Matplotlib
moduli ikki (2D) va uch oʻlchovi (3D) tasvirlar bilan ishlash
hamda ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish uchun moʻljallangan kutubxona
hisoblanadi. Bu modul yordamida hosil qilingan tasvirlardan illyustratsiya sifatida
foydalanish mumkin;
Keras va PyTorch
modullari sun’iy intellekt, kompyuterlarni neyron
toʻrlari asosida oʻqitish amaliyotida qoʻllash mumkin boʻlgan koʻplab vosita va
usullarni oʻz ichiga oladi va amaliyotda “aqlli texnologiyalarni” ishlab chiqishda
keng qoʻllaniladi;
Itertools
moduli belgilangan doiradagi amallarni qandaydir ketma-ketlik
yoki toʻplamning har bir elementiga nisbatan takrorlash jarayonini tashkil qilishga
koʻmak beruvchi usullar jamgʻarmasidan iborat;
time, datetime
va
calendar
modullari vaqt, sana va taqvim tipidagi
ma’lumotlar bilan ishlashga moʻjallangan sinf, usul va funksiyalar kutubxonasidan
iborat. Bu modullarni majburiy deb tan olishning sababi shuki, axborotlarni
kompyuter yordamida qayta ishlash bilan shugʻullanadigan hamma mutaxassislar
vaqt va sanalar bilan ish olib borishlariga toʻgʻri keladi. Bunday muammolarni hal
qilish imkoniyatlari time, datetime va calendar modullari tomonidan taqdim etiladi;
ScyPy
moduli NumPy kutubxonasi asosida ishlab chiqilgan boʻlib,
amaliyotda keng qoʻllanadigan matematika va boshqa fanlarga doir ilmiy hisob-
kitob ishlarini oson bajarishga yordam beradi.
Qolgan oʻquv soatlarida Pythonning mutaxassislikka oid masalalarni hal
qilishga moʻljallangan modullarini oʻqitish mumkin. Bunda 3.2.2-jadvaldan
foydalanish tavsiya qilinadi.
Tajribalar shuni koʻrsatdiki, dasturlash tillari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar
soati yetarli emas. Oʻquv rejasida ajratilgan soatlarga (3.2.1-jadvalga qarang) koʻra
136
amaliy jihatdan mustahkamlanishi hamda talabalarda koʻnikma va malakalarni
hosil qilinishi zarur boʻlgan nazariy mavzular doirasi anchagina keng boʻlib, har
bir nazariy mashgʻulot boʻyicha 2-4 soatdan ortiq amaliy mashgʻulot
oʻtkazishning iloji yoʻq. Bir juftlik amaliy mashgʻulot mobaynida oʻrtacha 2-4 ta
masalalar uchun dasturlarni tahlil qilish mumkin holos. Bu holat belgilangan
vaqtning sohaga oid koʻplab tipik masalalarni koʻrib chiqish uchun yetmasligini
koʻrsatadi. Har bir mavzu boʻyicha nazariy ma’lumotlar yuzasidan yetarli
darajadagi koʻnikma va malakalarni hosil qilish uchun, amaliy mashgʻulotlarni
ta’lim yoʻnalishining oʻziga xoz xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talabalarga
yaxshi tanish boʻlgan va qaralayotgan mavzuga oid masalalar asosida tashkil qilish
taklif etiladi. Odatda, bunday masalalar turli shakl va mazmunlarda boʻlib,
yetarlicha katta hajmni tashkil qiladi.
Aytish mumkinki, dasturlash sohasida har bir masalaga kashfiyotchilik
nuqtai-nazaridan yondashish talab qilinadi. Buni hisobga olinsa, amaliy
mashgʻulotlarda koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan masalalar soni juda kam.
Koʻproq masalalarni dasturlash uchun mustaqil mashgʻulotlardan foydalanish ham
koʻzlangan samarani bermayapti. Buning asosiy sababi quyidagilar:
- bakalavr yoʻnalishlariga xos boʻlgan dasturlashga doir muammolarni
qamrab olgan oʻzbek tilidagi didaktik materiallarning kamligi;
- ishlab chiqilgan oʻquv ilovalari uchun natijalarini kompyuter yordamida
sifatli tahlil qilish imkoniyatining har doim ham mavjud emasligi;
- sohalar boʻyicha namuna tarzida koʻrsatiladigan tipik masalalar sonining
yetarli emasligi.
Bu boradagi muammolarni hal qilish uchun mutaxassisliklarning oʻquv
rejasiga laboratoriya mashg’ulotlarini ham kiritishni taklif etamiz. Bu
mashgʻulotlar uchun oʻquv soatlarini amaliy mashgʻulot soatlaridan kam
boʻlmagan miqdorda mustaqil mashgʻulotlar soati hisobidan ajratish maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz.
Zamonaviy ta’lim tizimida dasturlash tillarini oʻqitish masalasiga uch xil
yondashuv mavjud:
137
1)
biror dasturlash tilining boshlangʻich unsurlarini oʻqitish;
2)
dasturlash tillarini oq’itish jarayonini talabalarga ma’lum boʻlgan
boshlangʻich unsurlar asosida tashkil qilish;
3)
ilmiy va hayotiy masalalarni yechishda keng qoʻllanayotgan bir yoki bir
nechta dasturlash tillarini oʻqitish.
Birinchi yondashuv odatda maktablarning yuqori sinf oʻquvchilariga
nisbatan qoʻllanadi. Buning sababi shuki, informatika va axborot texnologiyalari
fani doirasida Davlat ta’lim standarti informatika va axborot kommunikatsion-
texnologiyalaridan tashqari, algoritmlash hamda Python va Delphi dasturlash
tillarini oʻqitishni ham nazarda tutadi. Ikkinchi yondoshuv oliy va oʻrta maxsus
ta’lim muassasalari uchun moʻljallangan. Bunday yondoshuvda asosiy e’tiborni
talabalarning bilim, malaka va koʻnikmalarini Python dasturlash tilini yoʻnalishlar
kasbiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tegishli modullarni o’qitish orqali
kengaytirishga qaratish tavsiya etiladi. Uchinchi yondashuv esa odatda Oliy oʻquv
yurtlarida kelajakdagi kasbiy faoliyati yuqori dasturchilik malakasi bilan bogʻliq
boʻlgan bakalavr va magistrlarining tayyorgarlik darajasini belgilashda muhim
hisoblangan dasturlash tillari (masalan, C#, Java Script kabi) uchun amalga
oshiriladi. Bu oʻrinda shuni yoddan chiqarmaslik lozimki, mavjud dasturlash
tillarining birortasi ham oʻz yechimini kutayotgan barcha masalalar uchun toʻla
ma’noda yaroqli (ya’ni, universal) boʻla olmaydi. Chunki, har bir dasturlash tili
paradigmasiga koʻra, ma’lum bir sinfga oid (ilmiy-texnik, ma’lumotlar bazasi,
web-sahifalar tayyorlash kabi) masalalarni yechishga moʻljallangan boʻladi.
Shuning uchun kelajakdagi kasbiy faoliyati dasturchilik bilan bogʻliq boʻlgan
talabalarga bir turli paradigmalarni qoʻllab-quvvatlovchi bir nechta dasturlash
tillarini chuqur oʻqitish tavsiya qilinadi. Bu holda mutaxassis oʻziga ma’lum
boʻlgan dasturlash tillari va yechimi kutilayotgan masalalarning oʻziga xos
xususiyatlarini e’tiborga olib, vosita sifatida dasturlash tillaridan birini mustaqil
tanlash va foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. “Nomutaxassis” bakalavr
yoʻnalishlarida esa predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillaridan birini (masalan,
Python tilini) oʻqitish tavsiya qilinadi.
138
Keyingi oʻn yillikda dasturlash sohasida va zamonaviy ilovalarni ishlab
chiqishda predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillari juda ham jadallik bilan
rivojlanib, oʻz foydalanuvchilari oʻrtasida shuhrat qozonib bormoqda. Chunki
predmetga yo‘naltirilgan dasturlash vositalari borliq olamning turli shakl va
mazmundagi hodisa, jarayon hamda obyektlarni nisbatan oson, qulay va
koʻrgazmali usulda oʻrganishga imkon beradi.
Biz dasturlash asoslarini oʻqitish uchun yuqorida keltirilgan usullardan
ikkinchisini Python dasturlash tili misolida tanlashni taklif etamiz. Bunda, Python
tilini oʻqitishda dastlab, I – kurs talabalariga dasturlashning maktab “informatika
va axborot texnologiyalari” kursi doirasida ma’lum boʻlgan boshlangʻich
unsurlaridan foydalangan holda boshlash mumkin. Bu jarayonda talabalarning
dasturlash boʻyicha koʻnilkma va malakalarini tenglab olishga erishish ham
nazarda tutiladi. Buning oqibatida talabalar bilimini Pythonning yangi jihatlarini
oʻrgatish orqali kengaytirishga erishish imkoniyati yuzaga keladi.
Python tili oʻqituvchisining asosiy e’tibori quyidagi masalalarni hal qilishga
qaratilishi lozim:
talabalarning PYDT muhitida ishlash malakalarini rivojlantirish;
oʻz faoliyatini rejalashtirish qobiliyatini shakllantirish;
talabalarda algoritm va dasturlarni ishlab chiqish bilan bogʻliq yetarli
bilim, koʻnikma va malakalarni hosil qilish;
tasvirli va nazariy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;
talabalarni mavjud katta hajmdagi ma’lumotlar oqimi orasidan ehtiyojga
koʻra zarur ma’lumotlarni izlash, ajratish, qayta ishlash va foydalanishga oʻrgatish.
Python tilini oʻqitish doirasida biz tavsiya qilgan mavzular (3.2.2-jadvalga
qarang) ushbu masalalar ta’lim jarayoniga qoʻyilgan ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni samarali hal qilishga koʻmak beruvchi
asosiy vositalardan biri boʻlib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |