1.5. Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya
masalalari
Eramizdan oldingi minginchi-yillarning o‘rtalarida eng qadimgi
ajdodlarimiz tomonidan qaxramonlik mazmunidagi juda ko‘p afsonalar
rivoyatl” ga kiritilgan.
“Avesto”da insonning barkamol bo‘lib etishishida uning so‘zi, fikri,
ishi, birligiga katta e’tibor berilgan. Bu ahloqiy uchlik eng qadimgi
davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga
asos bo‘lgan desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Ma’lumotlarga ko‘ra “Avesto” eramizdan avvalgi VII asrning oxiri
va VI asrning boshlarida yaratilgan bo‘lib, u uzoq davrlar maxsuli
sanaladi. Hamda davrlar o‘tishi bilan u qayta-qayta ishlanadi. Barcha
manbalarda to‘liq kitob holida shakllanishini eramizdan avvalgi birinchi
asrga to‘g‘ri keladi, deyiladi.
“Avesto”ning vatani Xorazm ekanligini olimlar ishonch bilan
ta’kidlaydilar: Zardusht eramizdan oldin VI asrda yashagan. Xorazmda
yashagan chorvadorlar oilasi spitama urug‘idan bo‘lgan. Otasi
Paurushaspa, onasi Dugdova deb nomlanganlar, ular ot va tuya boqish
bilan shug‘ullanganlar. Zardusht ko‘p xudolikka sig‘inish, qurbonlik
natijasida mollar qirilib ketayotganini hamda qabilalar o‘rtasidagi
28
nizolarni ko‘rib, uni oldini olishni o‘ylaydi va o‘z ta’limotini targ‘ib
eta boshlaydi. Lekin qabila boshliqlariga uning ta’limoti yoqmaydi.
Zardusht xudodan kelgan vaxiy orqali ko‘pxudolikka qarshi yakka
xudolikni targ‘ib etib chiqadi, kuchli hokimiyat o‘rnatib, er yuzida
tinchlikni barqaror etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik xudosi
Axura Mazdani himoya etadi.
Zardushtning yangi ta’limotini istamagan qabila boshliklari uni
taqib etadilar. U Rayga (Eronga) qochadi va o‘z dinini o‘sha erda
tarkib toptiradi. “Avesto”ni shox Vishtaspga (Gushtasp) taqdim etadi.
Shox Vishtasp uning homiysiga aylanadi. Vishtaspning farmoniga
binoan otashxona - ibodatxonalar qurdiriladi va zardushtiylik dini keng
tarqaladi.
Adabiyotshunos X.Xamidov Zardushtning shox Gushtasp vazi-
rining qizi Xavoviga uylangan, undan uch o‘g‘il - Istavatra, Urva-
tatnara, Xvarachira va uch qiz - Freni, Triti, Pourichista nomli qizlari
bo‘lganligini keltiradilar (93, 87-88 b.). Vishtaspning farmoniga
ko‘ra 1200 bobdan iborat “Avesto” ni oltin taxtaga yozdirilib, shox
otashkadasiga topshiriladi.
Manbalarda “Avesto” ning kitob holidagi matni eramizdan oldingi
12 ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgani keltiriladi.
Bu nushasi Iskandar istilosigacha Istahr shahrida saqlangan. Iskandar
Istahrni bosib olgach, “Avesto”dagi tibbiyot, nujum, ilmu hikmat
sohalariga oid matnlarni yunon tiligi tarjima qilib, boshqasini yoqib
yuborishga buyurgan. Ba’zi tadqiqotchilar eng qadimgi nushasi
1324-yilda ko‘chirilgan bo‘lib, Kopingagen kutubxonasida saqlanishini
aytishsa (N.Mallayev), boshkalar esa (V.A.Livits) 1288-yilda eng
qadimgi qo‘lyozma nushasi yaratilganini aytadilar.
Zardushtiylik ta’limotini jamg‘arilgan Zardushtning kitobi bizgacha
2 nushada etib kelgan. Birinchisi - duolar to‘plamidan ibrat bo‘lib,
“Vendidot” - sede, ya’ni “Pok Vendidot” deb ataladi (A.Irisov).
Bu kitobga “Yasna”lar, “Vispered” ham kiritilib, bir butun tarzda
shakllangan. Ikkinchisida ham, birinchisidagi kabi “Vendidat”, “Yasna”,
“Vispered”lar kiritilgan bo‘lsa ham, bu kitob tarjima qilinib sharhlar
bilan beriladi. Shuning uchun ham sharhli nushasi “Avesto va Zand”
yoki “Zand Avesto” deb yuritiladi. Ikkinchi variantiga binoan “Avesto»
quyidagi qismlardan iborat:
1.”Vendidot” 22 bobdan iborat. Asosan, Axuru Mazda bilan
29
Zardushtning savol-javobi shaklida yozilgan bo‘lib, u yomon ruhlarni,
devlarni engach voqealari, gunohlardan pok bo‘lish qoidalari hamda
mifologik unsurlarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni devlarga qarshi qonun,
qonunnoma bo‘lib, yomonlik timsoli bo‘lgan devlarga nafrat bilan
qarashdan iboratdir.
Axura Mazda yurtida yaxshilik, hayrli ishlarni yuzaga keltirsa,
Anxra Manu (Axriman) o‘z yurtida yomonlik yaratadi.
2. “Visparad”. U 24 bobdan iborat. “Visparad” ibodat qo‘shiqlarini
o‘z ichiga oladi.
3.”Yasna”. Yasnalar 72 bobdan iborat. Diniy ibodatlar paytida,
qurbonlikka chaqirish marosimida aytiladigan qo‘shiqlar, xudolar
madhiyasi va boshqalar. Uning 17 bobi Gotlar deb ataladi. Bular
“Avesto”ning eng qadimgi qismlari sanaladi.
4. Yashtlar. U zardushtiylik xudolari va ma’budalari madhiga
aytilgan 22 qo‘shiq (Gimnlar)ni o‘z ichiga oladi.
5. Kichik Avesto (Xurda Avesto, Xvartak-apastak). Quyosh, Oy,
Ardvisura, Mitra, olov va boshqa xudo hamda ma’budalar sharafiga
yig‘ilgan kichik ibodat tekst (Gimnlar)idan iborat. Zardushtiylik to‘g‘-
risida so‘z borganda unda to‘g‘rilik bilan yashash va ahloqiy unsur larga
asoslanganligini ta’kidlash lozim. Ayniqsa, “Avesto”da zardushtiylikning
insonga, insonning jamiyatda tutgan o‘rniga munosabati “got”larda
to‘liq yoritilgan.
Tarbiyaviy manba sifatida “Avesto” katta ahamiyatga ega. Yuqorida
aytganimizdek, Zardusht qadimgi qabilalardagi diniy e’tiqodlarni
isloh qilgan. Zardusht ta’limotining yangiligi shundaki, Axura Mazda
(Qodir iloh_dunyoda adolat va yaxshilikning ijodkori sanaladi: Anxra
Mani esa (yovuz ruh) barcha yomonliklar sababchisi. “Avesto” ning
mazmuni haqida uning bizgacha etib kelgan parchalari matnlariga
asoslanib quyidagilar ifodalanganini ko‘ramiz:
“Vendidot”ning dastlabki uch bobida xalq hayotida erning qay
darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi kuylanadi. Masalan, 1 bobida
yovuzlik va adolat o‘lkalar tasniflanar ekan, Axura Mazda tinchlik
o‘lkasi, Adolat o‘lkalarning asoschisi, Angro Manvyu esa jaholat
urug‘ini sochuvchi sifatida talqin etiladi. Ana shu o‘lkalardan 17 o‘lka
sanab o‘tiladi.
“Avesto”da tasvirlangan Adolat o‘lkasining keyingi davrlardagi
nomlarini quyidagicha keltiradi:
30
1. Aryana Vedja - Xorazm yoki Araks daryosi qirg‘og‘idagi, yoki
Amu va Sirdaryo deltasidagi o‘lka.
2. Gava-So‘g‘diyona. 3. Mouru (Margav) - Marshana (Marv, hozirgi
Mari). 4. Baxdi-Baqtriya (Balx). 5. Nisaya-Nisa, Parfiya poytaxti. 6.
Xaroy -Isfaxonda bir joy. 9. Xnenta - Gurkaniya. 10. Xaraxvaiti - Garut
(Araxoziya bilan bog‘liq).
11.Xetumant - Gilmenda havzasidagi viloyat. 12. Raga - Midiyadagi
bir shahar, Ray Tehronga yaqin. 13. Chaxra - Xurosondagi bir joy. 14.
Varna - janubiy Kaspiy buyi viloyati. 15. Xapta Xindav - Inda, Panjob
havzalari hududi. 16. Rangxa irmoqlari - mifologik o‘lka.
Ikkinchi bobda Yima haqida afsona keltiriladi. Unda erni uch barobar
ko‘paytirish, odamlarni, hayvon va o‘simliklarni himoya qilish uchun
chegara belgilanadi. Erning suvdan paydo bo‘lganligi haqida qadimgi
Hind-Eron qabilalarining dastlabki tasavvurlari ifodalanadi. Keyingi
boblarda esa gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta’riflanadi,
olov, suv, er, chorva, daraxt, o‘simliklar ulug‘lanadi, kohinlar, harbiylar,
dehqon va chorvadorlar madh etiladi. hayvonlarga zulm o‘tkazish
eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo‘limda gigiyenaga oid
qoidalar: tirnoq va sochlarni parvarish qilishga ham e’tibor beriladi.
“Avesto”da biz inson shaxsining takomiliga oid ma’rifiy fikrlarning
ma’lum bir tizimini ko‘ramiz. Xatto “Avesto”ni dastlabki pedagogik
asar desak ham xato qilmagan bo‘lamiz va eng qadimgi davrlarda
xalqimizning tabiiy, ilmiy, ma’rifiy fikrlariga oid qiziqarli materiallarga
ega bo‘lamiz. Shuningdek tadqiqotchilar ham uni diniy xarakterga ega
bo‘lishi bilan birga falsafa, siyosat, ta’lim-tarbiya, adabiyot masalalarini
ham qamrab olgan asar sifatida va uning kelib chiqishi haqida muhim
fikrlar bayon etadilar.
Xulosa qilib aytganda, “Avesto”da insonning barkamol bo‘lib eti-
shishida uning so‘zi, fikri, ishi birligiga katta e’tibor beriladi. Bu
axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan
barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy kamol topishi
uchun zarur bo‘lgan muayyan talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi
sifatida faqat Sharq xalqlarining emas, g‘arbning ham muqaddas
merosi bo‘lib qoldi. Zardushtiylik axloqining asosiy uchligini jadvalda
quyidagicha ifodalash mumkin.
|