XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 497 -
maydon 4,6 foizga o'sdi. 2017 yilga kelib esa ushbu ko‘rsatkich 7.2 %ni tashkil etib
mamlakat ushbu xom ashyoga deyarli ichki talabni to‘la qonli ta‘minlamoqda.
2016 yilda jami 7,8 ming tonna yog'och yetishtirilgan bo'lib, ularning 52
foizi
sanoatda qayta ishlash uchun va 20 foizi esa, yoqilg‘i sifatida foydalanilmoqda.
Davlat yog'ochsozlik loyiha me'yorlari juda takomillashtirilgan bo'lsada, 2014
yilda Bolgariyaning o'rmon ekinlarining taxminan 45 foizi o'rmon
xizmatida
korruptsiya tufayli noqonuniy ravishda ro'yxatdan o'tkazilib o‘zlashtirilgan.
O'rmonlarning deyarli 7,5 foizi barcha maqsadlardan himoyalangan, 65
foizi esa
ekologik va tijoriy maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljallangan. 2017 yilda jami
o'rmon resurslarining qariyb 73 foizi iqtisodiy jihatdan
ijobiy samara beruvchi
tarmoq sifatida baholangan..
Bolgariya 1995 yilda baliqchilik sanoatini to'xtatib qo'ygandan buyon
mamlakatda ushbu soha qaytadan yangi dastur asosida moliyalashtilmoqda.. 2000-
yillarning boshlarida baliqchilik xo'jaligi kengaytirildi
va Qoradengiz hamda Tuna
daryosida ayrim baliqlarning asosiy qismi kelgusi yillarda ko'paytrish bo‘yicha
investitsion loyihalar tashkil etilgan. 2004 yilda mahalliy bozorlarda faqat bir nechta
baliq turiga ega bo'ldi. 1999 yildan 2001 yilgacha
Bolgariyaning umumiy baliq
ovlashlari 18,6 ming tonnadan 8100 tonnagacha kamaydi, lekin 2003
yilda hosil
16,5 ming tonnani tashkil qilgan bo‘lsa 2017 yilda esa 19.3 ming tonnani tashkil
etdi.
Dostları ilə paylaş: