250
imtihonlari o‘tkazilib o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi.
Uchinchi-yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib
boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul
qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning
etakchi mutaxassislari,
fideral erlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan
tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga
kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1-yillik tayyorlov kurslarini
tugatish talab etiladi. O‘qishga qabul qilish imtihnsiz maktab ta’limi
to‘g‘risidagi hujjatga asosan amalga oshiriladi.
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv
yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha-yilga saylangan Prezident
boshqaradi.O‘z-o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan
bir necha guruhlar bosqichma-bosqich
ishtiroki tamoyiliga amal
qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ilmiy
xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erkin tashkil
etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif
etiladi. O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba
yoki ularning ota-onalari
oziq-ovqat harajatlarini ko‘tara olmasa o‘qish uchun moliyaviy yordam
ko‘rsatish to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra ular moliyaviy yordam
oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi
yarmi qarz tariqasida beriladi.
Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi ko‘pdan buyon muhoka-
ma qilinmoqda, bunda o‘quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda.
Hozir universitetlarda talabalar 7-yil o‘qiydi. Ular o‘qishga kirganlariga
qadar korxonalarda bir necha-yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat
hilishni
hisobga olsak, talabalar qaqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha
kech boshlayotganligini tushunamiz.
Shuni ta’kidlash lozimki, Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga,
juda murakkab tizimga ega. Mamlakatda har qaysi maktab tipi uchun
maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar bor. Ularning hammasi oliy
maktabni tugatgan bo‘lishlari shart. Boshlang‘ich va asosiy maktabning
bo‘lajak o‘qituvchilari olti semestr o‘qiydilar.
Real maktab, maxsus
maktab, gimnaziya va hunar-texnika bilim yurtlarining o‘qituvchilari
ancha uzoq muddat o‘qishlari kerak. O‘qish tamomlangandan keyin
o‘qituvchilikka nomzodlarning hammasi imtihon topshiradilar. Keyin
maktabda pedagogik amaliyot o‘tkazadilar
va ikkinchi imtihon
topshiradilar. O‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lgandan keyin, qoidaga
251
ko‘ra umrbod lavozimga tayinlanadi.
Quyidagi holatga e’tibor qarataylik. Bo‘lajak o‘qituvchilar 3-yil
o‘qiganlaridan keyin real sharoitdagi maktabda ikki-yillik pedagogik
amaliyotdan o‘‘tadilar, haftasiga 10-12 soatdan dars beradilar.
Bu davrda ularga maxsus murabbiylar belgilanadi,
bu murabbiylar
ularning faoliyatini nazoratda tutadilar, amaliyot tugagandan keyin
shogirdlariga tegishli tavsifnomani beradilar. Shundan keyin maktab
kengashi yuqori tashkilotlar bilan birgalikda bo‘lg‘usi o‘qituvchilardan
imtihon oladi va ularning kelgusi ishlarini baholab, tegishli tavsiyalar
beradilar. Bu jarayonning yana o‘ziga xos tomoni shundaki, imtihon va
tavsiyalardan keyin bo‘lg‘usi o‘qituvchi bir-yilga sinov muddati bilan
ishga olinadi. Bu sinov muddatini muvaffaqiyatli o‘tgandagina unga
o‘qituvchi martabasi beriladi. Praktikant-talabalar qo‘yilgan
talablarni
bajara olmasa maktabga qo‘yilmaydi. Uning ustiga attestatsiyadan
o‘tkazish va litsenziya berish keng rasm bo‘lganligini e’tiborga olsak,
o‘qituvchi doim o‘z malakasini oshirib borishga majbur bo‘ladi, aks
holda u o‘qituvchilik lavozimidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: