Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


b) oʻqituvchilarga yordam berish -



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

b) oʻqituvchilarga yordam berish -
 
oʻqituvchilar muntazam bajarishi lozim 
boʻlgan bir xildagi amallar ketma-ketligini, jumladan, ma’muriy ishlarni 


155 
avtomatlashtirish, interfaol usulda oʻqituvchilar bilan savol-javob qilish, on-layn 
oʻtkazilgan mashgʻulot samaralarini tahlil qilish, yangilari uchun mavzu va 
materiallarni tanlash, har bir talabaning individual xususiyat, imkoniyat va 
ehtiyojlarini hisobga oladigan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. 
c) talabalarga yordam berish

dasturlashgan ta’limiy ilovalar yordamida 
talabalarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish. Dasturlashgan ta’limiy 
ilovalar talabalarning individual xususiyat, imkoniyat, ehtiyoji hamda bilimlarni 
egallash tezliklariga moʻljallanganligi ta’lim jarayoni samarasini oshirishga imkon 
beradi, bilimini mustahkamlaydi, koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga yoʻl 
ochadi. 
d) oʻrganishga boʻlgan ragʻbatni oshirish -
 
mashgʻulotlarni tashkil etish 
shakli, usuli va mazmunini boyitish hamda samaradorlik darajasini orttirish. 
SIATT da ta’ilimy oʻyin elementlaridan foydalanish ta’lim oʻquv jarayonini 
yanada faol, interfaol va qiziqarli boʻlishini ta’minlaydi. 
IV. Ta’limda 5G texnologiyalaridan foydalanish.
Bugungi kunda mobil 
aloqa vositalaridan ta’limda keng foydalanilayotganligi hech kimga sir emas. 5G 
simsiz texnologiyalari har bir foydalanuvchiga internet resurslari (shu jumladan, 
ta’limiy) billan ishlash uchun tutilib qolish ehtimolliklarini pasaytiradi hamda 
yuqori aloqa tezligini ta’minlaydi. 5G standarti barcha ilovalar, xizmatlar, obyekt 
va qurilmalarni ishonchli va xavfsiz simsiz tarmoqlarga "hamma narsa mobil" 
gʻoyasi ostida katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash, bulutli hisoblash, SIATT 
va boshqa innovatsion texnologiyalarni birlashtirishga imkon beradi. 2023 yilga 
kelib, ta’lim sanoati bozorining raqamli qismini 240 milliard dollarga yetishi 
bashorat qilinmoqda va bu jarayon toʻgʻridan-toʻgʻri 5G texnologiyalari bilan 
bogʻlanmoqda.
Ochiq manbalarda ta’lim jarayonida mobil ta’lim texnologiyalaridan 
foydalanish uslubiyotiga doir ilmiy tadqiqot ishlari A.A. Kapina [III.27], Esmat 
Mirzamaniy [III.100], V.A. Kuklev [III.34] va boshqa olimlar tomonidan 
oʻrganilayotganligi haqida xabar qilinmoqda.
Oliy taʼlimda 5G texnologiyalaridan quyidagi sohalarda foydalanish 


156 
mumkin: 
1. umumiy boshqaruv uchun marketing texnologiyalari; 
2. ehtiyojga koʻra ishga tushadigan SIATT; 
3. immersiv (talabalarga bir vaqtning oʻzida bir nechta sezgi organlari orqali 
ta’sir koʻrsatish) oʻrganish uchun kengaytirilgan olam; 
4. aqlli oʻquv binolari uchun koʻproq Internet vositalari; 
5. talabalar auditoriyasini kengaytirish uchun onlayn dasturlar. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin