o’rnatishdan boshlanadi: “1 gur (o’lchov birligi, ba’zi ma’lumot-larda
300, ba’zilarda esa – 252,6 l. teng) arpa (sotilishi kerak) 1 sikl (8,4g)
kumushga … 3 ka (1 ka 0,84 l. teng) birinchi sortli yog’ (sotilishi kerak)
1 sikl kumushga, 1 sut (5 l., ba’zi ma’lumot-larda – 8,4 l.) va 2 ka kunjut
yog’i (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga
…” va boshqalar ko’rsatilgan.
Birinchi paragrafda arpa, yog’, teri, tuz, mis va boshqalarning
kumushdagi narxi o’rnatilgan (mahsulotlar shunday miqdorda olinishi
kerakki, ularning qiy-mati 1 siklga teng bo’lsin); ikkinchi paragrafda har
xil turdagi yog’ning arpadagi narxi ko’rsatilgan. Demak,
asosiy
umumekvivalent sifatida arpa bo’lgan. Buning ustiga, ushbu
ekvivalentlar o’rtasida qat’iy muvofiqlik o’rnatilgan. Birinchi navbatda
arpaning kumushda ifodalangan narxining ko’rsatilishi tasodifiy emas.
Qat’iy narxning o’rnatilishi qonun tuzuvchilarga yollanma va ijara haqi
darajasini, jarima miqdorini, foiz me’yorini tarbiya uchun to’lov va
boshqalarni aniqlash imkonini beradi. Yillik foiz me’yori kumushda 20
% va donda 33 1/3 % tashkil etgan. Shu narsani qayd qilib o’tish
kerakki, Qadimgi Misrda hatto keyingi davrlarda (X-VIII asr m.o.)
sudxo’rlik foiz me’yori tez-tez 100 %gacha ko’tarilib turgan. Eski
Bobildagi uncha ko’p bo’lmagan foiz me’yori davlatning nafaqat
mamlakat xo’jaligi hayotiga
arala-shuvidan dalolat beradi, balki tovar-
pul munosabatlarining ancha rivojlanganligini ham aks ettiradi. Qadimgi
Misr iqtisodiyoti Yaqin Sharqdagiga nisbatan ancha natural bo’lgan.
Demak, podsho qonunlari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida
ijobiy rol o’ynagan.
Qadimgi Bobilda Xammurapi (m.o. 1792-1750 y.) podsholik
qilgan davrda tayyorlangan qonunlar to’plami ancha obro’ qozongan.U
nafaqat bir qator qadimgi huquq me’yorlarini qayta ishlab chiqqan,
balki miloddan avvalgi XVIII asrga qadar Qadimgi Mesopotamiyada
tarkib topgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabat-larni
ham tartibga solishga
harakat qilgan.
Qonun matni kirish qismdan, hozirgi tasniflash bo’yicha 282
moddani o’z ichiga olgan asosiy qismdan va xulosadan iborat. Unda
xo’jalik hayotiga oid iqtisodiy fikrlar ham aks ettirilgan. Shu narsa
diqqatga sazovorki, bir guruh moddalarda Bobil fuqaro-larining mulkini
himoya qilish, ijara, sudxo’rlik va ishga yollash masalalari ko’rib
chiqilgan.
Qonundagi asosiy narsa Bobil fuqarolarining mulkini himoya
qilish yoki shunday sharoit yaratishdan iboratki, unda
“kuchlilar
kuchsizlarni surib chiqarmasinlar”
. Bunda asosiy e’ti-bor saroy,
6
ibodatxona mulkini hamda bobillik
fuqarolar va davlat
xizmatchilarining,
birinchi navbatda, harbiylarning mulkini himoya
qilishga qaratilgan. Xammurapi qonunlarida ularning ulushi (erlari)
sotilishi man etiladi.
“Sipoh yoki soliq to’lovchiga tegishli bo’lgan dala,
uy, bog’,
- deyiladi qonunda, -
kumushga sotilishi mumkin emas”
.
Bundan tashqari, qonunda o’z mamlakati tashqarisida qul sifatida sotib
olingan bobillik fuqarolar o’z vataniga qaytgach,
erkinlikka erishishi
zikr etilgan.
Qonunda
sudxo’rlar
zo’ravonligiga qarshi qaratilgan modda-lar
ham mavjud. Hosil kam bo’lgan paytlarda qarzlarni to’lash muddatini
bir yilga cho’zishga ruxsat berilgan (qo’shimcha foiz to’lovisiz).
Xammurapi qonunlarida sudxo’rlar o’z holicha, qarzdor-larning
ruxsatisiz qarz evaziga ularning hosilini tortib olishi man etilgan. Ular
qat’iy ravishda puldagi (20%) va natural shakldagi (33 1/3 %) foiz
me’yorini aniq belgilab bergan.
Xammurapi
kodeksida
tutqunlarga nisbatan yomon munosabat-da
bo’lgani uchun sudxo’rlarni hatto jazolash (shu jumladan, qonuniy yo’l
bilan ham) ko’zda tutilgan. Sudxo’rlikning keng rivojlanishiga to’sqinlik
qiluvchi asosiy omillardan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining uch
yil bilan cheklanishidir (to’rtinchi yili unga
erkinlik berilishi lozim
bo’lgan). Biroq sudxo’rlikka qarshi qonunchilikda izchillik bo’lmagan.
Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab chiqarish yoki yashash
vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilmagan. Hech qanday vositasi
bo’lma-gach, ozod etilgan qarzdor yana qaytib sudxo’rga murojaat
qilishga majbur bo’lgan.
Xammurapi qonunlarida yollanma munosabatlarni tartibga
solishga katta e’tibor berilgan. Uning juda ko’p turdagi shakl-lari ko’rib
chiqilgan bo’lib, hatto yollanma mehnat uchun to’lov miqdori ham aniq
qilib ko’rsatib berilgan.
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, qishloq
xo’jaligini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash, mehnatsiz daro-mad
topishga qarshi kurashish bo’lgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu
jumladan, erga bo’lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning
xususiy mulkiga ko’z olaytirgan, unga zarar etkazgan-lar iqtisodiy
jihatdan jazolangan.
Shunday qilib, eski Bobil podsholigi
qonunlarida davlat
tartiblashining va aholi iqtisodiy faoliyatini nazorat qilish-ning turli
shakllari ko’zda tutilgan. Ular real iqtisodiy jarayon-larga, tovar-pul
munosabatlarini rivojlanishiga, fuqarolar mulkini himoya qilishga
7
o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Shu bilan birga bu qonunlar
Osiyodagi boshqa mamlakatlarda iqtiso-diy
fikrlarning rivojlanishida
katta rol o’ynadi.
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar.
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari
(ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj topgan. Buni dunyodagi eng
qadimiy dinlardan biri - Zardushtiylik dini-ning muqaddas kitobi
hisoblangan
Dostları ilə paylaş: