168
ta’lim muassasi (bulutli server) va talabalar (mijoz)
oʻrtasida uzluksiz ma’lumot almashuvini ta’minlovchi
turg’un muloqot kanalini yoʻlga qoʻyish.
Oliy ta’lim muassasalarida 3.5.1-jadvalda bayon qilingan pedagogik shart-
sharoitlar asosida yaratilgan bulutli ta’lim muhiti oʻquv
jarayonini tashkil qilish
bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirgan holda, ta’lim samarasini oshirish uchun
mustahkam zamin tayyorlaydi. Oʻquv xonalaridagi lokal kompyuterlardan
an’anaviy usullardan tashqari, bulutga asoslangan virtual kompyuterlar sifatida
ham foydalanish mumkin boʻladi. Bu holat ta’lim jarayonini tashkil qilishda
texnik vositalardan foydalanish bilan bog‘liq quyidagi
imkoniyatlarni taqdim
etadi:
- turli texnik imkoniyatlarga ega boʻlgan kompyuterlarga oʻrnatilishi koʻzda
tutilgan dasturiy ta’minot uchun tegishli konfiguratsiyani tanlashga ehtiyoj
yoʻqoladi;
- oʻrnatiladigan dasturlar va operatsion tizim oʻrtasidagi nomutanosibliklar
hamda avval oʻrnatilgan dasturiy ta’minot bilan ziddiyatlar bartaraf etiladi;
- katta hajmli resurslardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan
kompyuterlarning kamquvvatligi bilan boʻgliq muammolar hal qilinadi;
- oʻquv auditoriyalari turli kurs, fan va shakl boʻyicha mashg‘ulotlar
oʻtkazishga moslashuvchan boʻladi;
- har bir talaba uchun ta’lim jarayonini individuallashtirishga yoʻl ochiladi;
- talabalar uchun obyektiv va subyektiv sabablar, jismoniy va iqtisodiy
imkoniyatlar, vaqt va makonga bog‘liq boʻlmagan umumiy ish oʻrinlari yaratiladi;
- ta’lim olishning joriy holatini saqlab qoʻyish
va navbatdagi bosqichlarda
oʻqishni shu holatdan boshlab davom ettirish mumkin boʻladi.
Oliy ta’lim muassasalarining koʻplab bakalavriat va magistratura
yoʻnalishlarida DTS va malaka talablariga boʻgliq ravishda bir qator dasturlash
tillarini oʻqitish nazarda tutilgan. Ta’lim jarayoniga bu dasturlash tillari boʻyicha
koʻplab bosma va elektron shakldagi oʻquv adabiyotlari joriy qilingan boʻlib, ular
tarixan qisqa davrdan soʻng (odatda bu davr koʻpi bilan 15-20 yilni tashkil qiladi)
169
oʻz ahamiyatini yoʻqotadi. Shuning uchun, boshqa fanlarga qaraganda dasturlash
tillarini oʻqitishda bulutli texnologiyalaridan foydalanish bosma adabiyotlarni
nashr qilish bilan bogʻliq insoniy (mehnat, vaqt, mablag‘), iqtisodiy (tayyorlash,
chop qilish, saqlash, tarqatish), tabiiy (daraxtlarni kesish) va boshqa xarajatlarni
kamaytirishga olib keladi.
Odatda, talabalar oʻrganilayotgan dasturlash tillari boʻyicha zarur koʻnikma
va malakalarni egallash maqsadida maxsus dasturlash muhiti bilan ishlashlari talab
qilinadi. Zamonaviy dasturlash tillari uchun bunday muhit IDE (Integrated
Development Environment – ishlab chiqishning integrallashgan maxsus vositalari)
yordamida yaratiladi. Demak, bulutli ta’lim muhitida predmetga yoʻnaltirilgan
dasturlash tillarini oʻqitish imkoniyatiga ega boʻlish uchun, ularning IDE lari ham
virtual mashinalarga oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
Bunday bulutli ta’lim muhiti talabalarga nafaqat ta’lim
resurslaridan
ma’lumot olish, balki virtual mashinalar yordamida dasturlash boʻyicha amaliy va
laboratoriya ishlari yoki boshqa shakldagi oʻquv topshiriqlarini toʻg‘ridan-toʻg‘ri
bajarish imkoniyatini ham taqdim etadi. Ta’lim muassasi ehtiyojga koʻra bulutli
texniologiyalar uchun shaxsiy dasturiy ta’minotlarini ham yaratishi mumkin.
Oʻqituvchilar uchun ma’lumotlarni yangilash hamda qaysi oʻquvchi qanday
dasturlar bilan ishlayotganini nazorat qilish imkoniyati taqdim etiladi.
Agar virtual mashinaga dasturlash tili IDE lari oʻrnatilmagan boʻlsa, internet
orqali turli zamonaviy dasturlash tillari (jumladan, Python) bilan on-line ishlash
imkonini bera oladigan ideone.com, online-ide.com, codechef.com, replit.com,
jdoody.com,
ide.geeksforgeeks.org, codingrooms.org,
programiz.com (3.5.1-rasm)
va boshqa koʻplab saytlardan foydalanish mumkin. Bu saytlarning hammasi
roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarga dasturlash tillaridan birini tanlash va shu
tilda yozilgan dasturlarni kompyuterda on-line bajarish imkonini taqdim etadi.
Yuqorida keltirilgan on-line IDE saytlari foydalanuvchilar uchun quyidagi
cheklovlarni oʻrnatgan:
a)
dasturning bajarilish vaqti
- 15 sekundgacha;
b) ruhsat berilgan operativ xotira hajmi
- 256 MB gacha;
170
c) dasturning hajmi
- 64 KB gacha.
Bu oʻrinda shuni ta’kidlash joizki, oʻrnatilgan bu cheklovlar talabalarga
oʻquv topshiriqlarini bajarish uchun yetarli hisoblanadi.
3.5.1-rasm.
Programiz.com saytining bosh sahifasi.
Tabiiyki, yuqorida koʻrsatilgan shartlar ostida majmua xarakteriga ega
boʻlgan bulutli ta’lim muhitini yaratish uzoq vaqt, mehnat va katta mablag’ talab
qiladi. Buning oldini olish uchun har bir oʻqituvchi oʻz fani (jumladan, predmetga
yoʻnaltirilgan dasturlash tillari) boʻyicha mashg‘ulotlarni bulutli texnologiyalar
asosida tashkil qilishi mumkin. Buning uchun ta’limiy maqsadlarga moʻljallangan
bir qator bulutli tayyor ishlanmalardan (Google
Classroom, Cursera, Blackboard,
Microsoft Education Center, Moodle va h.k.) foydalanish tavsiya etiladi. Quyida
ta’lim muassasalariga bepul xizmat koʻrsatuvchi Google Classroom serveridan
foydalanish uslubiyoti bayon qilinadi.
Ushu dastur oliy oʻquv yurtlari va oʻrta umumta’lim maktablarida bir qator
fanlar boʻyicha tijoratlashtirilmagan ta’lim kurslari, vebinar va test sinovlarini
bepul tashkil qilishga moʻljallangan boʻlib, ma’ruza,
taqdimot, test sinovlari,
soʻrovnoma, trening, videokonferensiya, mashg‘ulotlarni rejalashtirish uchun dars
jadvallari va boshqa shakllardagi ta’limiy servis xizmatlarini koʻrsata oladi.
Kurslar uchun 15 GB bulutli disk-xotira taqdim etiladi.
Google Classroom
171
Google da akkaunti mavjud oʻqituvchilar uchun
30 tagacha bepul ta’lim kurslarini
yaratishga va ular bilan ishlash uchun 200 tagacha talabalarga ruxsat beradi. Bu
me’yordan chiqish uchun yiliga 3 dollardan boshlanadigan pullik
Dostları ilə paylaş: