Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Metodologiya.
Bulutli texnologiyalar talabalar uchun an’anaviy 
ta’limiy jarayonga xos boʻlgan quyidagi avtomatlashtirilgan servis xizmatlarini 
taqdim eta oladi: 

ovoz, tasvir, matn va boshqa shakllardagi oʻquv materiallarini taqdim 
etish; 

interfaol usulda bilimlarni mustahkamlash va amalda qoʻllash; 

talabalarning bilimlarini nazorat qilish va tegishli tuzatmalar kiritish; 

fanga oid axborotlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish; 

katta hajmli ma’lumotlar bilan ishlash koʻnikma va malakalarini 
rivojlantirish. 
Oliy oʻquv yurtlarida ta’lim jarayonini toʻliq qamrab olish yoki 
alohida fanni oʻqitishni zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar, xususan, bulutli 
texnologiyalar yordamida tashkil qilish uchun ushbu muassasada (zarur hollarda, 
turdosh oʻquv yurtlarida ham) tegishli ta’limiy axborot muhitini shakllashtirish 
talab qilinadi. Ta’limiy axborot muhiti A. A. Kuznetsov va I. V. Robertlar 
tomonidan “Oʻquv faoliyatini amalga oshirish, talabalar oʻrtasida oʻzaro axborot 
almashish hamda interfaol vositalardan birgalikda foydalanishga qaratilgan 
yondoshuvlarni ta’minlovchi shart-sharoitlar majmuasi” sifatida tavsiflanadi 
[III.48].
U yoki bu fan yuzasidan yaratilgan ta’limiy axborot muhiti talabalarga 
quyidagi imkoniyatlarni ta’minlaydi:

nazariy, amaliy, oʻquv-uslubiy ta’lim resurslari (matn, video va audio 
shaklidagi ma’ruza matnlari, toʻplam, topshiriq, yoʻriqnoma, eslatma, namuna va 
b.) bilan ishlash; 

katta ilovalar tarkibiga kiruvchi ta’limiy interfaol ilova va taqdimotlar

ta’lim olishda individual bilim olish yoʻl xaritasi va tezligini mustaqil 
belgilash;

oʻqituvchi bilan oʻzaro onlayn yoki offlayn muloqot; 


167 

talabalar oʻrtasida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish. 
Ta’limiy axborot muhiti Oliy oʻquv yurtlarida ta’lim jarayoni bilan bog‘liq 
barcha pedagogik masalalarni AKT bilan uyg‘unlashtirishni talab qiladi. Bu 
muammoni hal qilish uchun tegishli tarmoq infratuzilmasi hamda bulutli 
texnologiyalarni yoʻlga qoʻyishning oʻzi yetarli emas. Buning uchun, ta’lim 
muassasida zarur pedagogik shart-sharoitlarni ham yaratish talab qilinadi. Biz 
ushbu shart-sharoitlarni quyidagi guruhlarga ajratishni tavsiya qilamiz: shaxsiy, 
tashkiliy-uslubiy, dasturiy-texnik (3.5.1-jadvalga qarang). 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin