Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


II. Moslashuvchan (adaptiv) ta’lim



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

II. Moslashuvchan (adaptiv) ta’lim
texnologiyasining maqsadi –mustaqil 
ishlash texnikasi, oʻz-oʻzini nazorat qilish, tadqiqot faoliyati usullarini oʻrgatish; 
mustaqil ishlash, bilim olish malakalarini rivojlantirish va takomillashtirish asosida 
talabalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda oʻquv jarayonini imkon 
darajasida ularning individual xususiyatlariga moslashtirishni nazarda tutadi. 
Ushbu texnologiya yangi hisoblanmaydi, ammo oʻqitishning raqamli 
texnologiyalarini joriy qilish evaziga zamonaviy tus va ahamiyat kasb eta boshladi. 
Pedagogik dasturlarning taʻlim jarayoniga kirib kelishi moslashuvchan ta’limni 
yuqori samara bilan masofaviy ta’lim, mustaqil ta’lim yoki an’anaviy 
mashgʻulotlarda qoʻllash imkonini yuzaga keltirdi.
Moslashuvchan ta’lim texnologiyasidan oʻquv jarayonida foydalanish 
muammolari S. Briggs [III.78], I.V. Kasyanova [III.28], I.Y. Belousov [III.8], V.V. 
Pleshnev [III.45] kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Moslashuvchan ta’lim texnologiyasi ta’lim jarayonini talabalarning 
individual xususiyatlarini (hissiy holat, yoshi, jinsi, qobiliyati, har xil turdagi 
ma’lumotlarni idrok etish, tayyorgarlik darajasi, bilimi, koʻnikma va malaklari) 


153 
hisobga olgan holda takomillashtirish imkonini taqdim etadi. Uning yutugʻi ta’lim 
jarayoniga har bir talabani jalb qilishi bilan belgilanadi. Bu usulda oʻquv jarayoni 
talabalarning bilim darajasi va individual xususiyatlarini oʻrganish asosida ishlab 
chiqilgan maxsus ta’lim yoʻli xaritasi yordamida tashkil qilinadi. Mazkur 
texnologiya mohiyati talabalarning individulal ta’limga asoslangan mustaqil 
mashgʻulotlarini tashkil qilish, nazorat va boshqarishdan iborat boʻladi. Uning 
avzalliklari quyidagi holatlar bilan belgilanadi: 
- barcha talabalar mustaqil ishlarini boshqarish; 
- talabalar bilan individual ishlash; 
- talabalarning individual (yoshga xos psixilogik va pedagogik) xususiyat va 
imkoniyatlarini hisobga olish va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish
- har bir talabani maksimal darajada individual mustaqil ishlarga jalb qilish. 
Moslashuvchan ta’limga qisqa vaqt ichida har bir talabaning ehtiyoj, 
qiziqish va imkoniyatlariga moslashadigan texnologiya sifatida qaraladi.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni isbotladiki, moslashuvchan texnologiya 2022 
yilda dunyo ta’lim tizimida katta rol oʻynaydi. Uning mavjudligi tufayli tizimni 
oʻzgartirish mumkin, chunki u oʻquvchi bilan oʻzaro aloqani tartibga solish uchun 
kompyuter algoritmlaridan foydalanadi. Moslashuvchan ta’lim sun’iy intellektdan 
kelib chiqqan boʻlsa-da, u hali ham faol ravishda moslashtirilgan ta’limiy 
resurslarni, shuningdek, oʻquvchining maxsus ehtiyojlarini qondirish uchun eng 
yaxshi ta’lim faoliyatini taqdim etadi.
Moslashuvchan ta’lim texnologiyasi dasturlash tillarini o’qitishda ham katta 
samara berishi mumkin. Talabalarning rivojlanish darajalari, individual 
xususiyatlari, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatlari, qiziqish sohalari 
turlicha boʻlgani uchun, mashgʻulotlarda moslashuvchan texnologiyadan 
foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi. Bunda fan oʻqitivchisi har bir talabaning 
individual pedagogik va psixologik imkoniyatlari haqidagi toʻliq ma’lumotlarga 
ega boʻlishi talab qilinadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin