Shukurullo mardonov umida zokirova


 Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

1.4. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida
Tarbiya - ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan 
beri mavjud. Inson er yuzidagi eng mukammal zot bo‘lishi uchun 
avvalo tarbiyalanishi zarur. Abu Lays Samarqandiy “Bo‘stonul-orifin” 
asarida tarbiya va tarbiyalashning ma’nosini ta’riflab: “Ey o‘g‘il, 
farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o‘zingni tarbiyala, tarbiya ko‘rgan 
oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga etadi”, - degan edi. 
Ibn Sino ijodiyotida ham bu g‘oya alohida o‘rin tutadi. “Kimga qanday 
pandu nasihat qilsang, unga avvalo o‘zing amal qil», - deydi alloma. 
Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlari barkamol insonni etishtirish 
uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslab 
berganlar. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Yusuf Xos 
Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-xaqoyiq”, 
Abu Rayhon Beruniyning hikmatlari, ibn Sinoning “Tadbir-al-manozil”, 
Alisher Navoiyning “Maxbubul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning 
“Axloqi muxsiniy” va boshqa asarlarida farzand ota-onaning baxti, 
uning to‘g‘ri tarbiyalanishi esa hammaning baxti, degan umumiy xulosa 
chiqariladi. O‘tmishdagi mutafakkirlar tarbiya atamasining ma’nosini, 
tarbiyalashning mazmunini alohida bayon qilmagan bo‘lsalar ham o‘z 
asarlarida tarbiyaning qirralarini ifodalaganlar.
Alisher Navoiy “Maxbubul qulub” asarida tarbiyaning kuchi va 
sharofatini quyidagicha ta’riflaydi: Itka taalumda chu bo‘ldi kamol, 
Sayd aning ag‘zidin o‘ddi xalol, Olim ul itkim najasul ayn erur, 
o‘g‘ling jahl ulsa, ajab shayn erur. (It o‘rganish bilan komil bo‘lgach, 
uning og‘zi bilan tutgan ovini eyish mumkin bo‘ladi. Eng iflos maxluq 
hisoblangan it olim bo‘lganida (ovlashni o‘rganganida) o‘g‘ling johil 
qolishi juda xunuk ishdir).
Alisher Navoiy tarbiyaning asosiy belgilaridan biri, bolaga yaxshi 
ism qo‘yish, ilmu adab o‘rgatish, ota-onaga, umuman kattalarga hurmat 
hissini singdirishdan iboratligini uqtiradi.
K.D.Ushinskiyning “Pedagogika adabiyotining foydasi” nomli 
riso lasida: “Tarbiyalash ishi, shubhasiz, insonning aqliy va ongli fao-
liyatlaridan biridir: tarbiya tushunchasining o‘zi tarixan vujudga kelgan 
va u tabiatda yo‘q, narsadir... Tarbiyalash faoliyati fikr yuritishni
haqiqatni anglashni ham o‘rgatadi”, deyilgan.
Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming-yillar 


23
oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga 
keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishgan. Dastlabki 
tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishda ancha takomillashgan 
mehnat qurollari yasashgacha, undan urug‘chilik, qabilachilik davrlariga 
kelib, xo‘jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha 
bo‘ltan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatta ega 
bo‘lganligidan dalolat beradi. Ibtidoiy jamiyat taraqqiyotining birinchi 
bosqichida, urug‘chilik jamiyatidan oldingi jamiyatda, odamlar 
tabiatning tayyor maxsulotlarini istemol qilganlar, ovchilik bilan 
shug‘ullanganlar. Yashash vositalarini topib qo‘lga kiritish jarayoni 
unchalik murakkab bo‘lmagan va ayni vaqtda ko‘p mehnat talab qilgan. 
Jamoa bo‘lib yashash, mehnat qilish va iste’mol qilish sharoitidagina 
yirik hayvonlarni ovlash, tabiat bilan kurashish mumkin bo‘lar edi. 
hamma narsa mushtarak edi, jamoa a’zolari o‘rtasida ijtimoiy tafovutlar 
yo‘q edi. Ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qon-qarindoshlik 
munosabatlariga asoslanar edi. Undagi mehnat va ijtimoiy (sotsial) 
vazifalarning taqsimlanishi tabiiy biologik negizga asoslanadi, buning 
natijasida erkaklar bilan ayollar o‘rtasida mehnat taqsimoti mavjud edi, 
shuningdek, ijtimoiy jamoalar yosh jihatdan bo‘linar zdi.
Yangi tug‘ilgan bola dastlab o‘sib etishayotgan kishilar guruhiga 
berilardi: uni shu jamoadagi keksayib qolgan kishilar boqardilar va 
o‘stirardilar. Bola tegishli biologik yoshga to‘lib, ba’zan bir ijtimoiy 
tajriba, mehnat qilishni o‘rganib, hayotiy bilim va malakalarni 
egallaganidan keyin odam qatoriga kiritilib to‘la qimmatli mehnatchilar 
guruhiga o‘tar edi. Bir qancha zamonlardan so‘ng bu guruhga o‘tkazish 
chog‘ida initsiatsiya “bag‘ishlab” udumi bajariladigan bo‘lib qoldi. 
Bu udumni bajarish chog‘ida yoshlarning turmushga qanchalik 
tayyorlanganliklari: azob-uqubatlarga bardosh bera olishlari, botirlik 
va chidamlilik ko‘rsata bilishlari sinab ko‘rilar edi.
Yosh jihatdan bo‘lingan bir guruh a’zolari bilan boshqa guruh 
a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar hech qayerda yozilmagan, lekin 
qat’iy bajariladigan odat hamda an’analar bilan tartibga solinib turar 
zdi, bular tarkib topayotga ijtimoiy normalarni mustahkamlar edi.
Urug‘chilik jamiyatidan oldingi jamiyatda tabiiy tanlanish va mu-
hitga moslanishning biologik mexanizmlar ham odam taraqqiyotining 
xarakatlantiruvchi kuchlaridan biridir. Biroq jamiyat rivojlanib borgan 
sari unda tarkib topayotgan ijtimoiy qonuniyatlar kattaroq rol o‘ynay 


24
boshlaydi, asta-sekin ustunlik darajasiga ko‘tariladi. Ibtidoiy jamiyatda 
bola o‘zining hayot faoliyati jarayonida, kattalarning ishlarida 
qatnashib, ular bilan kundalik muamalada bo‘lib tarbiyalanar va ta’lim 
olar edi. Bola, keyinroq odat bo‘lib qolganidek, hayotga hozirlanibgina 
qolmasdan, shu bilan birga, o‘zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita 
qo‘shilib ham ketaveradi, kattalar bilan birga va ularning rahbarligida 
jamoa bo‘lib mehnat qilishga va hayot kechirishga o‘rganar edi. 
Mashaqqatli turmush kechirish va tabiat bilan kurash olib borish 
sharoitida odam faqat jamoa bo‘lib yashashi va mehnat qilishi mumkin 
edi. Bunday jamiyatda hamma narsa jamoaniki bo‘lardi. Bolalar ham 
butun urug‘ qo‘lida, dastlab onalari qo‘lida bo‘lar, so‘ngra otalar 
qo‘liga o‘tib qolardilar. Bolalar va o‘smirlar mehnatda va kattalar 
bilan kundalik muloqatda turmush uchun zarur ko‘nikmalar va mehnat 
malakalarini o‘rganib olaveradilar, urf-odatlar bilan tanishaveradilar, 
ibtidoiy odamlar hayotida har doim bo‘lib turadigan rasm-rusumlarni 
bajarishni o‘rganadilar.
O‘g‘il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan birga ov qilish va baliq 
tutishda, qurol yasashda qatnashar, qizlar esa xotinlar rahbarligida 
ekin ekib, hosilni yig‘ishtirib olish ishlarida qatnashar, ovqat pishirar, 
idish yasab, kiyim tikar edilar. Matriarxat taraqqiyotining oxirgi 
bosqichlarida yosh avlodning yashashi va tarbiyalanishi uchun 
o‘g‘il bolalar uchun alohida, qiz bolalar uchun alohida - birinchi 
muassasalar paydo bo‘ldi. Mana shunday joylarda - yoshlar uylarida 
yoshlar urug‘ oqsoqolalarning rahbarligida yashashga, mehnatga, 
o‘tkaziladigan “sinovlarga” tayyorlanar edilar. Asta sekin chorvachilik, 
dehqonchilik, hunar-kasblar paydo bo‘la boshladi. Ishlab chiqaruvchi 
kuchlar rivojlanib, odamlarning mehnat tajribasi kengayib borganligi 
sababli tarbiya ham murakkablashdi, ko‘p tomonlama va rejali bo‘lib 
qoldi. Bolalarga hayvonlarni boqish, dehqonchilik qilish, hunar-kasb 
o‘rgatiladigan bo‘ldi. Birmuncha tashkiliy ravishda tarbiya qilish 
zarurati tug‘ilishi bilan urug‘chilik jamoasi yosh avlodni tarbiyalashni 
tajribalirok kishilarga topshirib qo‘yadigan bo‘ldi. Ular bolalarga 
mehnat ko‘nikmalari va malakalarini o‘rgatish bilan bir katorda paydo 
bo‘lib qolayotgan diniy urf-odatlarning qoidalari, naqllar bilan ularni 
tanishtirar, yozishga o‘rgatilar edi. Ertaklar, o‘yinlar va raqslar, musiqa 
va ashula, xalqning butun og‘zaki ijodi xarakterning muayyan belgilarini 
tarbiyalashda katta rol o‘ynadi. Urug‘chilik jamoasining yanada 


25
rivojlanib borishi natijasida harbiy tarbiyaning boshlang‘ich turlari 
paydo bo‘ldi: o‘g‘il bolalar o‘q-yoy otishni, nayzadan foydalanishni, 
otda yurishni va shu kasblarni o‘rganadigan bo‘lib qoldilar. Odamlar 
yoshlariga qarab guruhlarga ajratiladigan bo‘ldi, bunday guruhlarda 
o‘zining aniq ichki tashkiloti, boshliqlar paydo bo‘ldi, maxsus tayinlab 
qo‘yilgan urug‘ oqsoqollari rahbarligida yigit va qizlarni urug‘ning to‘la 
huquqli a’zolari qatoriga qo‘shish uchun tantanali sinovlar o‘tkazish 
murakkablashdi. Boshlang‘ich bilimlarni o‘qib olishga, xat paydo 
bo‘lgandan keyin esa yozuvga ham katta e’tibor beriladigan bo‘lib 
qoldi. Yosh avlodni tarbiyalash urug‘ tomonidan ajratilgan alohida 
kishilarga topshirilganligi, tarbiya mazmunini hamda sinovlar dasturi 
kengayganligi va murakkablashganligi, mana shularning hammasi 
urug‘chilik tuzumi sharoitida tarbiya ishi ijtimoiy faroliyatning alohida 
shakli aylana boshlaganligidan dalolat beradi. Boshqa mamlakatlarda 
bo‘lgani kabi, Markaziy Osiyoda ham mehnat taqsimoti oilaviy 
tarbiya orqali nasldan-naslga o‘tib mustahkamlanib bordi. Jismoniy 
mehnat bilan shug‘ullanuvchi oddiy xalqdan ustun darajada turuvchi 
jangchilar va koxinlar guruhlari paydo bo‘la boshladi. Koxinlar o‘zlari 
o‘rganib olgan boshlang‘ich ilmiy bilimlarni oddiy kishilardan yashirib, 
bolalariga o‘rgata bordilar va shu tariqa bunday bilimlar avloddan-
avlodga o‘tadigan bo‘lib qoldi.
Markaziy Osiyoning ko‘pgina joylarida qoyalarga o‘yib yozilgan 
qadimiy suratlar saqlanib kelmoqda. Ibtidoiy jamiyatning surat solishga 
mohir bo‘lgan kishilari bu suratlarda odamlarni va hayvonlarni, ov 
manzaralari va boshka shu kabi manzaralarni tasvirlaganlar. Bunday 
suratkashlik rivojlana borib, bir qancha mamlakatlarda piktografik 
xatning paydo bo‘lishiga imkon berdi, keyinroq iyerogliflar bilan 
yoziladigan xat va harflar bilan yoziladigan xat mazkur piktografik 
xatlardan vujudga keldi.
Markaziy Osiyo xalklarining, shu jumladan, o‘zbek xalkining 
madaniyati, ma’rifati, milliy qadriyatlari ibtidoiy jamoa davridagi 
ma’rifiy tafakkurning dastlabki kurtaklari folklorda o‘z aksini topgan.
Eramizdan avvalgi birinchi ming-yillik o‘rtalarida, ya’ni ibtidoiy 
jamoa tuzumi davrida odamlar insonning kamoloti to‘g‘risidagi g‘oya-
larini juda ko‘p rivoyatlardan foydalanib baxshilik yo‘li orkali avloddan-
avlodlarga etkazganlar, mazkur rivoyatlarda, kishilarni tarbiyalash, 
axloqiy barkamollik shaxsning ma’naviy yuksakligi masalalari asosiy 


26
o‘rin olgan.
Shuningdek ibtidoiy davrda insonlar tarbiyaning ta’sir kuchi orqali 
to‘g‘ri hayot kechirganligi, madaniyat va san’at sohasida ham misli 
ko‘rilmagan kashfiyotlar yuzaga kelgani ma’lum. Yunon tarixchisi 
Gerodot (e.a. V asr) “Tarix” kitobida yozishicha... Markaziy Osiyoning 
ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida xalqlar asosan chorvachilik va 
deqkonchilik bilan shug‘ullangan. Ularda nikoh munosabatlarining 
umumiy (tartibsiz) shakli hukmron bo‘lgan. Oilaning guruhli shakllarida 
bolaning otasi noma’lum bo‘lsa ham, lekin onasining kim ekanligi 
ma’lum bo‘lgan va shu sababdan bolaning tarbiyasi ona zimmasiga 
yuklatilgan. Asta-sekin odamlarning ijtimoiy ong faoliyatining 
takomillashuvi, xususiy mulkning dastlabki kurtaklarining paydo 
bo‘lishi yakka tartibdagi oilalarni vujudga keltirgan.
Yakka oila paydo bo‘lgandan so‘ng mehnat tarbiyaning eng asosiy 
quroliga aylangan. Qadimgi Eron qobilalarida mis va temirdan uy-
ro‘zg‘or buyumlari yasala boshlangandi. Ana shu mehnat jarayonida 
bolalar ham ishtirok etardi. Ibtidoiy davrdagi tarbiya asosan oilada
jamoa va mehnat maskanlarida kishilar orttirgan tajribalarni bolalarga 
o‘rgatishdan iborat bo‘lardi. Bolalarga o‘rgatiladigan kundalik mehnat 
malakalari ularni yashash uchun kurashishga tayyorlar, akl-idrokli, 
odobli bo‘lib o‘sishlariga xizmat qilardi. Ming-yillar mobaynida 
moddiy ne’matlar yaratish uchun hamkorlikda qilingan mehnat kishilar 
o‘rtasidagi axloq-odob munosabatlarining me’yorini keltirib chiqardi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi kishilar mehnat jarayonida, borlikdagi 
narsalar va hodisalarga munosabatlari asosida o‘z dunyoqarashlari va 
aqidalariga tayanib xalq og‘zaki ijodi asarlarini yaratganlar. Ularning 
bir-biriga, atrof-muhitga, kasb-koriga munosabat borasidagi ilk fikr va 
tasavvurlar, mifologik asarlar timsoli bo‘lmish – “Avesto”da ifodalangan 
Mitra, Anaxita, Ardivissura, Varaxrana, Iima singari ma’buda va 
ma’budlar siymosi orqali ajdodlarimiz insonlarga yaxshilik qilish, 
erlarni obod va serhosil qilish, ekin ekish, daraxtlarni o‘stirish uchun 
jamoa harakati xususidagi mulohazalarini mujassamlashtirganlar.
Shuni ta’kidlash lozimki, Markaziy Osiyoning ibtidoiy jamoa 
tuzumi davrida vujudga kelgan madaniy-ma’rifiy fikr va g‘oyalarni, 
tarbiya masalalari bo‘yicha xalq, yaratgan juda ko‘p manbalarni 
o‘rganish nihoyasiga etkazilmagan. Hozir ularni mufassal o‘rganish 
uchun mustaqil respublikamizda keng imkoniyat yaratildi. Bir qancha 


27
sharqshunos olimlarimiz Hindiston, Xitoy, Angliya, Farangiston va 
Arab mamlakatlaridagi talaygina qo‘lyozmalarni o‘rganishga muyassar 
bo‘ldilar va hozir ham davom ettirmoqdalar. Jumladan, T.N.Qori Niyoziy, 
H.Sulaymon B.O.Axmedov, S.G’aniyeva, O.Usmonov, N.Mallayev, 
F.Sulaymonova, M.Xayrullayev, I.Mo‘minov va boshqalarning bu 
sohadagi xizmatlari juda kattadir.
Markaziy Osiyo xalqlarining, shu jumladan, o‘zbek xalqining 
madaniyati, ma’rifati, milliy qadriyati osori-atiqalarini o‘rganib, shular 
haqida o‘lmas asarlar yaratgan tarixshunos, sharkshunos olimlar - 
Gerodot, Xerman Vamber, A.Yu.Yakubovskiy, S.P.Tolstov, E.E.Bertels, 
V.V.Bartold, E.Berezikov va boshqalarning mashaqqatli mehnatlarini 
alohida e’tirof etish lozim. Ularning hammalari ham ibtidoiy jamoa 
davridagi ma’rifiy tafakkurning dastlabki kurtaklari folklorda o‘z aksini 
topgan, degan xulosaga kelishgan.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin