XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 401 - kambag'al mamlakat sifatida 1867-1868 yillardagi aholining 15 foizini yo'qotgan
yirik ocharchilik kabi iqtisodiy inqirozga duch keldi. 1930 yillarga qadar,
Finlyandiya iqtisodiyoti asosan, agrarlashgan edi. 1950 yillar oxirida aholining
yarmidan ko'pi va ishlab chiqarishning 40 foizi asosiy sektorda faoliyat yuritar edi.
Finlyandiyaning iqtisodiy rivojlanishi eksportga yo'naltirilgan Osiyo mamlakatlari
bilan ko'p jihatdan hamkorlik aloqalarni amalga oshirgandan keyin rivojlandi.
Betaraflikning rasmiy siyosati Finlyandiya va Komekon bozori bilan savdo qilish
imkonini berdi. Sobiq Ittifoq bilan ikki tomonlama tashqi iqtisodiy aloqalar yuqori
darajalarga ko‘tarildi va shartnomarga kelishish o‘sha davr uchun juda katta
diplomatik mo‘jizalar talab qilgan
246
.
Ikkinchi jahon urushidan keyin aholining katta qismini qishloq xo'jaligi,
konchilik va o'rmon xo'jaligi bilan shug'ullanib, to'liq sanoatlashgan. Urushdan
keyingi dastlabki o'n yilliklar mobaynida mamlakat birlamchi ishlab chiqarish
sanoatni rivojlantirishga imkon berdi. Bu o'z navbatida xizmat ko'rsatish va
axborotga yo'naltirilgan iqtisodiyotga erishni ta‘minladi. 1980-yillarda Sharqiy va
G'arbiy Yevropa bilan kuchli savdo iqtisodiy munosabatlar hajmi keskin o'sshub
bordi. Finlyandiya Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya va boshqa G'arbiy
Yevropa iqtisodiyotiga o'xshash aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yuqori darajada
industrializatsiyalangan, aralashgan iqtisodiyotga ega.
3.7.3. Qishloq xo'jaligi, o'rmon xo'jaligi va baliqchilik Finlyandiya qishloq xo'jaligi mamlakat YaIMning 2,7 foizini tashkil etadigan
katta ahamiyatli soha hisoblanadi. Ushbu sektordagi ish kuchining barqaror ravishda
qisqarishi Finlyandiya iqtisodiyotidagi salbiy omillarga sabab bo‘ldi. Ko'plab
yerlarda qishloq xo'jaligi faoliyati to‘xtatilsada, fermer xo'jaliklarining ko'pchiligi
dehqonchilikni tark etishmadi. Finlyandiya 1960-yil boshlaridan oziq-ovqat
dasturini takomillashtirdi. Go'sht yetishtirish iste'molga teng, tuxum va sut
mahsulotlari esa ichki ehtiyojlardan osha boshladi. Don mahsulotlari ishlab
246 https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/fnl.html