XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 518 - munosabatlarining
bugungi
holati
va
istiqbollari
muhokama
qilindi.
Mamlakatlarimiz hamkorligida yangi sahifa ochish zarurligi, siyosiy, savdo-
iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa
sohalardagi aloqalar o‗zaro manfaatli ekani ta‘kidlandi. Mintaqaviy va xalqaro
masalalar yuzasidan davlatlarimizning yondashuvlari yaqin ekani ikki tomonlama
aloqalarni rivojlantirishga asos bo‗ladi.
Bolgariya O‗zbekistonning Yevropadagi ishonchli sheriklaridan biri.
Mamlakatimizda Bolgariya investitsiyalari ishtirokida tuzilgan 14 korxona faoliyat
yuritmoqda. 2016-yilda o‗zaro tovar ayirboshlash hajmi 23 million dollarni tashkil
etgan. Uchrashuvda bu ko‗rsatkich mavjud
imkoniyatlarga mos emasligi, har ikki
tomon hamkorlikni rivojlantirish uchun katta iqtisodiy salohiyatga ega ekani
ta‘kidlandi. O‗zbekiston Bolgariya bozoriga kimyo, elektr texnikasi, to‗qimachilik
va kabel mahsulotlari, qurilish materiallari, o‗g‗itlar, meva-sabzavot yetkazib berishi
mumkin. Farmatsevtika, kosmetika, elektr texnikasi, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini
qayta ishlash sohalarida qo‗shma korxonalar tashkil etish imkoniyatlari
mavjud. Shuningdek,
transport-kommunikatsiya,
turizm,
ta‘lim,
madaniyat
sohalarida ham o‗zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr
almashildi
321
.
2018 yil ―Bolgariya – O‗zbekiston‖ do‗stlik guruhi raisi Adlen Shukri
Shevked boshchiligidagi Bolgariya Respublikasi Xalq majlisi delegatsiyasi 2-iyul
kuni O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida uchrashuv
o‗tkazdi. Muloqotda quyi palataning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar
qo‗mitasi raisi A.Jalilov Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda
ijtimoiy-siyosiy, tashqi siyosat sohasida keng ko‗lamli islohotlar amalga
oshirilayotganini ta‘kidladi.