Bayonli loyihalar -
muammoni hal qilish jarayonini og‘zaki, yozma yoki
boshqa shakllarda bayon qilishga qaratilgan loyihalar.
Konstruktiv loyihalar -
muayyan, amalda foydalanish uchun yaroqli boʻlgan
mahsulotlarni (shu jumladan, dasturiy) ishlab chiqishga qaratilgan loyihalar.
183
Loyihalar ishlab chiqishda bayonli va konstruktiv usullarni umumlashtirgan
holda ham foydalanish mumkin.
Dastur ishlab chiqish nuqtai-nazaridan, loyiha qurish uchun taqdim
etiladigan masalalar quyidagi talablarga mos kelishi shart:
1. ijodiy yoki tadqiqot ahamiyatiga ega boʻlib, turli sohalardagi bilimlar
integratsiyasini talab qiladigan koʻp qadamli muammoning mavjud boʻlishi;
2. olinadigan natijalarning (qabul qilinadigan qarorlarning) nazariy yoki
amaliy ahamiyatga ega boʻlishi;
3. loyihani bosqichma-bosqich natijalarga erishiladigan tuzilma shaklida
ifodalashning mumkin boʻlishi;
4. muammoni hal qilishda tadqiqot usullaridan foydalanish (muammoni
aniqlash, ostmasalalarga ajratish, hal qilish farazlarini ilgari surish);
5. muammoni hal qilish va natijalarni rasmiylashtirish.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ihtiyoriy masala uchun predmetga
asoslangan dastur ishlab chiqish jarayoniga ham aynan shunday talablar qoʻyiladi.
Demak, aytish mumkinki, masalalar uchun loyiha usulini qoʻllash aynan
predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillariga mos keladi. Shu sababli, dasturlash
tillarini oʻqitishda loyihalash usulidan foydalanish yaxshi samara beradi, deb
hisoblash mumkin.
Predmetga
yoʻnaltirilgan
dasturlash
tillarini
oʻqitishda loyihaviy
texnologiyadan talabalar tilning asosiy buyruqlar tizimini oʻzlashtirganidan soʻng,
bir qator modullar [II.27] yoki murakkab tuzilmalar ishtirok etadigan koʻp qadamli
oʻquv materiallari uchun qoʻllash yaxshi samara beradi.
Boʻlajak dasturchi injenerlardan oʻquv topshiriqlari sifatida oʻtilgan
mavzularga bogʻliq ravishda quyidagi tur masalalari uchun dasturiy vositalarni
loyihaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqish tavsiya etiladi:
aqlli texnologiyalar yaratish;
server-mijoz tipidagi ilovalar;
turli mavzularga doir veb-ilovalar;
kichik, oʻrta va katta yoshdagi bolalar uchun kompyuter oʻyinlari;
184
matnli, jadvalli va boshqa mazmundagi fayllar bilan ishlash;
ma’lumotlar omborini qayta ishlash masalalari;
amaliyotda qoʻllash uchun yaroqli boʻlgan dasturiy vositalar (masalan,
koʻp funksiyali kalkulyator).
lugʻat, roʻyxat va sinflar bilan ishlash;
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalar;
sun’iy intellekt yaratish;
istisnoli vaziyatlarni qayta ishlash va b.
Shuningdek, loyihaviy texnologiyalardan talabalarning kelajakdagi
kasbiy faoliyati bilan bog‘liq masalalar doirasida ham foydalanish mumkin.
Bunday masalalar uchun oʻqituvchi talabalardan birdaniga mukammal dastur
ishlab chiqishni talab qilmasligi lozim. Chunki, mukammal dasturiy vosita ishlab
chiqish uzoq davom etadigan jarayon boʻlgani uchun, talabalarda predmetga
yoʻnaltirligan dasturlash tillarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishni soʻndirib qoʻyishi
mumkin. Bu muammoni loyihaviy texnologiyalar asosida hal qilish uchun ikki xil
yondoshuv tavsiya qilinadi:
1) masala shartiga qoʻyiladigan talablar sonini kamaytirgan holda,
talabalarga individual topshiriqlar taklif qilish. Bunda ishlab chiqiladigan dasturiy
vositaning amaliyotdagi yaroqlilik darajasi yuqori boʻlmaydi, ammo talabalarda
ta’limiy masalalar uchun loyiha va dastur ishlab chiqish yuzasidan tasavvurlarni
shakllantirib, dastlabki koʻnikma va malakalarni hosil qilishga erishiladi;
2) guruhni har birida bir nechta talaba jamoalarga ajratish va ularga masala
shartiga qoʻyiladigan talablar koʻpaytirgan holda topshiriqlarni jamoaviy hal
qilishni taklif qilish. Bunda, jamoalar tomonidan amalda foydali boʻlgan dasturiy
vositalar ishlab chiqilishiga erishish mumkin. Bu usulni amalda qoʻllash
a) talabalar uchun dastur ishlab chiqish jarayonini qiziqarli boʻlishiga yordan
beradi;
b) talabalardagi mas’uliyat hissini yanada oshirishga xizmat qiladi;
c) qaralayotgan ta’limiy muammo yuzasidan tasavvurlarini toʻldiradi;
185
d) chuqur koʻnikma va malakalar hosil qilishda koʻmak beradi.
Har qanday loyiha ustida ishlash asosiy maqsadni aniqlashdan boshlanadi.
Soʻngra, bu maqsadga erishish jarayoni bosqichlarga ajratiladi. Bunda har bir
bosqich asosiy masalaning alohida hal qilinishi koʻzda tutilgan ostmasalalaridan
iborat boʻladi. Loyiha bosh masala yechimini kafolatlashga qaratilgan
bosqichlarning tizimli va mantiqiy ketma-ketligi asosida quriladi. Loyiha usuli
aynan ana shu jihati bilan predmetga yoʻnaltirilgan dasturlashga mos keladi.
Loyihalar ishlab chiqish bosqichlarini quyidagi algoritm yordamida
ifodalash mumkin:
1) bosh masala mazmunini chuqur tahlil qilish (maqsadni belgilash);
2) bosh masalani ostmasalalarga (tarkibiy qismlarga) ajratish;
3) 2-bosqichni toki ostmasalalarni predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash
usullaridan biri yoki asosiy buyruqlari yordamida hal qilish mumkin boʻlgan
ostmasalalargacha davom ettirish;
4) bosh masalani hosil qilingan ostmasalalarni belgilangan maqsad yoʻlida
mantiqan birlashtirish (loyihasini ishlab chiqish);
5) loyiha natijalarni rasmiylashtirish va tahlil qilish;
6) xulosa qilish.
Loyihali algoritm qurilganidan soʻng, uni amalga oshirish uchun predmetga
yoʻnaltirilgan dasturlash vositalari qoʻllanadi.
Talabalarni loyihaviy texnologiya asosida ishlashga oʻrgatish uchun, ularni
yuqoridagi algoritm asosida harakat qilish koʻnikma va malakalarni shakllantirish
lozim. Buning uchun, oʻqituvchi talabalarga tegishli modul yoki mavzu boʻyicha
nazariy ma’lumotlarni taqdim etganidan soʻng, loyihaviy texnologiyani qoʻllashga
oʻtishi tavsiya qilinadi. Talabalarga taklif etiladigan loyihalar qisqa (bitta juftlik
uchun) yoki uzoq muddatli (oʻquv materialining ma’lum bir moduli, kurs ishlari,
bitiruv malakavity ishlari, magistrlik dissertatsiyalari va boshqalar uchun) boʻlishi
mumkin. Tabiiyki, bunday loyihalar talabalar tomonidan mustaqil bajariladi va
toʻlaligicha amaliy ahamiyatga ega boʻladi. Zarur hollarda oʻqituvchi vazifalarni
bajarish namunalarini taqdim etadi, yoʻnaltiruvchi maslahatlari bilan loyiha ishlab
186
chiqish jarayonida ishtirok etadi. Talabalarga sodda loyiha qurish uchun namuna
tariqasida quyidagi masalani taklif qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |