Shukurullo mardonov umida zokirova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

zardushtiylik
dini keng yoyilgan davrda ham pedagogik mafkura 
hukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” ning 
bizgacha etib kelgan ayrim sahifalarida o‘z ifodasini topgan.
Biroq islomgacha davr tarbiyashunosligi, fan va madaniyati tarixini 
yoritish imkoni chegaralangan. Chunki, dastlab Aleksandr Make-
donskiy boshchiligidagi yunon-makedon qo‘shinlari, so‘ngra Qutayba 
ibn Muslim rahbarligidagi arab istilochilari olib borgan talonchilik, 
vayronagarchiliklar tufayli o‘sha davrga tegishli deyarli barcha 
asarlar, manbalar yo‘qotib yuborildi. Lekin islom va islomdan keyingi 
mavjud pedagogik qarashlarni, milliy ta’lim-tarbiyaga oid an’analarni, 
qadriyatlarni, xalq pedagogikasini ilmiy o‘rganish, puxta tahlil qilish va 
hayotga tadbiq etish bugungi kunning muhim va dolzarb muammosidir.
Mustaqillikka erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Yevropa 
pedagogikasini asos qilib oldik va o‘rgandik. Endigi vazifa Sharq 
pedagogikasi bilan G’arb pedagogikasining eng ilg‘or an’analarini 
o‘rganishga e’tiborni qaratishdan iboratdir. Chunki ilmu-fan avval 
Sharqda taraqqiy etgan. Buyuk nemis olimi Xerler: «Sharq Yevropaning 
muallimidir» -deganda xaq edi.
Yuqoridagi fikrlarning o‘zi madaniyat, ma’rifat Sharqdan Yev-
ropaga tarqalgan deyishga asos bo‘la oladi. Chunki, savodxonlik 
mak tablarining, qadimiy yozuvlarning vujudga kelishi eng qadimgi 
manbalarda «Avesto», So‘g‘d, Baqtriya, Urxun-Enisey, Xorazm va 
boshqa yozuvlar Turon zaminida yuzaga kelganligi, shu muqaddas 
zaminda yashayotgan xalqlarning eng qadimgi ajdodlari savodxon 
kishilar bo‘lganligidan dalolat beradi. Xaqiqatdan ham shunday, o‘zbek 
xalqining madaniy merosi ulkan bir dengiz. O‘tmishimizda unutilgan 
shunday ulkan sarchashmalar borki, ularni puxta, atroflicha o‘rganmoq 
birinchi galdagi vazifamizdir.
Bu esa qadimiy boy ma’rifiy merosimizning qimmatli manbalarini 


8
bebaho xazinamizni yuzaga olib chiqish, uni hozirgi ilmiy pedagogik 
tafakkur iste’moliga kiritishni taqozo etadi. VII-XII asrlar davomida 
Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlana bordi. Ayniqsa, 
aniq fanlarga qiziqish orta boshladi. O‘sha tarixiy davrda al-Xorazmiy, 
al- Forobiy, al-Farg‘oniy, al-Beruniy, ibn Sino, az-Zamaxshariy singari 
qomusiy olimlar dunyoga keldi. Ulug‘ mutafakkirlar inson ma’naviy 
va tafakkur dunyosini boyitishda insoniyat ongini, madaniy-ma’rifiy 
qarashlarni o‘stirishda o‘z davrida va keyinchalik ham asosiy rol 
o‘ynadilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratdilar. XV 
- XVI asrlarga kelib qadimiy Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy
Ulug‘bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, 
Zahiriddin Muhammad Bobur, singari allomalarni voyaga etkazdi. U 
davrda Markaziy Osiyo shaharlarida qator madaniy va ilmiy markazlar 
vujudga keldi.
Demak, Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi va uning 
madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida misli ko‘rilmagan 
darajada rivojlangan. Qolaversa, uning axloq-odobga oid qarashlari
pedagogika fanlari bo‘yicha ta’limoti butun jahonga o‘rnak bo‘larli 
ma’no va mazmun kasb etgan.
Oktyabr to‘ntarishidan keyin, ya’ni 1917-yildan boshlab Turkiston 
mintaqasida «Yashin tezligida» Sho‘ro hokimiyati o‘rnatila boshlandi. 
Bu tuzum komunistik mafkurani targ‘ib va tashviq qildi. Sho‘ro 
hokimiyatining dastlabki-yillarida Turkistonda yangi maktablar 
ochish va ularni mustahkamlash vazifalari ko‘ndalang qilib qo‘yiladi. 
Unda yoshlar ongiga mustabid hokimiyat g‘oyalarini singdirish, shu 
ishlarni amalga oshiradigan pedagog xodimlar tayyorlashga e’tibor 
berildi. U ishlarni amalga oshirishda Rossiya xalq ta’limi yo‘nalishi 
va tizimi etakchilik qilgan. Tarixdan ma’lumki, qaysi davlat yoki 
mamlakat hukmron bo‘lsa, u tobe mamlakat va xalqqa o‘z mafkurasini, 
madaniyatini, axloq-odob aqidalarini singdirishga harakat qilgan.
1924-yildan boshlab Turkistonning parchalanishi, milliy 
respublikalar tashkil etilishi oqibatida milliy madaniyat yo‘li asta-
sekin to‘sila boshlandi. Asrlar osha amalda qo‘llanib kelingan, qomusiy 
ilmlar bitilgan yozuv man etildi. Avval lotin keyin rus grafikasi asosida 
qurilgan yozuvga o‘tildi. Bu tadbir Markaziy Osiyo xalqlarining o‘z 
madaniyati tarixini o‘rganish imkoniyatidan mahrum qildi.
Maktablarda dunyo fanini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan 


9
o‘zbek fan va madaniyatining asoschilari, musulmon olamining ulug‘ 
zotlari emas, balki o‘zbek xalqi kamolatiga aloqasi bo‘lmagan shaxslar 
faoliyati o‘rgatildi.
Musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur’oni Karim, Muhammad 
Alayhissalom xadislarini o‘rganish taqib ostiga olindi. Natijada o‘zbek 
xalqi milliy axloq-odobi va tarbiya an’analaridan mahrum bo‘la 
boshladi. Bu yo‘qotish o‘zbek fani, madaniyati va pedagogika fanlari 
rivojlanishiga salbiy ta’sirini ko‘rsatdi.
1991-yilga kelib, O‘zbekiston xalqi mustaqillikka erishgach, o‘zining 
yangi milliy Qomusi asosida hamma sohada bo‘lganidek o‘zbek milliy 
fani va madaniyati, “Pedagogika nazariyasi va tarixi”ga ham yangicha 
yondashish imkoniyati tug‘ildi.
O‘tmishda atoqli mutafakkirlar pedagogikaga doir muhim fikrlarni 
aytib qoldirganlar, bularni o‘rganish pedagogik tafakkurning o‘sishiga, 
pedagogik madaniyatning ortishiga imkon beradi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, biz o‘rganmoqchi bo‘lgan 
pedagogika nazariyasi va tarixi fanining maqsad va vazifalarini 
aniqlashimiz va buni ta’lim-tarbiya jarayonida amaliyot bilan bog‘lab 
qo‘llashimiz va takomillashtirishimiz lozimdir.
Demak, “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani eng qadimgi 
zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlardagi 
tarbiya, maktab va pedagogik nazariyalar taraqqiyotini milliy va 
umuminsoniy aqidalarga tayanib o‘rganadi. Zero, pedagogika tarixi 
fanini o‘rganish o‘qituvchining pedagogik mahoratini, madaniyatini 
oshiradi. Unga o‘tmishdagi eng yaxshi tajribalarni hozirgi zamon 
maktablari ta’lim-tarbiya jarayoniga bog‘lab tahlil etish imkoniyatini 
yaratib beradi. Bu fanni o‘rganish o‘qituvchining umumpedagogik 
bilim darajasini kengaytiradi, pedagogik merosga to‘g‘ri munosabatda 
bo‘lishiga undaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, biz pedagogika 
tarixini o‘rganishimiz orqali jahon madaniyati, ta’lim-tarbiya, maorif 
muassasalari tizimini takomillashib borish jarayoni haqidagi umumiy 
tasavvurga ega bo‘lamiz. “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani bo‘lajak 
o‘qituvchilarga bilim beribgina qolmay, ularda milliy iftihor va g‘urur 
hissini ham tarbiyalaydi.
Chunonchi, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek “Xalqimiz tayanchi 
- ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir xazina. Bu 
xazinadan odilona foydalanish lozim”.


10
Pedagogika nazariyasi va tarixi ijtimoiy fan bo‘lib, tarixiy pedagogik 
hodisalarga davr talabi asosida yondashadi, tarbiya nazariyasi va 
amaliyotini turli bosqichlarida xilma-xil bo‘lganligini ochib beradi.
Pedagogika nazariyasi va tarixi fani quyidagi fanlar, ya’ni: peda-
gogika, psixologiya, madaniyat tarixi, O‘zbekiston tarixi, jahon xalqlari 
tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, ahloqshunoslik va boshqa bir 
qator fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Biz pedagogika nazariyasi va tarixi fanini o‘rganish va tahlil 
qilishimizda quyidagilarga asoslanamiz. Bular: qadimgi yozuvlar, 
bitiklar, qo‘l yozma yodgorliklari, Sharq mutafakkirlarining ilmiy, 
ma’naviy merosi, xalq og‘zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalar, 
dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, xalq maorifi masalalariga 
oid materiallar, matbuot materiallari, Prezidentlarimiz Islom Karimov, 
Shavkat Mirziyoyevlarning ta’lim-tarbiyaga doir asarlari, nutq va 
maqolalaridir.
Pedagogika nazariyasi va tarixi fanining metodologiyasi esa milliy 
va umumbashariy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo 
va Sharq mutafakkirlarining ilmiy va ma’naviy merosi, O‘zbekiston 
Res publikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari va milliy istiqlol 
g‘oyasi haqidagi nazariyalar hisoblanadi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin