109
Erkinligida koʻra.
Erkinlik
deganda dasturlash
tillarining ochiqligi, ishlab
chiqish muhiti va vositalarining mualliflar yoki konkret platformalarga bogʻliq
emasligi nazarda tutiladi. Bu sohadagi tobelik dasturchi va foydalanuvchilar
erkinliklarini cheklab, “hafsalasini pir qiladi”.
Kasbiy faoliyati dasturchilik bilan bogʻliq ta’lim yoʻnalishlarida bir nechta
dasturlash tillari oʻqitish rejalashtirilgan boʻlsa, dastlabki ta’lim
bosqichlarida
2.3.2-rasm. PyPl. 2022 yil fevral.
2.2.3-rasm. HeadHunter, 2022 yil fevral, Oʻzbekiston.
110
oʻrganish uchun sodda va yuqori mavqega ega boʻlgan tilni tanlagan ma’qul. Bu til
dasturlash boʻyicha bilimlarni tenglashtirib olish hamda algoritmlar qurish
dastlabki malaka va koʻnikmalarni egallashga yordam beradi. Ta’limning keyingi
bosqichlarida esa predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish tavsiya
etiladi. Boshqa ta’lim yoʻnalishlarida oʻqitish uchun dasturlash
tillaridan birini
mutaxassislikka xos xususiyatlardan kelib chiqqan holda tanlash maqsadga
muvofiq sanaladi. Bu tilni dastlabki bosqichlarda oʻqitishi tashkil qilish navbatdagi
ta’lom bosqichlarida rejalashtirilgan fanlarni oʻqitishda muhim poydevor boʻlib
xizmat qiladi.
SQL va PL/SQL dasturlash tillari ma’lumot bazalari bilan ishlashga
moʻljallangan boʻlib, bugungi kunda borgan sari rivojlanib borayotgan sun’iy
intellekt tizimlari uchun BIG DATA lar yaratishda keng qoʻllanadi, ammo, ularni
murakkab boʻlgani uchun dastlabki til sifatida oʻqitish uchun tavsiya qilinmaydi.
PHP va JavaScript dasturlash tillari asosan veb-sahifalar ishlab chiqish
uchun moʻljallangan boʻlib,
soddalik, qulaylik, universallik, amaliy xususiyatlari
kabi mezonlariga koʻra, boshqa tillardan afzal hisoblanmaydi.
Dasturchilar oʻrtasida ancha mashxur hisoblangan С, С++ va C# dasturlash
tillari nisbatan murakkab
sintaksisga ega va shu sababli, oʻqitish uchun dastlabki
dasturlash tili sifatida tanlash kutilgan ta’limiy natijalarni kafolatlay olmaydi.
1.3-§ da keltirilgan ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, Python dasturlash tili
yuqoridagi barcha mezonlarga mos keladi. Buni mazkur dasturlash tilining
quyidagi xususiyatlari ham tasdiqlay oladi:
oʻzlashtirish uchun sodda, ya’ni bu tilda
dasturlashni boshlash uchun
maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi;
universallik borasida umumiy xarakterdagi masalalar uchun dastur ishlab
chiqishdan tashqari, predmetga, obyektga, komponentaga yoʻnaltirilgan,
funksional, modulli va boshqa paradigmalarni qoʻllab-quvvatlatydi;
40 tadan ortiq sohadagi tipik masalalar uchun ishlab chiqilgan 400 ga
yaqin modullar amaliy xarakterdagi keng koʻlamli masalalarni tez va osonlik bilan
dasturlashga imkon beradi. Buning uchun dasturlash sohasida boshlangʻich
111
koʻnikma va malaka hamda tegishli soha boʻyicha zarur ma’lumotlarga ega boʻlish
yetarli;
kasbiy yoʻnalishlar boʻyicha
oʻqitish
nafaqat dasturlash, balki
matematika, matematik statistika, iqtisodiyot,
veb-dizayn, kompyuter grafikasi,
ovozlarni qayta ishlash, jurnalsitika kabi boshqa koʻplab yoʻnalishlarda yaxshi
samara
berishi mumkin;
2022 yil fevral oyidagi mavqei TIOBE, PyPl, HeadHunter
tashkilotlarining xulosalaridan (2.2.1-2.2.3-rasmlar) koʻrinib turibdi;
mualliflar tomonidan ochiq tarqatiladi, bepul va erkin oʻrnatishga ruhsat
berilgan hamda yangi modullar hisobiga kengaytirish imkoniyati koʻzda tutilgan,
hafvsizlik kodi, kalit, faollashtirish va boshqa muhofaza vositalariga ega emas.
Oʻrta umumta’lim maktablarining IX sinflarida oʻquvchilar
Python tilida
dasturlash boʻyicha dastlabki koʻnikma va malakalarni egallaganliklarini e’tiborga
olinsa, uni bemalol Oliy oʻquv yurtlarida oʻqitish uchun tanlab olish mumkin. Bu
holat oʻrta umumta’lim maktablari, oʻrta maxsus bilim yurtlari hamda Oʻliy oʻquv
yurtlarida informatika va axborot texnologiyalari fanini oʻqitish sohasida taʻlim
uzluksizligi va uzviylikni ta’minlashga imkon beradi.
Bugungi kunda, Python dasturlash tili dasturlash jarayoniga turli yondoshuv
usullarini qoʻllashga imkon bergani uchun, koʻplab amaliy sohalarda keng
foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: