62
misradan iborat. Uni buyuk mutafakkir yozib tugatgach, Qoraxoniylar
hukmdori Tavgachxon (kitobda Tavgoch -Ulug‘ Bugra Qoraxon (hoqon),
Abo Ali Xasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (hokon) nomlari bilan
zikr etilgan)
huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur
bo‘lib, uning muallifiga Xos hojiblik lavozimini beradi. “Qutadg‘u
bilig” asari katta shuhrat qozonadi. Shuning uchun ham “Qutadg‘u
bilig”ni chinliklar (Xitoy) “Adab ul-muluk” (“Hukmdorlar odobi”),
mochinliklar (Sharkiy Turkiston) “Anis ul-mamolik” (“Mamlakatning
tartib-usuli”), eronliklar “Shoxnomai Turkiy”, sharq elida “Ziynat ul-
umaro” (“Amirlar ziynati”), turonliklar “Qutadg‘u bilig”, ba’zilar esa
“Pandnomai muluk” (“Hukmdorlar nasihatnomasi) deb atagani kitob
muqddimasida keltiriladi.
Mazkur asarning shuhrat topishi bejiz emas edi. Chunki Yusuf Xos
Hojib o‘z davrining etuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand inson
edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan ham bilsak bo‘ladi. U
o‘z
asarida tibbiyot, falakiyot, tarix, tabiiyot,
geografiya, riyoziyot,
handasa, falsafa, adabiyot, ta’lim-tarbiya, diplomatiya, fiqh soxhsiga oid
fikrlarni bayon etib, faylasuf va qomusiy olim sifatida o‘zini namoyon
etdi. Chunonchi, u barcha ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi
muomala-
munosabatlarni yoritish bilan birga, diplomatiyaga oid qoidalar tizimini
yaratdi, turli kasb egalarining kasbu koriga oid talablar va jamiyatning
axloqiy tamoyillarini tarannum etish bilan ta’lim-tarbiya sohasida
o‘ziga xos uslubni yaratdi.
Dostları ilə paylaş: