Ittifoqining 1992 yilgi yagona
bozor dasturi tomonidan jalb qilingan ko'plab xorijiy firmalar va advokatlar 1989
yildan buyon Bryusselda joylashdilar.
Belgiyaning asosiy importi neft xom ashyosi, avtoulovlar, kimyoviy
moddalar, to'qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Asosiy eksport
tarkibi esa avtomobillari, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, mashinalar,
plastmassalar, olmos, oziq-ovqat va chorvadorlik, to'qimachilik mahsulotlari, temir
va po'latdir.
3.4.2-jadval
Belgiya tashqi savdosi tovarlar tarkibi va yo’nalishlari (2017 y.)
Eksport
Import
Eksport (USD)
$250.8mlrd (2017)
Import (USD)
$251.7mlrd (2017)
Tovarlar
bo’yicha
eksport tarkibi
mashina va uskunalar,
kimyoviy moddalar, tayyor
olmos, metall va metall
buyumlar, oziq-ovqat
mahsulotlari
Tovarlar
bo’yicha
import tarkibi
xom ashyo, mashina va
uskunalar, kimyoviy
moddalar, olmos, neft ,
farmatsevtika, oziq-ovqat
mahsulotlari, transport
uskunalari
Asosiy
hamkorlar
Germaniya 19.1%
Fransiya 16.2%
Gollandiya 13.3%
Buyuk Britaniya 7.2%
AQSh 5.2%
Italiya 4.8%
Asosiy
hamkorlar
Gollandiya 21.8%
Germaniya 13.9%
Frantsiya 10.4%
Buyuk Britaniya 6.2%
Xitoy 5.6%
Irlandiya 4.8%
Manba:
countrymeters.info/ru, ciaworldfactbook , focus-economics.com rasmiy ma’lumotlari asosida mualliflar
ishlanmalari.
Belgiya eksporti 2017 yil dekabrda 29,98 mlrd. yevroni tashkil etib, keying
oyda 32,69 mlrd.yevroga oshdi. Belgiya eksporti 1993 yildan 2018 yilgacha o'rtacha
21,21 mlrd. yevroni tashkil qildi. 2017-yil mart oyida esa, bu ko‘rsatkich 36,45
mlrd. yevroni tashkil qilib, 1993 yil avgust oyida rekord darajadagi yuqori
ko‘rsatkich qayd etib 73,31 mlrd. yevroni tashkil etgan.
Belgiyada import yanvar oyida 31,40 mlrd. yevroga ko'tarilib, 2017 yil dekabr
oyida esa, bu ko‘rsatkich 28,96 mlrd. yevrodan oshdi. Belgiya importi esa 1993
|