37
Tom ma’noda bu atama birinchi boʻlib, 1943 yilda Robert Viner (AQSH,
kibernetika va sun’iy intellekt fani asoschilaridan biri) tomonidan taklif qilingan.
Unga koʻra,
Kibernetika
(grekcha κυβερνητική – boshqaruv san’ati) – mashina,
tirik organizm, jamiyat kabi murakkab boshqariladigan
tizimlarda axborotlarni
olish, saqlash, almashtirish va uzatishning umumiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi
fandir [III.17].
Sobiq shoʻrolar davlatining Oliy oʻquv yurtlarida kibernetikaning barcha
nogʻoyaviy jihatlari fan sifatida 1940-1950-yillarda ТАУ («
Теория автоматичес-
кого управления
» - avtomatik boshqaruv nazariyasi) nomi ostida oʻqitilgan
[IV.10].
Asli XVII-XVIII asrlarda fransuz kutubxonachiligiga oid boʻlgan
“informatique” (informatuka) atamasini kompyuterlarga nisbatan birinchi boʻlib
1957
yilda nemis olimi
Karl Shteinbux
oʻzining “Informatik: Automatische
Informations verarbeitung (Informatika: ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash”)
nomli maqolasida qoʻllagan [III.102].
Informatika fani chet ellarda “Computer science” (“Kompyuter fani”)
tarzida nomlanadi. Bu atamani ilk bor 1959
yilda Lui Feyn ilmiy
“
Communications of the ATSM
” jurnalida “Graduate School in Computer
Sciences (Kompyuter fani sohasida Oliy maktab” yaratish
tashabbusini ilgari
surganda qoʻllagan. Bunda, Lui Feyn kompyuter fani huddi “Management science
(Boshqaruv san’ati)” kabi amaliy va fanlararo amaliy ahamiyat kasb etishini
koʻrsatib, ilmiy fanlarga xos boʻlgan barcha xususiyatlarga ega ekanligiga e’tibor
qaratgan. Uning sa’yi harakatlari bekorga ketmadi va 1962 yilda Perdyu
universitetidan boshlab Oliy oʻquv yurtlari kompyuter fani bilan bogʻliq o’quv
dasturlarini ishlab chiqishni boshladilar [III.95].
1965 yilda “Informologiya” va “informatika”
ning fan sifatidagi asosiy
tamoyillari sobiq SSSR FA ning muhbir a’zosi Aleksandr Xarkevich tomonidan
“Основы научной информации (ilmiy axborot asoslari)” kitobida bayon etilgan
[III.39]. Bu kitob keyinchalik 1968 yilda, “Основы информатики (Informatika
asoslari) nomi bilan qayta chop qilingan. Shu tariqa 1940 yillarda “soxta fan”
38
sifatida e’tirof etilgan kibernetika chuqur ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻllgan
informatika faniga aylandi.
Informatika fani katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash usul va
vositalariga xos boʻlgan koʻplab muammolarni oʻrganish bilan shugʻullanadi.
Oʻrganadigan muammolarning xarakteriga koʻra fanning bir qator yoʻnalsihlari
yuzaga keldi. Bu yoʻnalishlar mustaqil boʻlib, zarur hollarda bir-birini toʻldira
oladi. Informatika fanining barcha zamonaviy tadqiqot sohalarini toʻla
qamrab
olishning iloji boʻlmasada, shartli ravishda toʻrt qismga ajratish tavsiya qilinadi
(1.1.1-jadvalga qarang).
Dasturlash tillari informatika fanining eng dolzarb va muhim tadqiqot
sohalaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: