36
Bu dasturlash tillari quyidagi uchta muhim xususiyatga ega boʻlgan
abstraksiyalash mexanizmidan foydalanadi:
• dasturlash tillarida parametrlarni uzatish mexanizmlari paydo boʻldi;
• strukturali dasturlash asoslariga poydevor qoʻyildi
va unda
komponentalarning ta’sir doirasini (koʻrinish sohalarini) chegaralashni nazarda
tutgan holda qism dasturlarni ichma-ich joylashtirish oʻz aksini topdi;
• katta dasturiy sistemalarni
qism dasturlar asosida, tuzilmalar shaklida
tashkil qilish uslublari ishlab chiqildi.
Shunday qilib, dasturlash tillari oʻzlarida bilimlarni kompyuter tizimlari
uchun ifodalashning muayyan usullarini mujassamlashtuvchi vosita boʻlib
xizmat
qiladi. Ular konkret masalani yechish uchun moʻljallangan ifodalash va modellash
jarayoniga yondoshuv vositalarini taqdim etadi. Dasturlash tillari masala qoʻyilgan
tabiiy til hamda ma’lumotlarni kompyuter uchun tushunarli koʻrinishda ifodalash
uchun zarur boʻlgan til oʻrtasidagi “semantik farq” larni kamaytirishga intilish
konsepsiyasi asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bunday konsepsiyalarning
koʻpligi xilma-xil dasturlash paradigmalarini yuzaga keltirmoqda.
Dasturlash tillarining rivojlanish tendensiyalarida quyidagi ikki yoʻnalish
muhim anamiyat kasb etadi:
• alohida amallarni dasturlashdan yirikroq komponentalarni
dasturlashga
oʻtilishi;
• yuqori bosqichli dasturlash tillarining rivojlanishi va mukammallashuvi.
Bugungi kunda har yoʻnalish ikki bir-birini rekursiv ravishda toʻldirib,
dasturlashning yangidan-yangi paradigmalarini yuzaga keltirmoqda.
Dostları ilə paylaş: