Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


III. Har ikki oliy oʻquv yurtida tajriba-sinov uchun tanlab olingan bakalavr  yoʻnalishlari ishchi oʻquv rejasini tahlil qilish;  IV



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

III.
Har ikki oliy oʻquv yurtida tajriba-sinov uchun tanlab olingan bakalavr 
yoʻnalishlari ishchi oʻquv rejasini tahlil qilish; 
IV.
Predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish mazmunini Python 
tili misolida belgilab olish; 
V.
Predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini zamonaviy ta’lim 
texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil qilish; 
VI.
Talabalarning oʻzlashtirish darajalarini baholash shakllarini belgilash; 
VII.
Tajriba-sinovni boshlashdan avval talabalarga dasturlash uchun 
murakkablik darajasi turlicha boʻlgan 5 ta masala taklif etiladi. Dasturlash tilini 
tanlash talabalarga havola qilinadi. Har bir masala doirasida dastur, sarflangan vaqt 
va dasturlash tili tanloviga oid statistik ma’lumotlar aniqlanadi.
VIII.
Olingan natijalarni statistik tahlil qilish orqali tadqiqot farazini 
tekshirish va predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish boʻyicha tavsiya 
va takliflar ishlab chiqish.
Ushbu tadqiqot ishini olib borish davomida tajrib-sinov ishlari yuzasidan 
belgilangan rejalar yuzasidan quyidagi vazifalar belgilab olindi.
I. Talabalar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazib, joriy vaqtdagi real holatni 
oʻrganish va tahlil qilish.
Bu jarayonda talabalar haqidagi quyidagi 
ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratiladi. Bu jarayonda talabalar haqidagi quyidagi 
ma’lumotlarni jamgʻarishga alohida e’tibor qaratiladi: 

bilim olishga ta’sir koʻrsatishi mimkun boʻlgan ayrim shaxsiy 
ma’lumotlar; 

dasturchilik kasbiga munosabati; 

Microsoft Office dasturiy ta’minoti bilan ishlash darajasi; 

kompyuter operatsion tizimi bilan ishlash darajasi; 

yoʻnalishlarning oʻquv va ishchi rejalaridan kelib chiqqan holda, C#, 
DEPLHI va Python tillarining oʻzlashtirilganlik darajasi;

shaxsiy kompyuter bilan ta’minlanganlik holati; 

Internetga kirish imkoniyatlarining mavjudligi; 


194 
Talabalar haqidagi bu ma’lumotlarni olish uchun dissertant tomonidan 
anketa-savolnoma ishlab chiqildi (V-ilovaga qarang).
II. 
Tajriba-sinovni boshlashdan avval talabalarga Python dasturlash tilini 
oʻrganish uchun tayyorgarlik darajalarini aniqlab olinadi. Buning uchun 
informatika, algoritmlash va dasturlash boʻyicha murakkablik darajalari turlicha 
boʻlgan 20 ta test savollari taklif etiladi. Har bir toʻgʻri javob uchun 5 ball 
belgilandi. Bu savolnomada kompyutеrning qurilmalari, avlodlari, tarixi boʻyicha 
tеst savollari bilan birga algoritmlar, C# va DEPLHI dasturlash tili boʻyicha 
savollar taklif etildi. Tеstlar majmuasidagi savollarning soni, ya’ni tеstning 
uzunligi 200 ga tеng boʻldi. Quyida ushbu jarayonda foydalanilgan ayrim test 
savollari namuna sifatida kеltirilmoqda.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin