248
yana qaytarilib o‘qituvchilikka o‘tkaziladi. Direktor 65 yoshdan so‘ng
umuman ishlamaydi.
O‘qituvchilarni ishdan olishni maktab direktori amalga oshirmaydi.
Yaxshi ishlamaydigan o‘qituvchilarni direktor
tavsiyasiga muvofiq
ta’lim inspeksiyasi tomonidan taftish qilinadi. Uning intizomi,
o‘qituvchilik faoliyati, bolalar, ota-onalar o‘rtasidagi obro‘si
diqqat
bilan o‘rganiladi va tegishli chora ko‘riladi.
Maktab o‘qituvchilariga qo‘yilgan talab Fransiyada o‘ta yuqori.
Ayniqsa, boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchi o‘z kasbining ustasi,
ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi,
sportchi, tashkilotchi, namunali
xulq-atvor egasi bo‘lmog‘i lozim.
O‘qituvchilar o‘z nazariy-uslubiy malakalarini
oshirishga katta
ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o‘tish uchun aniq
muddat belgilab qo‘yilmagan. Vaqti-vaqti bilan o‘qituvchilar o‘z ixtiyor-
lari bilan test markazlarida imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida
o‘qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj
aniqlansa, o‘z vaqtlari va mablag‘lari hisobiga malaka oshiradilar.
Dostları ilə paylaş: