Shukurullo mardonov umida zokirova


IV BO‘LIM. SHARQ PEDAGOGIK TA’LIMOTIDA



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

IV BO‘LIM. SHARQ PEDAGOGIK TA’LIMOTIDA
TA’LIMIY-AXLOQIY QARASHLAR
(Yusuf Xos Hojib, Kaykovus va Ahmad Yugnakiylarning
 ta’limiy-axloqiy qarashlari)
Reja:
1. Sharq pedagogik ta’limotida ta’limiy-axloqiy asarlarning paydo 
bo‘lishi.
2. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari - turkiy tilda 
yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid dastlabki asar sifatida.
3. Unsurul Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma” asari - pandnoma 
turkumidagi dastlabki asar sifatida.
4. Ahmad Yugnakiyning “Xibbat ul-xaqoyiq” asarida ta’lim-
tarbiyaga oid masalalarning ifodalanishi.
Tayanch tushunchalar: “
Pandnoma”, “ta’limiy-axloqiy asarlar”, 
“xojiblik”, “adob al-muluk”, “anis ul-mamolik”, “shoxnomai turkiy”, 
“ziynat ul-umaro”, “pandnomai muluk”, “adolat”, “davlat va baxt”, 
“aql ramzlari”, “haqiqitlar savg‘asi”, “javonmardlik” va b.
4.1. Sharq pedagogik ta’limotida ta’limiy-axloqiy asarlarning 
paydo bo‘lishi
Ma’lumki, Sharq Uig‘onish davrida ma’naviy-ma’rifiy sohada asosiy 
masala inson tarbiyasi muammosi bo‘lgan. Shuning uchun ham ta’lim-
tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharqqa 
xos bo‘lgan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish 
muammosi etakchi g‘oya bo‘lgan. Insoniylik, insonni ulug‘lash g‘oyasi 
ta’lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy o‘zagi sanalgan. Bu 
g‘oyani, ya’ni insonparvarlik g‘oyasini amalga oshirishning asosiy 
vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va 
hislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim-tarbiyani amalga 
oshirish muhim masala qilib qo‘yilgan. Zero, insoniylik g‘oyasida 
yuksak axloqiy hislatlar ifodalangani uchun ham Sharq Uyg‘onish davri 
falsafasi va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy yo‘nalish muhim ahamiyat 
kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflarning ham, buyuk mutafakkirlarning 


60
ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida 
bo‘ldi. Ta’limiy-axloqiy risolalar paydo bo‘lib, axloqning ham nazariy, 
ham amaliy masalalari tahlil etilgan. “Qutadg‘u bilig”, “Axloqi Nosiriy”, 
“Qobusnoma”, “Hibbat ul-haqoyiq”, “Guliston”, “Bo‘ston”, “Axloqi 
Jaloliy”, “Axloqi Muhsiniy”, “Maxbub ul-qulub” kabi Yusuf Xos Hojib, 
Nasiriddin Tusiy, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa’diy, 
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz 
Koshifiylarning ta’limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta’kidlaganimizdek 
inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish 
sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga 
ega. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga 
etishida yuksak axloqqa ega bo‘lishi ilm-fanni egallashi asosidagina 
amalga oshishi mumkin, degan g‘oya ilgari surildi.
Chunki biz nazarda tutayottan davrdan boshlab savod o‘rgatish 
“Qur’on” va “Hadis”larni o‘rganish va ulardagi ko‘rsatmalarni 
o‘zlashtirib olish bilan birga olib borilgan. Shunga ko‘ra, “Qur’on” va 
Hadislardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir 
etgan. Hadislarning ta’siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida 
urg‘u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim hislatlari: 
halolliq sahovat, himmat, mehru-oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, 
muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o‘z ifodasini topgan 
va Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga ta’sir etgan. 
Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g‘oyalar 
asosida yaratilgan. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” 
asaridan boshlanib, Kaikovusning “Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning 
“Hibbat ul-haqoyiq”, Sa’diyning “Guliston”, Mir Alisher Navoiyning 
“Maxbub ul-qulub” va boshqa asarlari negizida ko‘rinadi. Ham g‘oya, 
ham mazmun, ham shakl buning dalilidir. Masalan, “Qur’on”da ham, 
“Hadis”larda ham, ta’limiy-axloqiy dostonlarda ham ilm ta’rifi bilan 
birga, xulk-odob qoidalari, turmush odobi yoritiladi.
Xullas, Sharq ta’lim-tarbiyasida ilmni targ‘ib etish, xulq-odob 
qoidalari islomiy tamoyillariga asoslangan, ta’limiy-axloqiy asarlardagi 
mundarijalarning o‘xshashligi ular tayangan ma’naviy zaminga 
bog‘liqdir. Masalan, Yusuf Xos Hojibning “Qudatg‘u bilig” asari 
pedagogika tarixida ta’limiy-axloqiy usulda yozilgan barcha asarlarning 
tamal toshi desak bo‘ladi.


61

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin