Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


-§. Zamonaviy talabalarga xos boʻlgan ayrim psixologik omillardan



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

3.3-§. Zamonaviy talabalarga xos boʻlgan ayrim psixologik omillardan 
dasturlash tillarini oʻqitish sifatini oshirish maqsadida foydalanish 


139 
Yosh avlod oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan jamiyatda yuqori ijtimoiy 
pogʻonalarni band qilishga urinadigan shaxslarning har tomonlama dinamik 
rivojlanayotgan tizimi hisoblanadi. Ular asosan bir yoki bir nechta ijtimoiy 
guruhlarning a’zolari sifatida faoliyat yurutishga harakat qiladilar. Oʻz hayot yoʻli 
strategiyasini tanlashga ta’sir koʻrsatuvchi turli omillarga (tevarak-atrofdagi muhit, 
ijtimoiy-siyosiy vaziyat, jamiyatdagi ustuvor qarashlar, shaxsiy psixologik 
xususiyatlari, oliaviy, moddiy, ma’naviy va h.k.) koʻra, yoshlar ma’lum bir 
ijtimoiy guruhlarga birlashadilar. Talabalar aha shunday guruhlardan biri sanaladi.
Atoqli pedagog olim K. D. Ushinskiy talabalik davrini “hal qiluvchi yosh” 
deb ataydi. Chunki, aynan shu davrda oʻz ustida ishlash darajasi va oliy oʻquv 
yurtlarida berilgan bilimlar asosida kelajak mutaxassisi boʻlgan shaxsning tashqi 
va ichki qiyofasi shakllanadi. Bu davr aqliy, jismoniy, madaniy va ma’naviy 
rivojlanish uchun eng qulay davr hisoblanadi. 
I.A. Zimnaya talabalar haqida “talabalar oʻz ichiga bilim va kasbiy 
koʻnikmalarni maqsadli va tizimli asosda oʻzlashtirayongan, bilim olishga eng 
yuqori darajada ishtiyoqi va ragʻbati mavjud boʻlgan, zamonaviy madaniyatning 
eng asosiy isteʻmolchisi hisoblangan insonlarni qamrab oladi” degan edi [III.24]. 
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, zamonaviy talabalar yangi madaniy 
qadriyatlarning eng asosiy isteʻmolchisi sifatida yangicha shakl, mazmun, 
ahamiyat kasb etuvchi bilimlarni, jumladan, kompyuter ilmiga oid yoki mobillikka 
asoslangan bilimlarni tirishqoqlik bilan oʻzlashtirishga harakat qiladi. Ta’lim 
jarayonini zamonaviy ta’lim texnologiyalari yordamida tashkil qilish esa bu 
jarayonga yanada kuchliroq ta’sir koʻrsatadi.
B.G. Ananyevning xulosalariga koʻra, aynan 17 yoshga kelib, shaxslarda 
mustaqil faoliyat koʻnikmalarining yuzaga kelishi uchun eng qulay subyektiv 
shart-sharoitlar shakllanadi. 17 dan 25 yoshgacha boʻlgan hayotiy davr shaxsning 
shakllanishi hamda kasbiy faoliyatga yoʻnalganlik bosqichi uchun muhim 
ahamiyatga ega boʻladi [III.5].
Yoshlarning 
ijtimoiy 
moslashuvchanlik 
davrini 
ainqlash 
sohasida 


140 
olimlarning olib borgan tadqiqotlariga koʻra, 17-22 yoshdagi shaxslar faoliyatida 
turli mexanizmlarning kuchayish miqdori 47%, turgʻunlashuvi-21%, pasayish 
koʻrsatkichi - 32% ni tashkil qildi. Shuningdek, 32-35 yoshdagi shaxslar uchun 
bunday ma’lumotlarning mos ravishda 11%, 33% va 56% ekanligi kuzatildi 
[IV.4]. Bu holat oliy oʻquv yurtlarida bilim olish uchun eng maqbul davr 17-22 
yosh ekanligidan dalolat beradi.
Zamonaviy oliy oʻquv yurti talabalari kelajakning eng muhim aqliy 
potensialiga aylanishi kutilayotgan mutaxassislar sifatida har tomonlama 
rivojlanish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bu yoshlar shaxs va mutaxassis 
sifatida oʻzlarida yetishmayotgan ilmiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy 
bilim, koʻnikma va malakalarni egallashga qaratilgan oʻtkir ehtiyojni his qiladilar.
Bir qator olimlarning fikrlariga koʻra, faol bilim olishga qaratilgan maxsus 
chora-tadbirlar majmuasi boʻlmasa, bilishga qaratilgan harakatlar zanjiri 
moslashuvchan faoliyatga aylanmaydi, ta’lim jarayonining samarasi kamayadi, 
talabalarning fikrlash qobiliyati pasayadi, yangi bilimlarni egallashga ishtiyoqi 
yoʻqoladi [III.37]. 
Kasbiy kamolotning dastlabki bosqichida turgan talabalarda ta’lim olish 
jarayonida dasturlash quyidagi shaxsiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish 
mumkin: 

fikrlash qobiliyati rivojlanadi, aqliy imkoniyatlari kengayadi; 

nazariy mushohada yuritish, abstrakt fikrlash va umumlashtirish 
qobiliyatlari takomillashadi; 

ma’lum muammolarga nostandart yondoshuvlar shakllanadi; 

umumiy muammolarni tarkibiy qismlarga ajratish qobiliyati rivojlanadi; 

xususiy muammolarni umumiy shaklga keltirish hissi kuchayadi. 
Yuqorida koʻrsatilgan sifatlar talabaning kelajakda yetuk mutaxassis 
(jumladan, dasturchilik sohasida) boʻlib shakllanishida muhim poydevor boʻlib 
xizmat qilishi tabiiy.
Akademik A.M. Gazaliyev boshchiligadi olimlarning xulosalariga [IV.4] 
koʻra, talabalarning shaxsiy xususiyatlari ta’lim bosqichlariga bogʻliq ravishda 


141 
oʻzgarib turadi (3.3.1-jadvalga qarang). Bu holat predmetga yo‘naltirilgan 
dasturlash tillarini oʻqitish jarayonini yuqori samara bilan tashkil qilishda ta’lim 
bosqichlariga xos boʻlgan bu xususiyatlarni muhim omillardan ekanligiga ishora 
qiladi va ularni albatta e’tiborga olish talab qilinadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin