Shukurullo mardonov umida zokirova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

Qutadg‘u bilig
- baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni 
bildiradi. Demak asar nomidan ham uning pand-nasihat, ta’lim-tarbiyaga 
oid etuk didaktik asar, har tomonlama etuk insonni tarbiyalaydigan 
darslik ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi. “Qutadg‘u bilig” asari Sharqda 
pandnoma turkumidagi an’anaviy kitob tuzish tartibiga rioya kilingan 
holda tuzilgan.
Avval nasriy muqddima, so‘ng 73 bobdan iborat kitobning mun-
darijasi beriladi. Dastlabki o‘n bir fasli debocha bo‘lib hamda na’t va 
Qoraxonni madx etish, ta’lim maksadi, etti kavokib va o‘n ikki burj, 
tilning ahamiyati, muallifning uzri, ezgulik haqida, bilim olishning 
ahamiyati, kitobga nom berilishi, keksalikdan afsuslanish kabi 
fasllardan iboratdir. O‘n ikkinchi fasldan boshlab asosiy voqea bayoni 
e’tirof etiladi. Lekin asarda to‘rt qaxramon - Kuntug‘di - adolat ramzi, 
vazir - Oyto‘ldi – davlat va baxt ramzi, vazirning o‘g‘li O‘g‘dulmish – 


63
akl ramzi, sifatida, O‘zgurmish - vazirning qarindoshi - qanoat timsoli 
o‘rtasidagi munozara asosida hayotiy masalalar bir-biriga bog‘langan 
holda bayon etilib, kitobni yozishdan o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga 
bo‘ysundiriladi.
Yuqorida ta’kidlangan to‘rt qahramonning suhbatlari, munozaralari 
asosida Yusuf Xos Hojib o‘z maqsad va g‘oyalarini bayon etadi. Ma-
salan, Oyto‘ldining Elig bilan uchrashuvida uning Elig sinovidan o‘tishi 
jarayonidagi savol-javoblar natijasida davlatning sifati va fazilatlari, 
uning bevafoligi va bebaholigi, adolatning hislatlari, shuningdek el-
yurt boshqaruvchilarining hislatlari bayon etiladi.
Oyto‘ldining o‘g‘li O‘g‘dulmish bilan Eligning suhbatida esa saroy 
amaldorlari: beklar, vazirlar, lashkarboshilar, hojiblar, elchilar, sarkotib, 
xazinador, dasturxonchilar, sharobdorlar, beklarning o‘z xizmatkorlariga 
munosabati qanday bo‘lishi kerakligi bayon etiladi. O‘g‘dirmish bilan 
O‘zgurmish munozaralari, Elig bilan O‘zgurmish munozarasida esa 
insoniy hislatlar, xizmat va turmush odoblari borasida fikrlar bayon 
etiladi, turli kasb egalari tasnifi beriladi.
“Qutadg‘u bilig” dagi bosh g‘oya - insonni hayotda baxt-saodatga 
eltuvchi asosiy qarashlari to‘rt ramziy qahramon: Kuntug‘di - Elig 
podsho - adolat timsoli, Oyto‘ldi - vazir davlat timsoli, O‘g‘dulmish 
– vazir - aql timsoli, O‘zgurmish - vazirning qarindoshi - qanoat timso-
lining hayoti va davlatni boshqarish jarayonidagi xatti-harakatlari va 
fikrlari orqali berilganki, bular inson kamolotining muhim mezoni 
sanaladi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida inson 
kamoloti masalasi markaziy masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur asarda 
insonning jamiyat va hayotda tuttan o‘rni, burchi va vazifalari haqidagi 
muammolar o‘ziga xos tarzda bayon etiladi. 
Mutafakkir o‘zining axloqiy qarashlarini, ya’ni ijtimoiy munosabatlar, 
jamiyat a’zolari barcha tiplari o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarni 
amaliyotga tayangan holda yoritadi. Bu axloqiy xulq-odob tamoyillari, 
talab va vazifalari butun asar davomida qahramonlarning o‘zaro 
munozaralari asosida ifodalangan. Unda Eligxon, uning vakillari, 
ijtimoiy guruhlarning o‘zaro munosabati, axloqi, muomalasi talablari 
bayon etiladi. Turli kasb egalariga xos hislatlar, odatlar yoritiladi.
Asarda ilgari surilgan axloqiy hislatlarni sanab o‘tish olimnnng qay 
darajada ta’lim-tarbiya, axloq masalalarini chuqur bilganligidan dalolat 
beradi: insoniylik, rostgo‘ylik, to‘g‘rilik, soflik, mehr-muhabbat, vafo, 


64
shafqat, muruvvat, insof, adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, 
shirinso‘zlik, sahovat, mardlik, himmatlilik, hurmat va ehtirom, tadbir-
korlik, aql, zakovat, halollik, ezgulik kabi hislatlar ulug‘lanadi, ularda 
yolg‘onchilik, noinsoflik, fisqu fasod, bevafolik, mehrsizlik, dag‘allik, 
qo‘pollik, bahillik, nomardlik, quvlik, hurmatsizlik, nodonlik, johillik, 
haromxo‘rlik, ochko‘zlik kabi hislatlarni qiyoslab, ezgu hislatlarning 
yaxshi oqibatlari va salbiy xususiyatlarning yomon oqibatlarini 
misollar vositasida ishonarli qilib bayon etadi. Bunda dastlab, barcha 
yaxshi ishlarning manbaini ezgulik, yomon ishlarning asosini essizlik 
nomlari bilan talqin etadi. U inson hayotda qilgan ishi bilan yo yaxshi 
nom qoldiradi, yoki yomon nom oladi, deydi. Asarda olim barcha 
ezgulikning boshi til odobi, uning foyda va zararlariga bagishlanadi.
Til insonning kadr-qimmatini oshiradi, yoki shu til orqali inson yuz 
tuban ham ketishi mumkin, deydi. Kishi ikki narsa bilan hayotda mangu 
qoladi: biri xushhulqlik bo‘lsa, ikkinchisi yaxshi so‘z, deydi olim.
Insoniy munosabatlarning eng oliy mezoni sanalgan hurmat va 
ehtiromini tarkib toptirishning barcha ko‘rinishlari asarda o‘z ifodasini 
topgan. Yusuf Xos Hojib jamiyat taqdirini hal etuvchi eng ulug‘ 
mansabdorlardan tortib, oila a’zolarigacha bir-biriga bo‘lgan muomala-
munosabat masalalarini ham hayotiy misollar vositasida yoritadi. 
Katta yoshlilarning kichiklarga, kichiklarniig ulug‘larga, amaddor va 
mansabdorlarning o‘z xizmatchilariga, xizmatchilarning o‘z xo‘jalariga, 
turli ijtimoiy guruh a’zolarining bir-birlariga, oilada oila a’zolarining 
bir-birlariga muomala madaniyatining eng oddiy ko‘rinishlarigacha 
tasvirlab, kishining ko‘z oldida yaqqol namoyon etadi. Buni biz farzand 
tarbiyasida uning tug‘ilganidan boshlab xulq-odob qoidalarini, bilim 
va hunarni o‘rgatish, buning uchun pok va bilimli muallim-murabbiy 
tanlash, farzandning xatti-xarakatini doimo nazoratda saqlash kabi 
masalalarning bayon etilishidan ham bilsak bo‘ladi.
Olim ulug‘lar va kichiklar o‘rtasidagi xulq-odob qoidalari haqida 
gapirar ekan, shu asnoda kamtarlik, salomlashish odobi, talablari, 
qoidalarini ham tavsiya etadi. Ayniqsa, Yusuf Xos Hojibning amaldorlar 
axloqi haqidagi o‘gitlari diqqatga sazovor va bu fikrlar hozirgi davrda 
ham qimmatli sanaladi. Olimning beklar, hojiblar, vazirlar, saroyboshilar, 
elchilar, lashkarboshilar, devonboshilar, xazinadorlar, sarkotiblar kabi 
ko‘plab amaldorlarning xatti-harakatlari, ish yuritishlari, hulq-odobi 
haqidagi amaliy o‘gitlari va yo‘l-yo‘riqlari har bir amaldor uchun 


65
dastur sanaladi. Masalan, har bir amaldorning o‘z ishining ustasi, 
ilm-fanni egallagan, uning turli sohalari borasida fikr yurita oladigan
so‘zga chechan, zehnli, fahm-farosatli, himmatli, ko‘zi to‘q, ochiq 
qo‘l, sahiy, tadbirli, zukko, xushyor, jiddiy, qanoatli, jasur, sog‘lom, 
samimiy, sadoqatli, o‘z so‘zi ustidan chiqadigan, andishali, she’r 
bahsida ishtirok etib, o‘zi ham she’rlar to‘qiy oladigan, turli tillarni 
bila oladigan va yoza oladigan, nard, shatranj, chavgon o‘yinlarni 
o‘ynay oladigan, merganlik kabi hislatlarga ega bo‘lishi kerakligini 
ta’kidlaydi. Shuningdek, har bir insonning kamolga etishida to‘sqinlik 
qiladigan yomon illatlar, nuqson va kamchiliklardan birinchi navbatda 
el-yurt xizmatida bo‘lgan amaldorlar ham holi bo‘lishi lozimligi: 
maishat, ishratparastlikka berilish, kek, gina, adovat, nizo, xusumat, 
fisqu fasod, maishiy bo‘zoqlik, mayparastilik, kayfu safoga berilish, 
mutakabbirlik, hiyonat, davlat ketidan quvish, manfaatparastlik, 
xudbinlik, boshqalarning xaq-huquqlarini toptash, ta’magirlik, haqorat 
kabilar shunday illatlardirki, buning natijasi davlatning rivojiga putur 
etkazib, jamiyatni ma’naviy qashshoqlikka olib boradi, deb bunday 
yomon illatlardan tiyilishni maslahat beradi. Masalan:
(Agar) dunyo beglari ichimlikka (maishatga) berilsa.
El va xalkning dardlari (kismati) achchik bo‘ladi.
Jahongir kishi aysh-ishratga mahliyo bo‘lsa,
Elini buzadi (harob kiladi, o‘zi (esa) tilamchi bo‘lib koladi.
Yusuf Xos Hojib takabburlik, mag‘rurlanish, kekkayishga kamtarlik, 
xushsuxanlik, xushfe’llikni qarshi qo‘yadi. Shuningdek, amaldorlarga 
baland himmatlilik, muruvvatli bo‘lish, samimiylik xoh katta, xoh 
kichik bo‘lsin, xos fazilat ekanligini alohida ta’kidlaydi. Insonning 
haqiqiy boyligi uning ko‘z va ko‘ngil to‘qligi deb biladi. Zero, och-
ko‘zlik, ta’magirlik insonda poraxo‘rlik kabi yomon illatning tomir 
otishiga olib keladi, deydi. Yusuf Xos Hojib oilaviy-maishiy turmush 
ikir-chikirlariga ham katta e’tibor beradi. U kishilarni uylanib, oila 
qurishidan boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta’minotini 
yuritishgacha bo‘lgan eng zaruriy vazifalarni birma-bir bayon etadi.


66

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin