Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

V. Avtomatlashtirilgan ta’lim. 
Avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi – bu 
didaktik va oʻquv materiallari hamda ta’limiy ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini 
oʻz ichiga oluvchi avtomatlashtirilgan majmuadir. Mazkur tizim oʻqish, kadrlar 
tayyorlash, bilimlarni nazorat qilish va sertifikatlashtirish jarayonlarini tashkil etish 
uchun moʻljallangan.
Ta’limni avtomatlashtirish deganda oʻqitish jarayoniga oid bir qator 
vazifalarni texnik vositalar yordamida amalga oshirish nazarda tutiladi. 
Avtomatlashtirish natijasida oʻqituvchining ish vaqti qisqaradi. Bu oʻrinda,
“avtomatlashgan” va “avtomatlashtirilgan” ta’lim tushunchalarini farqlash zarur. 
Avtomatlashtirilgan ta’lim texnik vositalar yordamida tashkil qilinadi va chetdan 
aralashuvlarsiz amalga oshiriladi. Avtomatlashgan ta’limda esa oʻqitish jarayoni 
texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi va zarur hollarda oʻqituvchilar 
aralashuviga yoʻl qoyiladi.
Avtomatlashtirilgan ta’lim muammolari ustida ilmiy tadqiqot ishlari Frank 
Hutter [III.92], D.R. Mardanov [III.38], E.Y. Levina [III.36] va boshqa olimlar 
tomonidan olib borilmoqda. Odatda avtomatlashtirilgan ta’lim jarayonida talabalar 
belgilangan (yoki oʻzlariga qulay) muddatlarda ta’limiy resurslarni (masalan, 
ma’ruzalarni) toʻgʻridan-toʻgʻri olish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Bu resurslar 
elektron, raqamli, audio, video va boshqa shakllarda ifodalanib, mashgʻulotlar 
masofaviy, on-line yoki off-line tarzida tashkil qilinishi mumkin.
GeekBreins.kg, codecacademy.com, udemy.com, beonmax.com va boshqa 
bir qator internet saytlarida Python tilini on-line kurslar rejimida oʻqitish yoʻlga 
qoʻyilgan.


157 
VI. Kompetensiyaga asoslangan ta’lim. 
Kompetensiya deganda fan 
boʻyicha egallagan nazariy bilim, koʻnikma va malakalarni amaliy faoliyatda duch 
keladigan turli shakl va mazmundagi masalalarni yechish jarayonida qoʻllay olish 
qobiliyati nazarda tutiladi.
Kompetensiyaga asoslangan ta’lim oʻquvchilarga biror koʻnikmani oʻz 
qobiliyat va imkoniyatlariga asoslangan holda oʻzlashtirish uchun vositalar taqdim 
etadi. Bu talabalarga yangi bilimlarni oʻzlariga xos tezliklarda oʻrganish imkonini 
taqdim etadi.
Har qanday faoliyat (kasb) turi ushbu faoliyat turi doirasidagi funksiya va 
vazifalarni bajarish jarayoniga xos boʻlgan turli kompetentsiyalar egallashni talab 
qiladi. Faoliyatga doir shunday kompetensiya birliklarini ajratib koʻrsatish 
mumkinki, ular mutaxassis uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat 
dasturchilarga ham xos hisoblanadi. Informatika va axborot texnologiyalari fani 
yordamida egallash mumkin boʻlgan bir qator kompetensiyalar dissertatsiyaning 
1.2-§ paragrafida, predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻrganish orqali 
egallash mumkin boʻlgan umummadaniy va kasbiy kompetensiyalar 2.1.1-jadvalda
bayon qilingan. Koʻpincha kompetensiya birliklarini bir-birining oʻrnida 
ishlatilishi va turli xil ish sharoitlarida qoʻllash mumkin boʻladi.
Odatda, 
kompetentsiya 
birliklarini 
malaka 
darajalari 
shaklida 
rasmiylashtiriladi va alohida modullar tarzida oʻzlashtiriladi. Talabalar 
koʻrsatilgan malaka darajalari boʻyicha oldinga qarab harakat qiladilar. 
Kompetensiya birliklarini oʻzlashtirish oʻquvchilarga eng koʻp duch kelishi 
mumkin boʻlgan muammolar yuzasidan yordam berishga imkon beradi va shu 
bilan birga keyingi bosqichga oʻtish uchun zarur bilimlarni egallashni taʻminlaydi. 
Kompetensiya birliklari talabalarga bilim olishga imkon beradigan aniq, 
oʻlchanuvchan, koʻchiriluvchan oʻquv maqsadlaridan iborat boʻladi. Talabalar 
oʻzlashtirish jarayonida tanlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu jarayonda 
oʻqituvchi talabalar bilan ular nimalarni bilishlari kerakligi, bilishlari va bilishni 
hohlashlarini aniqlash uchun hamkorlik qiladi. Talabalar individual ta’lim 
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, oʻz vaqtida va tabaqalashtirilgan bilim oladilar. 


158 
Qoʻshimcha ta’lim yordamini olish va notoʻgʻri tushunchalarni tezda bartaraf 
etishni ta’minlash uchun talabalarga oʻzgaruvchan vaqt belgilanadi. Bunda kursni 
tugatmagan talabalar asosiy e’tiborlarini koʻproq kursni toʻla qayta oʻqishdan 
koʻra, oʻzlarida rivojlantirishi kerak boʻlgan aniq koʻnikmalarga qaratishadi.
Internet sahifalarida kompetensiyaga asoslangan ta’lim muammolariga 
bagʻishlangan on-line “Competency-based Education” jurnali ta’sis etilgan [III.82].
Bu yurnal yordamida talabalar samaraliroq yaxshi natijalarga erishishlariga hamda 
oʻquvchining ma’lum bir sohadagi malakasini toʻliq ob’ektiv koʻrsatkichlari 
asosida oʻlchashga yordam beradi. Kompetensiyaga asoslangan ta’lim uslubiyot 
bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot ishlari E. Levine [III.97], R. Ford [III.87], T. N. 
Bordyugova [III.10], B.A. Sadullayeva [III.53] va boshqa koʻplab atoqli pedagog 
olimlari tomonidan oʻrganilgan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin