113
III BOB. OLIY OʻQUV YURTLARIDA PREDMETGA
YOʻNALTIRLIGAN DASTURLASH TILLARINI ZAMONAVIY
TEXNOLOGYALAR YORDAMIDA OʻQITISH USLUBIYOTI
3.1-§.
Predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillarini oʻqitish sohasida oʻquv-
me’yoriy hujjatlarga kiritiladigan takliflar haqida
Davlat ta’lim standartlari
(DTS) Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim
toʻg‘risida»gi Qonunning 7-moddasiga koʻra, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga
muvofiq Respublikada idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar,
ta’lim muassasalarining barcha turlari uchun alohida ishlab chiqliladi va bajarish
majburiy qilib belgilanadi.
DTS
da kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga nisbatan qoʻyiladigan
talablarni, ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasini hamda
ta’lim muassasalari bitiruvchilarining barcha oʻquv fanlari boʻyicha bilim darajalariga
qoʻyiladigan
malaka talablarini, oʻquv yuklamasining zarur hajmini, ta’lim
muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini
baholash tartibi va
mexanizmlarini belgilab beradi.
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va Oliy ta’lim muassasalarida barcha oʻquv
fanlari, jumladan, informatika va hisoblash texnikasi asoslari taʻlimi
oldiga
qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini taʻminlash va nazorat qilish Davlat ta'lim
standarti asosida amalga oshiriladi. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va Oliy ta’lim
muassasalarida barcha oʻquv fanlari, jumladan, “Informatika va hisoblash texnikasi
asoslari” fani oldiga qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini taʻminlash
va nazorat
qilish Davlat ta’lim standarti asosida amalga oshiriladi. U umumiy oʻrta ta’lim
maktabida beriladigan informatika va hisoblash texnikasi asoslari fani
mazmunining majburiy minimumi hamda oʻquvchilarning
informatika va
hisoblash texnikasi asoslari boʻyicha tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan minimal
talablar majmuasini ifodalaydi.
DTS ta’lim jarayonini va ta’lim muassasalari faoliyatini baholashni tartibga
114
soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos hisoblanadi.
Ushbu tadqiqot davomida DTS da belgilab qoʻyilgan ta’lim
va tarbiya
jarayoni bilan bogʻliq asosiy tushunchalar dasturlash asoslari hamda informatika
va axborot-kommunikatsion texnologiyalari fanlari nuqtai-nazaridan
quyidagicha
talqin qilinadi va shu talqin asosida mulohaza yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: