2. Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy fikrlar Kishilik
jamiyatining
dastlabki
davrlaridan boshlab xo’ja-lik
yuritish to’g’risida u yoki bu ko’rinishdagi iqtisodiy fikrlar amal qilib
kelgan. Lekin o’sha paytdagi iqtisodiy fikrlar to’g’risidagi ma’lumotlar
bizning davrimizga etib kelmagan. Chunki ularni avlodlardan-
avlodlarga, asrlardan-asrlarga olib o’tuvchi vosita – yozuv bo’lmagan.
Demak, iqtisodiy fikrlarning paydo bo’lishi va shakllanishi yozuv bilan
bevosita bog’liq. Yozuv qachon paydo bo’lgan? Yozuv bundan olti ming
yil avval, miloddan to’rt ming yil oldin o’sha davrning madaniyat
o’chog’i hisoblangan Mesopotamiyada ijod qilindi. Qadimgi grek
tarixchilari hozirgi Iroqdagi Dajla va Furot daryolarning oralig’idagi
joylarni
«Mesopotamiya» deb atagan. Bu grekcha so’z bo’lib, «ikki
daryo oralig’i» ma’nosini bildiradi. Dajla va Furot daryolari hozir-gi
Turkiya chegarasidan boshlanib, sharq tomon oqib Fors ko’rfaziga
quyiladi. Bu ikki daryo atrofidagi joylarning tuprog’i unumdor, suvi
ko’p bo’lib, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga juda qo’l kelardi. Ayni
zamonda ikki daryo vodiysining janubiy qismidagi asosiy mahalliy xalq
shumerlar bo’lib, eng dastlabki yozuvni o’shalar yaratgan. Dastlabki
yozuv ijod qilingandan keyin, Misr va Qadimgi Sharqdagi xalqlar tarix
tiliga kira boshladi. Demak, o’sha davrdan, ya’ni Qadimgi Dunyo -
quldorlik davridan boshlab dastlabki iqtisodiy fikrlar shakllana boshladi.
Ko’xna Bobil iqtisodiy fikrlari. Qadimgi Sharqda ancha
rivojlangan davlatlardan biri Bobil bo’lgan. Unda xususiy mulkchilik va
tovar-pul munosabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi. Jamiyatdagi
kishilar borgan sari ko’proq tovar ayir-boshlashga jalb qilinardi.
Ularning ba’zilari sudxo’rlar to’riga ilinib, xonavayron bo’ldi va
qullarga aylandi. To’la huquqli bo’lmagan (qaram) kishilar qatlamining
ancha ko’payib borishi vujudga kela boshladi. Harbiylar va soliq
to’lovchilardan ajralib qolishga olib keluvchi bunday jarayon davlatni
zaiflashtirgan. Jamiyatdagi erkin kishilarni sudxo’rlardan himoya qilish
maqsa-dida (ularning mulkini himoya qilish, savdo, ijara va boshqa
shartlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, huquqiy
munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solinishi zaruriyati kuchaydi.
Davlat bu vazifalarni qonunchilik yo’li bilan hal qi-lishga uringan. Bu
borada iqtisodiy fikrlar nuqtai nazardan