Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Pеdagogik tеxnologiya
– bu oʻqitish va bilimlarni oʻzlashtirishning 
jarayonining tеxnik, insoniy rеsurslarni hisobga oligan holda ta’lim shakllarini 
optimallashtirish maqsadida aniqlash, yaratish va qoʻllashning tizimli mеtodidir. 
(YUNЕSKO) 
Pеdagogik tеxnologiya
– bu turli mualliflar (manbalar) ning barcha 
ta’riflarini oʻz ichiga ma’noli (mazmunli) umumlashmadir. (G. K. Sеlеvko) 
Pеdagogik tеxnologiya
– bu oʻqitish maqsadlariga erishishni kafolotlovchi 
ta’lim jarayonini qurishdir (M. V. Klarin). 
Shuningdek, G. K. Selevko o’z ishlarida dunyoning boshqa mashxur 
pedagog olimlarning quyidagi ta’riflarini ham keltiradi [III.53, 4-b]. 
Pedagogik texnologiya
- bu kutilgan natijaga eltuvchi, vaqt va fazo boʻyicha 
dasturlangan, ilmiy asosda qurilgan pedagogik jarayonda foydalaniladigan barcha 
komponentalari tizimidir (P. Mitchel).
Pedagogik texnologiya
– bu ta’limni yaxshilashga qaratilgan bixevioristrik 
(hulqiy) va tizimli tahlildan foydalanishni nazarda tutuvchi oʻzaro ta’sir 
(kommunikatsiya) yoki oʻquv masalalarini hal qilish jarayonidir (T. Sakamoto).
Bunday ta’riflar juda ham koʻp va bir tomonlama boʻlib, pеdagogikaning 
gumanitar fan ekanligi, u muayyan jamiyatda hukmronlik qilayotgan falsafiy 
qarashlarga muvofiq ish olib borishi tilga olinmagan. Shuning uchun, bizning 
fikrimnizcha, bu tushunchani quyidagicha ta’riflansa toʻgʻriroq boʻlar edi:
Pеdagogik tеxnologiya
dеb muayyan paradigmaga asoslangan ta’lim va 
tarbiyani takomillashtirish jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan barcha insoniy 


147 
omil, huquqiy-meyoriy, pedagogik, tеxnik va dasturiy vositalar hamda ular ustida 
bajariladigan amallarning kutilgan natijalarni katta ehtimollik bilan kafolatlay 
oladigan tizimli majmuasiga aytiladi.
Ta’lim va pеdagogik tеxnologiyalarni bir xil tushuncha dеb qarash koʻproq 
faqat ta’lim bеrishga asoslangan gʻarb uslubida faoliyat yuritadigan pеdagoglarga 
mos kеladi. Pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan ta’riflar hamda
pеdagogika fanining maqsadi ta’lim va tarbiya bеrish muammolarini oʻrganishdan 
iborat ekanligi yodga olinsa, pеdagogik tеxnologiyalar oʻz ichiga ta’lim 
tеxnologiyalarini ham olishi kelib chiqadi va shu sababli kеngroq tushuncha 
hisoblanadi.
“Pedagogik texnologiyalar” tushunchasining ta’riflari koʻp boʻlsada, 
ularni olimlar tomonidan toʻrtta muhim qoidalar asosida umumlashtiriladi:

aniq belgilangan mezon (etalon) asosida ta’lim va tarbiya jarayonini
rejalashtirish; 

oʻquv jarayonini oʻqituvchi va talaba harakatlarining qatʻiy ketma-ketligi 
shaklida dasturlash; 

ta’lim va tarbiya natijalarini oʻquv jarayoni monitoringi davomida ham, 
natijalarni sarhisob qilishda ham dastlab belgilangan etalonlar bilan taqqoslash; 

oʻquv jarayonining har qanday bosqichida oraliq natijalarga koʻra kerakli 
oʻzgartirishlar kiritish. 
Pedagogik texnologiyalar jahonning koʻplab olimlari tomonidan turli 
nuqtai-nazardan klassisfikatsiyalangan иboʻlsada, bu sohada yagona qarashlar 
mavjud emas. Biz ushbu tadqiqot doirasida 
[..,]
da taklif qilingan 
klassifikatsiyadan foydalanishni lozim topdik. Unga koʻra pedagogik 
texnologiyalar ikkiga ajratiladi: 
-
an’anaviy texnologiyalar; 
-
zamonaviy (yangi) texnologiyalar. 
[70] da ta’kidlanishiga koʻra, koʻplab oʻqituvchilar reproduktiv ta’lim 
texnologiyalarini, talabalar esa produktiv ta’lim texnologiyalarini afzal koʻrishadi.


148 
Reproduktiv ta’limning asosiy xususiyati oʻquvchilar talabalarga bilimlarni 
tayyor shaklda uzatishi bilan belgilanadi. Bunda talaba xotirani ishga tushirish 
orqali oʻquv materiallarini yodlashi talab qilinadi va uning boshqa aqliy jarayonlari 
(muqobil va mustaqil fikrlash qobiliyatlari) bloklanadi. Produktiv ta’lim 
texnologiyalari esa oʻzida bilimlarni talabalar tomonidan ijodiy faoliyat yuritish 
jarayonida egallashga koʻmak beruvchi universal oʻqitish usullarini qamrab oladi. 
Bu texnologiyalar dasturlash tillarini oʻrganishda eng maqbul boʻladigan oʻqitish 
usullari sanaladi. Chunki, har qanday dasturuy mahsulot boshqalaridan farq 
qiladigan alohida ijodiy yondoshuvni talab qiladi.
Hamma texnologiyalar ham dolzarb pedagogik muammolarni hal 
qilavermaydi yoki zamonaviy taʻlim talablariga mos kelavermaydi. Ularni 
“an’anaviy” sinfga birlashtirish mumkin. “Yangi texnologiyalar” ga kelsak, bu 
tushuncha nisbiy sanaladi, chunki bir qator oʻqituvchilar uchun yangi hisoblangan 
ta’lim texnologiyasi boshqalar uchun oldindan ma’lum boʻlishi mumkin.
Pedagog olimlar tomonidan quyidagi talablarga mos keluvchi ta’lim 
texnologiyalarini “zamonaviy” deb e’tirof etiladi [70]:
- oʻqituvchilar va talabalar tomonidan amaliyotda keng qoʻllanishi
(востребованный)

- ta’limiy jarayon ishtirokchilarining bilim olishga qaratilgan qiziqish va 
ehtiyojlarini qondirishi; 
- talabalarni optimal rivojlanishi uchun imkon berishi; 
- jamiyat ehtiyojlari hamda mutahassislarni tayyorlashning zamonaviy 
talablariga mos kelishi.
Ta’lim texnologiyalarning vazifasi oʻquv jarayoni ishtirokchilariga 
rejalashtirilgan taʻlimiy natijalarga olib keladigan bosqichlari (harakatlar) ketma-
ketligini tavsiya etishdan iborat boʻladi. Texnologik darajaga chiqish deganda 
taʻlim jarayonining muhim abstrakt tomonlarini anglagan holda taʻlimning 
kutilayotgan natijasiga erishish uchun zarur bo’lgan barcha omil va vositalardan 
foydalanish nazarda tutiladi.


149 
Ta’limiy harakatlar ketma-ketligini tavsiflash talablariga qatʻiy javob 
beradigan texnologiyalar oʻquv jarayonining barcha jihatlarini qamrab oladi va 
yaxlit taʻlimiy natijalarga olib keladi.
Muayyan ta’lim texnologiyasi yordamida tashkil qilinadigan har qanday 
pedagogik jarayonni tavsiflashda quyidagi holatlar nazarda tutilgan boʻlishi zarur: 

toʻrt komponentali maqsadlar shaklida ifodalangan taʻlimiy natijalarni 
belgilash; 

oʻquv jarayoni bosqichlari va talabalarning har bir bosqichdagi ta’limiy 
harakatlari; 

talabani har bir bosqichdagi ta’limiy harakatlarni bajarishga undash 
vositalari; 

ta’limiy harakatlar monitoringi; 

oʻqituvchiga talaba faoliyatini tashkil etish shakl va usullari boʻyicha 
tavsiyalar. 
Umumiy holda ta’lim texnologiyalarini ifodalash mumkin boʻlgan 
elementlar 3.4.1 – rasmda ifodalangan.
3.4.1-rasm.
Ta’lim texnologiyalari ifodalashda foydalaniladigan elementlar. 
Yuqorida bayon qilingan ma’lumotlarni dasturlash tillarini oʻqitishga 
nisbatan talqin qilinsa, ta’lim texnologiyalar quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: 

dasturlash tillarini oʻqitishning ta’limiy natijalarni rejalashtirish va 
aniqroq bashorat qilishga yoʻl ochadi; 

katta ehtimollik bilan ta’lim va tarbiya jarayoni samarasini orttiradi;

dasturlash tillarini oʻqitish va talabalarning shaxsiy sifatlarini 
shakllantirish masalasini umumlashgan holda hal qilishda koʻmak beradi; 
Ta’lim texnologiyalari ifodalash 
elementlari 
Pedagog faoliyati 
(talabaga ta’sir 
qilish usullari) 
O’quv materiali- 
ning ped. usulga 
mos bayoni 
Nazorat 
proseduralari 
(monitoring) 
Talabaning 
ta’limiy faoliyati 
Maqsad- 
kutilayotgan 
natija 


150 

dasturlash tillarini oʻqitish sohasidagi pedagogik tajribalar natijalarini 
ilmiy asoslash, tahlil qilish va tizimlashtirish yordamida amaldagi ta’lim 
jarayonida foydalanish uchun yangi tavsiyalar ishlab chiqadi; 

shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni taqdim 
etadi; 

mavjud ta’limiy resurslardan unumli foydalanishga imkon beradi; 

yangi ta’lim texnologiyalarni ishlab chiqishga yoʻl ochadi. 
Atoqli pedagog olim A. G. Selevko “texnologiya” va “uslubiyot” atamalarini 
talqin qilishda quyidagilarni ta’kiqlaydi: “texnologiya” va “uslubiyot” 
tushunchalari pedagogikada uch asosiy sifat shaklida ishtirok etadi: nazariya, 
me’yoriy (algoritmik) faoliyat, pedagogik amaliyot. 
Fanlarni (shu jumladan, dasturlash asoslari fani) oʻqitish uslubiyoti 
texnologiya kabi pedagogika fanining bir qismi boʻlib, ta’lim va tarbiya jarayoniga 
xos qonuniyatlarni oʻrganadi. Oʻqitish uslubiyoti quyidagi ikki omil boʻyicha 
ishlab chiqilgan qonuniyatlar asosida rivojlanadi:
1)
ta’lim jarayonining vosita, usul va tashkil qilish shakllari; 
2)
oʻqituvchilar va oʻquvchilar faoliyatiga qoʻyiladigan meʻyoriy talablar. 
Bunda faqat oʻquv fani mazmunini bilimlar shaklida oʻqitivchi tomonidan 
uzatish hamda talabalar tomonidan oʻzlashtirish jarayoni e’tiborga olinadi va 
“oʻqitish-fan mazmuni-oʻqish” munosabatlari bilan tavsiflanadi.
Uslubiyotni sodda qilib, “oʻqitish-oʻqish” sxemasi ostida talaba-oʻquvchilar 
shaxsini shakllantirishning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadi.
Uslubiyotning nomi tegishli fan, texnologiyaning nomi esa oʻquv tarbiya 
jarayonida foydalanish munkin boʻlgan ilmiy asoslar (yetakchi paradigma, tamoyil, 
yondoshuv, asosiy usul va shakllar, qonuniyatlar) bilan belgilanadi. Umumiy 
koʻrinishda uslubiyotning eng ustuvor muammosini – “qanday”, texnologiyaniki 
esa – “buni qanday samarali bajarish mumkin” [III.55, 40-b] tarzida talqin qilish 
mumkin.
Raqamli texnologiyalarning hayotga kirib kelishi boshqa jabhalar kabi ta’lim 
tizimiga ham oʻz ta’sirini koʻrsatdi. Tizimida qoʻllash mumkin boʻlgan yangi 


151 
ta’lim texnologiyalari ishlab chiqildi va joriy qilindi. Serosift akademiyasi 
(yetakchi dasturiy ta’lim ta’minoti kompaniyasi – AQSH) bashoratiga koʻra, 2022 
yilda jahonda bir qator ta’lim texnologiyalari zamonaviy ta’lim qiyofasiga 
oʻzgarishlar kiritadi [IV.15]. Bu texnologiyalar quyidagilardan iborat: 
1.
boyitilgan (yoki kengaytirilgan) olam va virtual reallik (simulyatsiya);
2.
moslashuvchan ta’lim; 
3.
sun’iy intellektga asoslangan ta’lim texnologiyalari; 
4.
ta’limda 5G texnologiyalaridan foydalanish; 
5.
avtomatlashtirilgan ta’lim; 
6.
kompetensiyaga asoslangan ta’lim; 
7.
tahlilni oʻrganish. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin