Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Psixomotor mezonlari va ularning sifat koʻrsatkichlari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Psixomotor mezonlari va ularning sifat koʻrsatkichlari
2.2.4-jadval.
№ 
mezon 
sifat koʻrsatkichlari (tegishli qarorlar qabul qilish 
tezligi ma’nosida)

mustaqil fikrlash 
- muammolarni kompyuter yordamida hal qilishga 
intilish; 
- masalalarni aniq, tez va sifatli hal qilish yoʻllarini 
izlash.

oʻquv materiallarini 
puxta va mustahkam 
oʻzlashtirish tezligi 
va kuchi 
- raqamlashgan jamiyatda kompyuter, dastur va dastur 
ishlab chiqishning ahamiyatini anglash; 
- kasbiy faoliyatiga doir tipik masalalarni bilish; 
- oʻquv materiallarini chuqur oʻzlashtirish; 
- bilimlarni amalda qoʻllash; 
- bilimlarni yangi sharoit va muammolarga tatbiq 
etish.

nostandart masala-
larni hal qilishda 
topqirlik tezligi 
- nostandart masalalarni standart (tipik) masalalar 
orqali ifodalash haqida qarorlar qabul qilish; 
- yangi masalalarni hal qilish uchun yoʻl topish.

oʻrganilayotgan 
masala mohiyatiga 
chuqur kirib borish 
- muammolarning predmet sohalarini aniqlash; 
- hodisa, jarayon yoki buymlarning eng muhim 
jihatlarini anglash; 
- masala doirasida obyektlarning farqlanuvchi va 
umumiy xususiyatlarini ajrata olish; 
- jarayon va ma’lumotlarni ifodalashning eng maqbul 
shakllarini aniqlash.

tanqidiy fikr 
- asossiz bilimlarga moyillikning yoʻqligi; 
- muammolarni hal qilishning yangi usullarini izlash; 
- dasturlarni optimallashtirishga undash. 
Keltirilgan baholash mezonlari talabalarga taqdim etiladigan oʻquv 
materiallari yuzasidan olgan bilimlarini testlar, individual topshiriqlar, algoritm
dastur va loyihalar ishlab chiqish, mustaqil topshiriqlar kabi usullar yordamida 


99 
baholash uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Bu sohada olingan ma’lumotlar 
informatika fani oʻqituvchilari uchun talabalarning aqliy rivojlanish dinamikasini 
kuzatish, nazorat qilish va rivojlantirish uchun keyingi hatti-harakatlarini 
rejalashtirishda muhim manba vazifasini oʻtaydi.
OTM da PYDT ni oʻqitishda ta’limning bilishga moʻljallangan kognitiv 
maqsadlariga qaralayotgan mavzularning hajmiga koʻra bir yoki bir nechta 
mashgʻulotlarda erishish mumkin. Ta’lim jarayoni samaradorligini muayyan 
mavzu boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar uchun belgilangan oʻquv soatlari 
tugaganidan soʻng, aniqlab olinadi. Bu masala modul tizimiga asoslangan joriy
oraliq va yakuniy nazoratlar yordamida hal qilinadi. Oliy oʻquv yurtlarida 
dasturlash bilan bogʻliq fanlarni oʻqitishning kreativlik, affektiv va psixomotor 
maqsadlari boʻyicha samaradorligini aniqlash jarayoni uzoq muddatni talab qiladi, 
chunki bu masalalar quyidagi holatlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri boʻliq boʻladi: 
- jamiyatda (shu jumladan, auditoriyada) dasturlashga boʻlgan qarashlar; 
- dasturlash uchun mavjud ehtiyoj, vaziyat va sharoitlar
- talabalar auditoriyasining dasturlash boʻyicha bilim olishga boʻlgan ragʻbat 
va moyillikning mavjudligi, yetarli darajada tayyorligi; 
- oʻqitivchilarning tajriba, mahorati va bilim darajasi;
- talabalarning individual xususiyatlari.
Shu sababli pedagogik diagnostika sohasidagi izlanishlarimizni faqat 
kognitiv maqsadlar uchun olib bordik. Bu maqsadlarga erishish uchun bir qator 
masalalarni hal qilishga toʻgʻri keldi.

talabalarni PYDT ni oʻrganishga tayyorlash hamda dasturchilik kasbiga 
boʻlgan qiziqishlarini rivojlantirish;

oʻqitish uchun predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash misolida Python tilini 
ishonchli manba va asoslar yordamida tanlab olish va mazmunini belgilash; 

tanlab olingan dasturlash tili uchun mavjud adabiyotlarni tahlil qilish, 
zarur didaktik vositalar majmuasini yaratish; 

zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida mavzularga xos uslubiyotni 
ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.


100 
Yuqorida sanab oʻtilgan masalalarning barchasi birgalikda “Predmetga 
yo‘naltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish uslubiyoti” deb ataladigan bitta yaxlit 
mexanizmning asosiy va yurituvchi qismini tashkil qiladi. Ushbu masalalardan 
birortasining toʻgʻri hal qilinmasligi mexanizm toʻliq ishlamasligiga olib keladi. 
Bu esa predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish sohasida belgilangan 
ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga erishish yoʻlida kutilgan natijalarni ta’minlash 
borasida jiddiy muammolarning yuzaga kelishiga sabab boʻladi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin