XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 425 - iqtisodiyotining 22 orinida turadigan mamlakat. Ushbu reyting kompaniya
tomonidan mamlakatning 2023 yilga borib YaIM hajmi 793.2 mlrd. AQSh dollari
bashorat qilinmoqda
262
. Polsha 1995 yil 1 iyilda Butunjahon Savdo Tashkilotiga
a‘zo bo‘lgan
263
.
Polsha iqtisodiyoti Yevropa Ittifoqining sakkizinchi yirik iqtisodiyoti bo‘lib
Yevropa Ittifoqining sobiq Sharqiy Bloki a'zolaridan eng kattasi hisoblanadi. 1990
yildan buyon Polsha iqtisodiy liberalizatsiya siyosatini olib bormoqda va uning
iqtisodiyoti 2007-2008 yillardagi iqtisodiy inqirozdan so'ng Yevropa Ittifoqiga kirib
borayotgan yagona mamlakat bo'ldi. Polsha iqtisodiyoti so‘ngi 20 yil mobaynida
barqaror o'sib, bu davrda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaIMning o'rtacha 6
foizdan o‘sib bordi.
4 .2. Iqtisodiy rivojlanish tarixi
Polsha tarixi davlat sifatida X asrning o'rtalarida boshlangan. XVI asrning
o'rtalariga kelib, Polsha-Litva Hamdo'stligi Markaziy va Sharqiy Yevropada keng
maydonlarni boshqargan. XVIII asr mobaynida ichki tartibsizliklar mamlakatni
zaiflashtirdi va 1772-1795 yillar oralig'ida bir qator shartnomalar asosida Rossiya,
Prussiya va Avstriya Polshani o'zlariga qo'shib oladi. Polsha davlati 1990-yillar
davomida iqtisodiy liberalizatsiya siyosatini izchil davom ettirdi va iqtisodiy o'sish
uchun ijobiy natijalarga ega bo'ldi. Ammo bu holat aholining ba'zi tarmoqlari uchun
salbiy oqibatlarga olib keldi
264
.
Kichik va o'rta davlat korxonalarini xususiylashtirish, yangi firmalar yaratish
to'g'risidagi liberal qonun xususiy biznesni rivojlantirishni rag'batlantirdi. O‘z
navbatida bu islohot Polshaning iqtisodiy o'sishining asosiy omili bo'ldi. Qishloq
xo'jaligi sektori tarkibiy muammolar, ortiqcha mehnat, samarasiz kichik fermer
xo'jaliklari va investitsiyalarning yetishmasligi bilan cheklanib qolmoqda. 2008-
2009 yillardagi iqtisodiy pasayish davrida Polsha iqtisodiy inqirozdan qochib
262 http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp.php 263 https://www.wto.org/english/thewto_e/countries_e/poland_e.htm 264 https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/pl.html