Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


 O’zbekiston Respublikasi bilan aloqalari



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə355/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

3.6.15. O’zbekiston Respublikasi bilan aloqalari 
O‘zbekiston Respublikasi bilan Norvegiya 
o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 10 iyun kuni 
 
o`rnatilgan. Xalqaro hamkorlik 
markazida 2009 yil 11 noyabr kuni O‘zbekiston va Norvegiya ishbilarmon 
doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.Tadbir O‘zbekiston-Norvegiya savdo-
iqtisodiy 
va 
sarmoyaviy 
hamkorligini 
yanada 
kengaytirish 
masalalariga 
bag‘ishlandi. Unda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, 


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 398 - 
yoqilg‘i-energetika, soliq, bojxona, bank-moliya, konsalting xizmati, aviatashuv, 
kimyo, atrof muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar hamda 
sayyohlik sohalari uchun mas‘ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari 
rahbarlari ishtirok etdi.Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy 
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari Shavkat To‘laganov, 
Norvegiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari departamenti 
bosh direktorining o‘rinbosari Bard Svendsen davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik 
aloqalari ko‘plab sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta‘kidladi. 
Norvegiyalik ishbilarmonlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga sarmoya jalb 
etishning ustuvor yo‘nalishlari, yurtimizda davom etayotgan keng ko‘lamli 
xususiylashtirish jarayoni, iqtisodiyotimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan 
islohotlar, bank-moliya tizimi, neft-gaz sohasi hamda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi o‘zgarishlar, shuningdek, ―Navoiy‖ erkin 
industrial-iqtisodiy zonasida yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit va imkoniyatlar 
bilan atroflicha tanishtirildi.O‘zbekiston va Norvegiyaning o‘zaro savdo-iqtisodiy 
aloqalarni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlari katta. Joriy yilning yanvar-
sentyabr oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davridagiga 
nisbatan ikki barobar ortdi. 
Forumda O‘zbekiston va Norvegiyaning iqtisodiy salohiyati, imkoniyatlari 
yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va 
sarmoyaviy 
hamkorlikni yanada rivojlantirishga, Norvegiya kompaniyalarini 
mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayoniga keng jalb etishga oid masalalar 
muhokama qilindi
242

Anjumanda ishtirok etgan Norvegiyaning o‘nga yaqin yirik kompaniyasi 
vakillari o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik o‘rnatish, siyosiy muloqot, 
parlamentlararo hamkorlik, iqtisod va sanoat, hamda ilg‗or texnologiyalar, 
madaniyat va san‘at sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlashni ko‗zlaydi. 

Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin