Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

AMALDA QOʻLLASH:
 
Bu yerga qoida, usul, tushuncha, nazariy 
- mustaqil ravishda PYDT ning 
kerakli vositalarini tanlay olish;


93 
ma’lumot va tamoyillarni mustaqil 
ravishda tanlash va maqsadli foydala-
nish kiradi. Ta’limning unga mos natija-
lari tushunishga nisbatan yuqori turadi. 
- PYDT vositalarini ehtiyojga koʻra 
maqsadli va oʻrinli qoʻllay olish;
- loyihalar ishlab chiqish. 
ANALIZ:
 
Masalani tashkil etuvchi ostmasalalarga 
(tarkibiy qismlarga) ajratish va ular 
oʻrtasidagi farq, umumiylik va 
munosabatlarni aniqlay olish. Mavjud 
munosabatlarni anglashning ta’limiy 
samarasi 
avvalgi 
kategoriyalarga 
nisbatan yuqori turadi. 
- ilovalar ishlab chiqish jarayonini 
tahlil qila olish;
-qoʻyilgan masalani tahlil qila olish va 
uni ostmasalalarga ajratish;
- masala shartida berilgan ma’lumot-
lar asosida bajarilishi lozim boʻlgan 
alohida amallarni aniqlay olish;
SINTEZ:
 
Bunda 
alohida 
olingan 
mayda 
elementlardan yaxlit yangi strukturani 
hosil qilish tushuniladi. Unga mos 
natijalar yangi dastur va tuzilmalarni
yaratish qobiliyati aniq koʻrinib turgan 
ijodiy xarakterdagi faoliyat mavjudligini
koʻrsatadi. 
- alohida amallar yordamida ostmasa- 
lalarni birlashtirish orqali kutilgan 
natijani ta’minlash jarayonini tashkil 
qilish;
- alohida modul va uning tarkibiy 
komponentalaridan 
vazifalarini
bilgan holda oʻrinli foydalanish;
- maqsadga eltuvchi tugallangan 
loyiha rejasini ishlab chiqish.
BAHOLASH:
 
Bunda qabul qilingan maqsadga koʻra 
mavjud nazariy va amaliy ma’lumot va 
usullar asosida erishilhan natijalarni 
baholay olish nazarda tutiladi. Ushbu 
kategoriya oshkor alomatlar asosida 
dastur ishini baholash xarakteridagi 
mulohazalar yurita olishni anglatadi. 
- ishlab chiqilgan ilovalar beradigan 
natijalarga qarab, ularning toʻgʻri-
notoʻgʻriligini aniqlash; 
- kiruvchi va chiqvchi ma’lumotlar 
orasidagi moslikni aniqlash; 
-mavjud ma’lumotlardan foydalanib
mulohaza yuritish;
- dastur natijalari haqida xulosalar 
chiqarish.

oʻzlashtirilgan oʻquv materiallari asosida ularning yangi kombinatsiya-
larini ishlab chiqish

algoritmik fikrlash; 


94 

predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillariga doir bilimlarni (amal, 
modul va usullarni) vaziyatga koʻra maqsadli qoʻllash;

yangi masalalar xususiyatlaridan kelib chiqib, aynan uning predmet 
sohasiga tegishli boʻlgan bilimlarni qoʻllash;

qoʻyilgan masala uchun tugallangan dasturlar ishlab chiqish; 

mumkin boʻlgan ilovalar orasida eng yaxshisini yaratish. 
Kreativlik shaxsiy ijodiy qobiliyat boʻlib, aynan dasturchilikda oʻzining 
yaqqol aksi va ahamiyatini topadi. Chunki, dasturlash talab qilinadigan masalalar 
odatda universallik xususiyatiga ega boʻlib, har bir masala uchun alohida 
yondoshuv talab qilinadi. Ta’bir joiz boʻlsa, aytish mumkinki, talabalar har bir 
masala uchun ixtirochilik yoki kichik kashfiyotlar qila olish qobiliyatlarini 
namoyon qilishlari lozim. Qolaversa, bu jarayon har bir talabada individual 
xususiyatlari, koʻnikma va malakalari hamda masalani hal qilish gʻoyasidan kelib 
chiqqan holda har xil kechishi mumkin. Bu oʻrinda talabalarga quyidagi ketma-
ketlikda fikr yuritish tavsiya etiladi:

oʻz oldilarida turgan muammolarni toʻliq anglash va aniqliklar kiritish; 

muammolarning hal qilish gipotezalarini qurish; 

mumkin boʻlgan usullarning hammasini belgilash; 

iloji boricha eng yaxshi variantlarni tanlash; 

zarur hollarda masalalarni boshqa ekvivalent masalalar bilan 
almashtirish; 

gipotezalarni tekshirish va oʻzgartirish; 

masalaning predmet sohasidan kelib chiqqan holda tegishli dasturlash 
tili, usul va boshqa vositalarni tanlash;

masala boʻyicha natijaviy ma’lumotlarni shakllantirish yuzasidan 
mulohazalar yuritish; 

masala yechimlarini yaxshilash usullarini izlash; 

masala yechimlarini tahlil qilish orqali yakuniy qarorlar qabul qilish. 
Talabalarda kreativlik xususiyatlarini shakllantirish va rivojlantirish 


95 
mezonlari hamda ularga mos sifat koʻrsatkichlari 2.2.2-jadvalda aks ettirilgan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin