XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 499 - 3,4 ming MVt quvvatga ega. 2009 yildan boshlab Bolgariya umumiy quvvati 112,6
MVt bo'lgan 70 dan ortiq shamol turbinasini ishga tushiradi va 2016 yilda umumiy
quvvati 400 MVtni tashkil qilish uchun ularning soni uch barobar ko'paytirishni
rejalashtirmoqda.
4.4.5. Tog'-kon metallurgiya Bolgariyaning tog'-kon sanoati post-kommunistik davrda pasayib ketdi.
Zamonaviy asbob-uskunalarning yetishmasligi va kam mablag' sarflanishi sababli
konlarni o‘zlashtirishda kapital mablag‘lari yetishmayapti. Konchilik 2000-
yillarning boshida ishchi kuchining 3 foizidan kamrog'ini tashkil etgan bo‘lib
YaIMning 2 foizdan kamrog'iga to'g'ri kelgan. Bolgariyaning metallurgiya konlari
quyidagicha baholangan: 2017 yil ma‘lumotlariga ko‘ra 207 million tonna temir
ruda, 127 million tonna marganets rudasi, 936 million tonna mis javhar, 238 million
tonna xromli ruda va 150 million tonna oltin rudasi qazib olinmoqda. Bolgariyaning
bir nechta foydali qazilmalari tijorat yo'li bilan o‘zlashtirilmoqda;
Konlarning 80 foizi ochiq qazish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda.
Kremikovtsi va boshqa joylarda temir qazib olish mahalliy po'lat sanoati uchun
yetarli bo‘lmayapdi. Ammo mis, qo'rg'oshin va rux konlari rangli metallurgiya
sanoatini to'liq ta'minlamoqda. Britaniya kompaniyasida Dikanyit va Gornoseltsida
razvedka ostidagi oltin ma'danlari topilgan va Chelopechda mahalliy mis hamda
oltin konlari ishlab turibdi. Konlarda 50 ga yaqin minerallar turlari mavjud. Rodop
tog'larida katta miqdordagi uran mavjud bo‘lib so'nggi 10 yil ichida hech qanday
ekstraksiya amalga oshirilmagan.
Tog'-kon sanoati qiymati 760 mln. AQSh dollarini tashkil etadi va tegishli
tarmoqlar bilan bir qatorda 120 ming kishini ish bilan ta‘minlaydi. 2017 yilda oltin,
qo'rg'oshin va misning ko'tarilgan global bahosi, shuningdek, sink va ko'mir ishlab
chiqarishga yo'naltirilgan investitsiyalar 2007-2008 yillardagi moliyaviy inqirozdan
so'ng tog'-kon sanoatida iqtisodiy o'sishni kuchaytirdi. 2010 yildan boshlab
Bolgariya dunyodagi 19-o'rinda yirik ko'mir, 9-o'rinda eng yirik vismota, 19-o'rinda
eng yirik mis va sakkizinchi yirik rux qazib oluvchisi hisoblanadi. Mamlakat