XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 621 - konsernlari rahbarlari ishtirok etdi. O‗zbekiston bilan Sloveniya o‗rtasidagi
farmatsevtika, axborot texnologiyalari, mebelsozlik kabi sohalardagi hamkorlikni
kengaytirish va mustahkamlash ustuvor yo‗nalishlardan hisoblanadi. O‗zbekistonda
sloveniyalik sarmoyadorlar ishtirokida tuzilgan sakkiz qo‗shma korxona faoliyat
ko‗rsatmoqda. Bugungi kunda sloveniyalik sarmoyadorlar O‗zbekiston bilan
farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, qishloq va suv xo‗jaligi, sayyohlik kabi sohalarda
hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirmoqda
391
.
2017-yilning 7-avgust kuni O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirligida Serbiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Siyosiy direktori,
Prezidentning Maxsus vakili Zoran Vuyich bilan uchrashuv bo‗lib o‗tdi. Suhbat
davomida ikki tomonlama munosabatlarga doir masalar muhokama qilindi. Asosiy
e‘tibor siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa
sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‗nalishlariga qaratildi.
Muzokaralar chog‗ida O‗zbekiston-Serbiya hamkorligining shartnomaviy-huquqiy
bazasini shaklantirishdagi qo‗shma ishlar borishi batafsil ko‗rib chiqildi. Serbiya
tomoni 2017-yilning avgust va noyabr oylarida Samarqand shahrida bo‗lib o‗tadigan
―Jahon tamadduni tarihida Markaziy Osiyo Renesansi‖ va ―Markaziy Osiyo:
umumiy o‗tmish va mushtarak kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‗lida
hamkorlik‖ xalqaro konferensiyalariga taklif qilindi
392
.
2018 yilning 11-iyul kuni O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida
Sloveniya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva
shahrida) Primoj Sheligo bilan uchrashuv bo‗lib o‗tdi. Suhbat davomida turli
sohalarda va ―O‗zbekiston-Yevropa Ittifoqi‖ shaklida ikki tomonlama aloqalar
holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‗yicha hukumatlararo komissiya kabi
samarali institutlarni yaratish va ularning muntazam faoliyatini boshlash to‗g‗risida
takliflar bildirildi.
393
.
391 http://uza.uz/uz/business/ozbekiston-sloveniya-biznes-forumi-06.12.20119905?element_code=ozbekiston-sloveniya -biznes-forumi-06.12.2011- 392 https://mfa.uz/uz/press/news/2017/08/11892/ 393 https://mfa.uz/uz/press/news/2018/07/15404/