Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


IV BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINING MAZMUNI, OʻTKAZISH



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

IV BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINING MAZMUNI, OʻTKAZISH 
SHAKLI VA OLINGAN NATIJALARNING TAHLILI 
 
4.1-§. Oliy oʻquv yurtlarida tajriba-sinov ishlarini olib borish usullari, 
vazifalari va mazmuni 
 
Tajriba-sinov ishlarida tadqiqotning “Talabalar predmetga yoʻnaltirilgan 
dasturlash tillarini dastur ishlab chiqish jarayonini qisqartirish va resurslarni 
tejashga imkon bergani uchun boshqa tillarga nisbatan oson oʻzlashtiradilar” 
farazini tekshirishga bagʻishlanadi.
Tajriba – sinov ishlarini Namangan davlat universitetining 5130200-Amaliy 
matematika va informatika bakalavr yoʻnalishi IV - kurs talabalari hamda Fargʻona 
davlat universitetlarining 5130200-Amaliy matematika
IV-
kurs bakalavrlari 
hamda 5A130200-Amaliy matematika va axborot texnologiyalari yoʻnalishi 
magistrlari orasida tashkil qilindi. Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilishda asosiy 
e’tiborni dissertatsiya mavzusidan kelib chiqqan holda, predmetga yo‘naltirilgan 
dasturlash tillarini zamonaviy ta’lim texnologiyalari yordamida oʻqitishga 
qaratildi.
Tajriba-sinov ishlarini olib borish rejasi quyidagi ketma-ketlikda ishlab 
chiqildi:
I.
Talabalar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazib, zamonaviy talabalarning yangi 
bilimlarni oʻzlashtirishga ta’sir koʻrsatishi mjumkin boʻgan bir qator omillar 
(ijtimoiy, moddiy, psixologik va boshqa) boʻyicha joriy vaqtdagi real holatni 
oʻrganish va tahlil qilish; 
II.
Tajriba-sinovni boshlashdan avval talabalarga Python dasturlash tilini 
oʻrganish uchun tayyorgarlik darajalarini aniqlab olinadi. Buning uchun 
informatika, algoritmlash va dasturlash boʻyicha murakkablik darajalari turlicha 
boʻlgan 20 ta test savollari taklif etiladi va uning natijasi yuzasidan statistik 
ma’lumotlar aniqlanadi.


193 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin