Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


II-bob boʻyicha taklif va xulosalar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

II-bob boʻyicha taklif va xulosalar 
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sohasida olib borilayotgan ishlarni yanada 
kuchaytirish, tashkilotlar faoliyatini boshqarishning tez, qulay, tejamkor yoʻlga 
qoʻyish jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalar muhim poydevor 
hisoblanadi. Bu borada mavjud dasturiy vositalar yetarli boʻlmagani sababli, 
faoliyatning turli jabhalarida uchraydigan masalalar uchun yangi dasturiy 
mahsulotlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish talab qilinadi.
Python dasturlash tili dasturlash sohasida yuqori malaka talab qilmagan 


112 
holda, yangi dasturiy mahsulotlarni tez, sifatli va arzon baholarda yaratish 
imkonini taqdim eta oladi. Shu sababli, kelajakdagi faoliyati katta hajmli 
ma’lumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va uzatish bilan bogʻliq ta’lim 
yoʻnalishlarining barchasida predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birini 
(masalan, Python tili) oʻqitish tavsiya qilinadi.
Oliy oʻquv yurtlarida predmetga yo‘naltirilgan dasturlash oʻqitish samarasini 
oshirish uchun, qaysi dasturlash tilini oʻqitish, jarayonning maqsad va vazifalari, 
erishilishi kutilayotgan ta’limiy natijalarni baholash mezonlarini aniq belgilab olish 
zarur. Oʻqitish uchun dasturlash tillari imkoniyatlarining tahlili zamonaviy 
dasturchilik amaliyotida Python tili koʻplab xususiyatlariga koʻra boshqalariga 
qaraganda yuqori mavqega ega ekanligini koʻrsatdi.
Predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillari boʻyicha egallangan koʻnikma, 
malaka va shaxsiy fazilatlar jamiyatning faol ishtirokchilarini tarbiyalashda, oʻrta 
umumiy ta’limdan keyingi faoliyat turini tanlashda muhim poydevor boʻlib xizmat 
qiladi. Qolaversa, Oʻzbekidton respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ilgari 
surayotgan “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish 
jarayoniga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin